Kimyoviy texnologiya



Yüklə 2,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/60
tarix26.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#130863
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   60
Uslubiy qollanma Lab Kimyoviy texnologiya fanidan Ximiklar uchun

 
9-Laboratoriya 
Silvinitdan kaliy xlorid olish 
Silvinit tarkibidagi kaliy va natriy xloridlarini ajratish, bu tuzlarni turli 
haroratlarda turlicha erishiga asoslangan. Kaliy xloridning suvda suvda 
eruvchanlidi harorat ortishi bilan ortib boradi, natriy xlorid eruvchanligi esa deyarli 
o`zgarmaydi. Silvinit eritmasini sovutish natijasida undan kaliy xlorii kristalga 
tushadi, qolgan eritmada natriy xlorid miqdori ko`p bo`ladi. Silvinitni issiq 
boshlang`ich eritma bilan qayta ishlash natijasida kaliy xlorid eritmaga o`tadi, 
qoldiq eritmada esa natriy xlorid qoladi. 
Ishdan maqsad.
Silvinit tarkibidagi kaliy va natriy xlorid tuzlarini ajratish 
tuzlar arlashmasidagi hamda tanlab eritishdan hosil bo`lgan mahsulotlardagi kaliy 
xlorid massa ulushini aniqlash. 
Reaktivlar: 
Silvinit yoki natriy va kaliy xlorid tuzlaridan tayyorlangan aralashma. 
Jihozlar:
Silvinitni ajratish uchun qurilma issiqqa chidamli filtrlash voronkasi. 
Ishni bajarish tartibi:
ishni bajarish uchun 50gr silvinit yoki natriy va kaliy 
xloridlarining aralashmasi olinadi 12,5 % KCl va 18,5 NaCl tutgan 150 gr eritma 
tayyorlanadi. Tuzlar aralashmasi 250ml hajmli aralashtirgich va termometr bilan 
taminlangan termik barqaror stakanga solinadi va elektr plitada qaynagunga qadar 
qizdiriladi. So`ng eritma cho`kmadan filtr yordamida tez ajratib olinadi. Filtrda 
qolgan cho`kma yana stakamga solinadi, filtrat esa xona haroratigacha sovutiladi, 
tushgan kaliy xlorid cho`kmasi filtrlab operatsiya 2-3 marta takrorlanadi, filtratdan 
tushgan cho`kma quritiladi, tarozida tortib olinadi va tarkibidagi kaliy xlorid 
miqdori aniqlanadi.


34 
Kaliy xlorid massasi aniqlash uchun perxlorat, tetrafenilborat, kobalnitrit, 
dipikrilaminlardan foydalansa bo`ladi. Usulni tanlash laboratoriyada bor 
reaktivlarga bog`liq. 

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə