36
Normal zichlikni aniqlash qutidagi tartibda olib boriladi. 300 g tsement
tortib olinadi, idishga solinadi. Ketin
tsementda chuqurcha qilinadi, unga normal
quyuqlikdagi tsement qotishmasini olish uchun kerak bo`ladigan
suv miqdori
solinadi. Chuqurchaga tsement solinadi, suv solinganidan 30 sek o`tgach,
avval
sekinlik bilan aralashtiriladi, keyin 4-5 minut davomida
qotishma kurakcha bilan
eziladi. Asbobning xalqasi tsementli qotishma bilan to`ldiriladi va 5-6 marta
plastinka bilan uriladi. Qotishmaning ortiqcha
miqdori pichoq bilan kesib
tashlanadi. Asbobning dastlabki xalqaning o`rtasida qotishmaning yuzasi bilan
tutashtiriladi, stoporli vint bo`shatiladi va sterjen bo`shaganidan 30 sek o`tgach,
dastachani shkala bo`ylab tushish vaqti o`lchanadi.
Dostları ilə paylaş: