Kirish I asosiy qism


Qurilmaga energoresurslarni qabul qilish



Yüklə 15,05 Mb.
səhifə8/16
tarix29.11.2023
ölçüsü15,05 Mb.
#143012
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
hisobot Amin Shurtan

Qurilmaga energoresurslarni qabul qilish

Qurilmaga energoresurslarni qabul qilish, elektr energiyasi, NO‘M havosi, aylanma suv, bug‘, kimyoviy tozalangan suvni qabul qilish bo‘yicha yo‘riqnomalar va qoidalarga rioya qilgan holda, bosh muhandisning yozma farmoyishi bo‘yicha amalga oshiriladi. Qurilmaga energoresurslarni qabul qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:


- elektr energiyasini qabul qilish – bosh energetik xizmati tomonidan sexning elektr ta’minoti sxemasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Sexning elektr ta’minoti sxemasi bosh energetik xizmatida saqlanadi. Elektr energiyasini qabul qilishda, bosh muhandis tomonidan tasdiqlangan, elektr uskunalarni ishlatish va elektr energiyasini qabul qilishda xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘riqnomaga rioya qilinishi shart.
- qurilmaga NO‘M havosini qabul qilish havoning mexanik aralashmalardan tozalanishi va quritilishi sodir bo‘ladigan siqilgan havo kompressor stansiyasining ishlashi oldindan to‘g‘rilanishi zarur. NO‘M havosi quvuro‘tkazgichlarini damlash, moslamalarning ajralishigacha amalga oshiriladi, keyin esa NO‘M havosi tizimi bosimni tartiblashtirigich-klapangacha 0,8 kgf/cm2 gacha bosimda mustahkamlikka sinaladi. Shundan keyin NO‘M havosi bosimini tartiblashtirgich ishga tushiriladi.
- qurilmaga aylanma suvni qabul qilish – oldindan quyidagilar zarur: vaqtinchalik zaglushkalar yo‘qligi va suv quvuro‘tkazgichlarda manometrlar mavjudligi tekshiriladi; sovutish apparaturalarini ishga tushirmasdan, kanalizatsiyaga suvni tashlash sharti bilan quvuro‘tkazgichlar yuviladi; NO‘M moslamalari va sovutish apparatlari ishga tushiriladi.
- suvli bug‘ni qabul qilish suv ta’minoti xizmati xodimlari va korxonaning tegishli xizmatlari bilan kelishilgandan so‘ng amalga oshiriladi.
Qurilmaga bug‘ qabul qilishdan oldin quyidagilar zarur:
- qurilma bo‘yicha bug‘ni ajratish chiziqlaridagi barcha berkituvchi moslamalar yopiladi;
- bug‘o‘tkazgichlarning oxirgi nuqtalaridagi drenajlar atmosferaga ochiladi yoki kondensatchiqargichlarning flaneslari boltlardan bo‘shatiladi, zaglushkalar yo‘qligiga ishonch hosil qilinadi.
Kondensatni tashlash dastlab, sanoat kanalizatsiyasiga, loyqaning to‘liq chiqarib yuborilishigacha qurilmadan chiqish joyi chegarasidagi kondensato‘tkazgichning boltdan bo‘shatilgan flanesi orqali yoki vaqtinchalik chiziq bo‘yicha amalga oshiriladi.
Bug‘ni qabul qilish uchastkalar bo‘yicha amalga oshiriladi, avval umumiy kollektorga qabul qilinadi, keyin esa navbati bilan barcha shaxobchalarga qabul qilinadi. Gidravlik zarblarning oldini olish maqsadida, kesuvchi armatura juda sekin holatda ochiladi, quruq toza bug‘ paydo bo‘lgunga qadar, drenaj yoki boltdan bo‘shatilgan flanesi orqali kondensat tashlanadi va shundan so‘ng drenajlar yopiladi, flaneslar boltlari mahakamlanadi.
Gidrozarblar paydo bo‘lganda, kesuvchi armatura darhol yopiladi, bug‘ni qabul qilish bo‘yicha jarayon takrorlanadi.
Bug‘o‘tkazgichlar, atmosferaga bug‘ni tashlagan holda, ishchi haroratgacha asta-sekin qizdiriladi. Iste’molchilarni ulashdan oldin, bug‘o‘tkazgichlarda bug‘ quruq va toza ekanligiga ishonch hosil qilinadi, keyin esa NO‘M moslamalari ishga tushiriladi.



Yüklə 15,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə