Kimyoviy texnologiya



Yüklə 2,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/60
tarix26.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#130863
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   60
Uslubiy qollanma Lab Kimyoviy texnologiya fanidan Ximiklar uchun

Ishning maqsadi. 
Neft maxsulotlarini chaqnash va alangalanish xaroratlarini 
aniqlash. 
Kerakli jixozlar va materiallar:
1. Chaqnash xaroratini va alangalanish 
xaroratlarini aniqlash uchun asbob; 2. Neft va turli neft maxsulotlari, neft moylari. 
Ishni bajarish tartibi: 
Alangalanish xarorati ochiq turdagi asboblarda olib 
boriladi, chunki aniqlash vaqtida neft maxsulotlarini yuzasiga havo tegib turishi 
kerak. 


56 
Chaqnash xaroratini aniqlash uchun mo`ljallangan asbobning ikki xili mavjud: 
yopiq va ochiq tegilli. Yopiq turdagi tigellarda chaqnash xarorati ochiq turdagi 
asboblarga qaraganda 20-30 
0
C ga pastroq bo`ladi. 
Chaqnash xaroratini aniqlash uchun PVN tipidagi yopiq asbobdan 
foydalaniladi. Asbobning tashqi tomonidan metall g`ilof mavjud 1, u cho`yon 
hammomni 2 o`rab olgan. Cho`yan hammomga neft maxsulotlarini solish uchun 
idish 3 o`rnatilgan. Idishning tepa qismi qopqoq bilan berkitilgan, qopqoq orqali 
termometr 4, aralashtirgich 5 va yondirish lampochkasi 6 o`tadi. 
Neft maxsulotlari 3 idishga belgigacha quyiladi va cho`yan hammomga 
joylashtiriladi, qopqog`i yopiladi, termometr joylashtiriladi va qizdiriladi. Bunda 
neft maxsulotlari aralashtirib turilishi shart. Agar chaqnash xarorati 150
0
C dan 
baland bo`lsa, uning xarorati 1 minutiga 10-20
0
C tezlikda ortishi lozim. Agar 
chaqnash xarorati 150
0
C dan past bo`lsa, uning xarorati 1 minutga 6-8
0
Ctezlik 
bilan ortishi lozim. 
Kutilayotgan chaqnash xaroratiga 25-30
0
C qolgan vaqtda qizdirish 
pasaytiriladi. Xarorat 1 minutga 2
0
C tezlik bilan ortishi lozim. 
Bir vaqtning o`zida alangalanishga tajriba o`tkazish mumkin. Shu maqsadda 
aralashtirish to`xtatilib, ushlagich 7 buriladi. U yondirish lampochkasini neft 
maxsulotining yuzasiga yaqin keltiriladi. Lampochka neft maxsuloti bug`larida 2 
soniyadan ortiq turmasligi lozim. Bu tajriba xarorat har 2
0
C ga ko`tarilgan vaqtda 
takroran bajariladi. Birinchi chaqnash kuzatilgandan keyin xarorat 2
0
C ga 
ko`tariladi va qaytadan yondiriladi. Agar neft maxsulotini bug`lari alangalanmasa, 
qizdirish to`xtatiladi, neft maxsuloti sovutilib, tajriba qaytadan bajariladi. Ikkita 
o`lchashlar orasidagi farq 2
0
C dan oshmasligi kerak. 
Ochiq asbobda chaqnash xaroratini o`lchash uchun qumli hammomga 2 
joylashtirilgan temir tigel 1ishlatiladi. Tigel bilan idish o`rtasidagi 8 mm qalinlikda 
qum solinadi. Qumli hammomdagi qumning sathi tigeldagi suyuqlik sathi bilan bir 
xil bo`lishi lozim. Qumli hammom shtativ xalqasiga joylashtiriladi; termometr 40-
45 mm chuqurlikda suyuqlikka joylashtiriladi. Agar neft maxsulotini chaqnash 
harorati 210
0
Cdan past bo`lsa, suyuqlik sath tigel chetidan 12 mm masofada 
bo`lishi kerak; agar 210
0
Cga teng yoki baland bo`lsa, 18 mm masofada bo`ladi. 
Tigel chetiga nisbatan suyuqlik sathini aniqlash uchun ingichka chizg`ichdan yoki 
maxsus shablondan foydalanish mumkin. 
Chaqnash xaroratini aniqlash uchun qumli hammom qizdiriladi, termometr 
ko`rsatkichii kuzatilib turladi. Neft maxsulotini xaroratini boshida 1 minutda 
10
0
Cga ko`tarish mumkin, xarorat 40
0
Cdan keyin chaqnash xaroratigacha -1 
minutiga 4
0
C tezlikda oshirish mumkin. Chaqnash xaroratiga 10
0
C qolgan vaqtda 
qizdirish yana sekinlashtiriladi va har 2
0
Cdan keyin tigel chetida alanga yordamida 
yondiriladi. Bunda ikki marta aylantirish kerak bo`ladi: birinchi marta-soat 


57 
strelkasi bo`ylab, ikkinchi –teskari yo`nalish bo`ylab.gorelka alangasi neft 
maxsulotlarini yuzasini qizdirganligi sababli, uning uzunligi 3-4 mm bo`lishi 
kerak, tajriba davomiyligi 2 soniyadan oshmasligi lozim. 

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə