40
𝜂 =
𝐺𝑎
𝐼𝜏𝐸
∙ 100
Tok bo`yicha unum elektralit xaroratiga, eritma pHga bog`liq bo`ladi. 20-25
0
da tok zichligi 0,5-1,0 A/dm
2
bo`lganda tok bo`yicha unum 95%
bilan sifatli
qoplamalar hosil bo`ladi. 40
o
C gacha qizdirilganda va aralashtirilganda tokning
katodli zichligi 2,5 A/dm
2
gacha ortishi mumkin. pH=6 bo`lganda elektrolitlar nikel
gidroksid cho`kmasi tushadi, pH=4 da qoplama yaltiroq bo`ladi, lekin g`ovaklar
ko`p bo`lgani uchun mustahkam bo`lmaydi. pH qiymati kamaygani sayin (kuchli
kislotali eritmlarda) nikel tok bo`yicha unumi vodorod
unumi ortgani tufayli
keskin tushib ketadi.
Yaltiroq nikellash uchun elektrolitga 2,6 (2,7) disulfonaftalinli kislotaning
natriyli tuzi kiritiladi. Paratouolsulfamid va kumarin qo`shimchalari,
saxarin va
propinol yoki butindial qo`shimchalari yanada yaxshiroq natija beradi; bu
elektrolitlarda cho`kmalar ko`zguli yaltiroqlikda hosil bo`ladi,
bunda yuzaning
tozaligi ortadi, chunki elektrolit tekislaydigan hossalarga ega.
Nikelli elektrolitning aralashmalarga sezgirligi yuqori. Elektrolitda
temirning borligi qoplamaning qatlamlanishiga va yorilishiga olib keladi. Mis
varuxning aralashmalari nikelli qoplamaning dog`li, kulrang yo`l-yo`lli, qora
cho`kmalarini hosil bo`lishiga olib keladi.
Elektrolitni organik
birikmalar bilan ifloslanishi, zarrachalarning bo`lishi,
elektroliz rejimidan og`ish – nuqtali g`ovaklilikka (pitting) sabab bo`ladi. Bu
qoplama yotqiziladigan yuzaga vodorod pufaklarini yopishishi bilan bog`liq, ular
asosning yuzasini ekranlaydi va nikelni bu yerda cho`kmaga tushushini oldini
oladi. Pittingni yo`qotish uchun elektrolit aralashtirilib
turilishi yoki vodorod
peroksidi kiritilishi zarur (1 dm
3
elektrolitga 1sm
3
10% eritmasi).
Dostları ilə paylaş: