Kimyoviy texnologiya


Tajriba uskunasinining sxemasi



Yüklə 2,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/60
tarix26.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#130863
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   60
Uslubiy qollanma Lab Kimyoviy texnologiya fanidan Ximiklar uchun

Tajriba uskunasinining sxemasi 
Suvni ionalmashtirish usulida yumshatish uchun tajriba uskunasi diametrli 
2,5-3,5 sm bo`lgan shisha trubkadan (1) iborat. Uning pastki qismiga 
perforirlangan shisha plastinka payvandlangan (2). Trubka kationit bilan (3) 
to`ldiriladi, uning balandligi 20-40 smni tashkil qiladi. Trubkaning tag qismidagi 
jo`mrak (4) yordamida kolonkaning yuqori qismidan (5) quyilgan suv yoki 
eritmaning oqish tezligi boshqarish turiladi. Kolonkadan oqib o`tkan suyuqlik 
to`plagichda yig`iladi (6). Uskunaning ba`zi elementlari shtativda qotiriladi (7) 
Ishni bajarish tartibi 
 
Kationitni regeneratsiya qilish va uni H
+
ionlari bilan to`yintirish 
uchun kolonkadan 500 ml 0,1 n li vodorod xlorid eritmasi o`tkaziladi. 
Eritmani o`tkazish tezligi shunday bo`lishi kerakki, suyuqlik kolonkadan 25-
30 minut ichida oqib o`tishi kerak. Keyin kationitni vodorod suvda xlor 
ionlari qolmaguncha qadar yuvish davom ettiriladi ( kunush nitrat eritmasi 
bilan tekshiriladi). Odatda 700-1000sm
3
distillangan suv sarf bo`ladi. 
Kation yuvilganidan keyin kolonkadan 220-250 sm
3
miqdorda 30-40 
minut davomida yumshatilishi kerak bo`lgan suv o`tkaziladi. 


25 
Suvni o`tkazish tezligi (5) va (4) jo`mraklar yordamida boshqarib turiladi. 
Boshlang`ich va yumshatilgan suv karbonatli va umumiy qattiqligi 
tekshiriladi. 
Umumiy qattiqlik kompleksonometrik usulda trilon-B eritmasi bilan 
kompleks hosil qilib bog`lanishga asoslangan. 
Ca2 +
Na − OOC − C𝐻
2
H − OOC − CH2
⟩ 
N-CH
2
-CH
2
-N

𝐶𝐻
2
− 𝐶𝑂𝑂 − 𝑁𝑎
𝐶𝐻
2
− 𝐶𝑂𝑂 − 𝐻

Analizlarni bajarish uchun 250 ml sig`imli kolbaga 100 ml o`rganilishi kerak 
bo`lgan suv solinadi, ustiga 5 ml ammiak buffer eritmasi, 6-7 tomchi qora 
xromogen indikotori eritmasi solinadi va 0,1 n trilon B eritmasi bilan pushti rang 
kulrang - ko`k tusga kirguncha titrlanadi. Ko`kish kulrang rangning paydo bo`lishi 
eritma kaltsiy va magniy ionlarining yo`qligidan darak beradi, ya`ni ularni trilon-B 
bilan bog`lanishini ko`rsatadi. 
Karbonatli qattiqlik metiloranj indikotori ishtirokida 0,1 n li xlorid kislota 
bilan titrlab aniqlanadi. 
250 ml sig`imli konik ko`lbaga 100 ml analiz qilinishi kerak bo`lgan suv 
solinadi, ustiga 4-5 tomchi metilaranj indikotori tomiziladi va 0,1 n li xlorid kislota 
eritmasi bilan sariq rang och qizg`ishga o`tguniga qadar titrlanadi. 

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə