Kirish I bob. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini komil inson qilib tarbiyalash ning pedagogik asoslari


Sinfdan va maktab tashqari sharoitlarda tarbiyaning samarali vositalari



Yüklə 273,5 Kb.
səhifə17/25
tarix23.09.2023
ölçüsü273,5 Kb.
#123406
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
2.2. Sinfdan va maktab tashqari sharoitlarda tarbiyaning samarali vositalari
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining har tomonlama kamol topishlarida darsdan tashqari pedagogik shart-sharoitlar muhim omil va vosita bo‘lib xizmat qiladi. O‘quvchilarning darsdan bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazish, undan samarali foydalanish zarur. Sinf rahbarlari va ota-onalar bu masalaga alohida e’tibor berishlari maqsadga muvofiqdir.
Amaliyot shundan dalolat beradiki, boshlang‘ich sinf rahbari o‘quvchilar jamoasini shakllantirish, ularning darsdan bo‘sh paytlarini samarali tashkil etish faoliyatini o‘zining ma’naviy-ma’rifiy ish rejasi asosida olib boradi va tashkil qiladi.
Tajribali boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘z ma’naviy-ma’rifiy ish rejasida tarbiyaning barcha tarkibiy qismlarini (axloqiy, estetik, aqliy, huquqiy, ekologik va h.k) kiritish bilan bir qatorda tashkiliy tadbirlarni ham ko‘zda tutadi. Bularga quyidagilarni kiritish mumkin: bayram kunlariga bag‘ishlangan tadbirlar, to‘garaklar, ko‘riklar, musobaqalar, muzey, sirk, kino, teartlarga borish; sayohatlar, taniqli kishilir bilan uchrashuvlar; suhbatlar va munozaralar; badiiy faoliyat va boshqalar.
Tarbiyaning ushbu tashkiliy shakl va vositalari o‘z-o‘zidan o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatavermaydi. Buning uchun o‘qituvchi-tarbiyachi o‘quvchilar yangi his-tuyg‘u, hulq-atvori, irodasiga ta’sir ko‘rsatuvchi tarbiya usullaridan unumli foydalanishi zarur.
Yangi yil, Navro‘z, mustaqillik, alifbe, 8 mart kabi bayram tadbirlariga tayyorgarlik o‘tkazish jarayonida boshlang‘ich sinf rahbari, hikoya, tushintirish, nasihat, rag‘batlantirish, maqtash, namuna, mashq, o‘yin topishmoq, tanbeh berish, o‘z-o‘zini tarbiyalash usullarini tanlash to‘g‘ridir.
To‘garaklar, ko‘rik, viktorina va musobaqalarni tashkil etishda ham tarbiyachi o‘quvchilarga ijobiy ta’sir etuvchi usullarni tanlaydi: tushintirish, talab, musobaqa, namuna, mashq, topshiriq, maqtash, qo‘llab quvvatlash, rag‘batlantirish va h. k.
Biz amaliy faoliyat ko‘rsatadigan Sirdaryo viloyati Guliston shahar 8-o‘rta umumta’lim maktab ta’lim muassasasida bir necha to‘garaklar, bayram tadbirlari, musobaqalar, ko‘riklar, sayohatlar tashkil etiladi. Kichik yoshdagi o‘quvchilar bunga katta qiziqish bilan intiladilar.
Boshling‘ich sinflar o‘rtasida «Kamtarlik, nafosat, odob-axloq» mavzularida viktorina o‘tkazdik. Viktorina quyidagi shartlarni o‘z ichiga oladi:

  1. Odob-axloq mavzusida sahna ko‘rinishi.

  2. Savollarga to‘g‘ri javob berish.

  3. Bahor mavzusida rasm chizish.

  4. Xalq maqollarini bilish.

  5. Odob-axloq haqidagi Hadislar.

Viktorinaning birinchi shartida o‘quvchilarni o‘z hayotlari, maktab hayoti voqeylikdan sahna ko‘rinishlari bajarishadi. Sahnada yuz berayotgan voqeyliklar o‘quvchilar his-tuyg‘ulariga ta’sir ko‘rsatadi, yomon hulq-atvorga ega bo‘lgan obrazlarga nisbatan nafrat, ijobiy fazilatlar xatti-harakatlarga havas uyg‘otadi. Bunda namuna, taqlid usullari qo‘llaniladi.


Viktorinaning ikkinchi sharti ham o‘quvchilardan ziyraklik, hushyorlik, topqirlik, talab etadi.
Viktorinaning uchinchi shartni bajarishda o‘quvchilarga rasm chizish, mashq, topshiriq berish singari tarbiya usullaridan foydalandik.
Viktorinaning to‘rtinchi shartiga ko‘ra bir tomondagilar biror bir xalq maqolini bosh qismini aytadi, ikkinchi tomondagilar uni davom ettiradi. Bu shart o‘quvchilardan o‘zbek xalq maqollarini puxta bilishni talab etishi bilan bir qatorda, ularda topqirlik, hozirjavoblik, mustaqil fikrlash, mantiqiy tafakkur qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi, xalq maqollarining mazmun va mohiyati esa o‘quvchilarning har tomonlama kamolga etishishlariga ta’sir ko‘rsatadi.
Darsdan tashqari tashkil etiladigan har qanday tadbir, tarbiya vositalaridan foydalanishni o‘quvchilar bilan birga uni taxlil etishni, u haqda mulohaza yuritishni, suhbat o‘tkazishni taqozo etadi. SHundagina u tarbiya vositasi bo‘lib xizmat qila oladi va o‘quvchilarga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Boshlang‘ich sinflarda tadbirlarni tashkil qilish ularni o‘tkazish, o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otadi. Bunday tadbirlar, ertaliklar, sahna ko‘rinishlari o‘quvchilarning qobiliyatlarini oshirib, ularning iqtidorlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Bayram tadbirlari o‘quvchilarni ahloqiy-estetik tarbiya olishda, ularga go‘zallik tuyg‘ularini shakllantirishda yaxshi samara beradi. Tadbirlarda barcha o‘quvchilar qatnashib she’rlar, qo‘shiqlar aytib o‘zlarining qobiliyatlarini rivojlantirishadi.
Tadbirlarni, yani bayram tadbirlariga «Sog‘lom avlod - bizning kelajagimiz», «Ustozlar - sizga ta’zim», «Vatanim hurliging muborak», «Savodxonlik bayrami» deb nom berish ham mumkin.
Bu tadbirlar kichik yoshdagi o‘quvchilar va yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida ham bo‘lishi mumkin.
Kichik yoshdagi o‘quvchilar uchun darsdan tashqari olib borilayotgan mashg‘ulotlarga o‘quvchilarga bebaho ma’naviy merosimiz haqida ma’lumotlar berish va shu orqali boy ma’naviyatga hurmat-e’tibor ruhini singdirish muhimdir.
O‘zbek xalqining maqollari, hikmatli so‘zlari, allomalarning o‘gitlari ana shu jarayonga xizmat qiladi. Zero, maqol va hikmatlarda milliy istiqlol mafkurasinig tarixiy asoslari mujassamlashgandir. O‘zbek tilini o‘rganish jarayonida biz kichik yoshdagi o‘quvchilarga ham ana shu qadriyatlarni singdiramiz.
Kichik yoshdagi o‘quvchilarga darsdan tashqari mashg‘ulotlarda, mavzuga mos xalq maqollarini eslab aytishga odatlantirishda «Zarbulmasal» uyining ahamyati katta. «Zarbulmasal» maqollar topish o‘yini bo‘lib, undan darsning mustahkamlash bosqichida, ba’zan esa kirish mashg‘ulotida ham foydalanish mumkin. Chunki, maqol xalq donishmandligining lo‘nda va ixcham ifodasi sanaladi.
Ular o‘quvchini izchil, mantiqiy fikrlashga, maqsadini qisqa bayon etishga o‘rgatadi. Maqollar o‘zbek tilining eng boy, go‘zal, nozik badiiy xususiyatlarini bilib olishida va so‘z boyligini oshirishda katta yordam beradi, o‘quvchilar nutqini o‘stiradi.
O‘zbek xalq maqollari turli mavzular asosida o‘rganilishi mumkin. Shuningdek, darsdan tashqari mustaqil yoki ijodiy ish sifatida o‘quvchiga bir necha maqollar mazmuniga mos keluvchi suratlarga sharh yozdirish ham foydadan holi emas.
«Bulbul chamanni sevar - odam Vatanni», «Daraxtni er ko‘kartiradi, odamni el ko‘kartiradi», «Ona yurting - oltin beshiging», «Eli baquvvatning, beli baquvat», «Oltin olma - duo ol», «Qo‘shning tinch - sen tinch», «Mehnatdan kelsa boylik - turmush bo‘lar chiroylik», «Mehnat - mehnatning tagi rohat», «Mehnat qilsang rohat ko‘rasan», «Odam vatanni sevar - bulbul chamanni» kabi maqollarni o‘qib berish maqsadga muvofiqdir.
Ularni o‘rgangan o‘quvchi kelasi darsga o‘zi ham mustaqil ravishda shu mavzudagi maqollardan topib keladi va ularni izohlab beradi.
O‘yin paytida suhbatdoshiga ta’sirchan gap aytish uchun qaysi maqolni keltirgan ma’qul degan topshiriq ham beriladi. Kichik yoshdagi o‘quvchilar uchun bu topshiriq zehni o‘tkirlikni, hozirjavoblikni, izlanuvchanlikni, qiziqishni, mas’uliyatni sezishni taqozo etadi.
«So‘z ko‘rki - maqol» - deb nomlangan ko‘rik tanlovlar, intellektual musobaqalar o‘tkazish mumkin. Bu musobaqalarda maqolning tub ma’nosini tushunib etgan, eng ko‘p maqol biladigan, uning ahamiyatini sharxlab beradigan o‘quvchilar alohida rag‘batlantiriladi. Guruhlar bu musobaqalarga maqollar mavzusida devoriy gazetalar, albomlar, bukletlar va tasviriy ko‘rgazmalar bilan keladilar. Topishmoqlar va tez aytishlar, erkalamalar, ovuimachoqlar kabi ixcham janrlardan o‘rinli foydalana olish ham yaxshi tarbiyaviy samara beradi. Bunday tanlovlar har doim ham kichik yoshdagi o‘quvchilar tarbiyasiga juda katta ta’sir o‘tkazadi, ularning fikr doirasini kengaytiradi.
Maktab yoshidagi o‘quvchilarga faqatgina maktabda olib borilayotgan tarbiya, dars, mashg‘ulotlar bilan cheklanib qolmay, oilada ham o‘quvchilar uchun o‘z ta’sirini o‘tkazadigan sharoit, muhit, tarbiya, munosabat ham kichik yoshdagi bolalar uchun katta ta’sir o‘tkazadi.
Ta’lim tizimining yutug‘i - bu jamiyatga teran fikrlovchi, mustaqil ish yurituvchi o‘ziga ishongan shaxsni etkazib berish bilan belgilanadi.
Mamlakatimizda ta’limning samaradorligini ta’minlash jarayoni nafaqat unga qabul qilinayotgan bolalarning aqliy va jismoniy imkoniyatlarini aniqlashdan iborat, balki ularning ichki dunyosi, ruhiy olami, qiziqish va intilishlari, umuman barcha muammolarini o‘rganishni taqozo qiladi. Hurmatli Prezidentimiz «Sog‘lom avlod dunyoga keladi», deb ta’kidlaganidek, amaliyotchi psixologlar bola tarbiyalanayotgan oilaning jamiyatdagi o‘rni, undagi psixologik muhit, oila a’zolarining o‘zaro munosabatlari, bolaning ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillariga munosabati va aksincha ularning bolaga munosabati, uning oilasidagi hayotga moslashishi, uni shaxslararo munosabatlarni qanday idrok qilishini ham e’tiborga olishlari lozim. Chunki bu omillar sog‘lom avlodni shakllashtirishda muhim ahamiyatga ega.
Kichik yoshdagi bolaning onasiga nisbatan bo‘lgan hissiy munosabatlari otaga qaraganda yuqoriroqligi bu davrda bolaning asosan ona ta’sirida bo‘lishligi bilan bog‘liq va umumlashgandir.
Hozirgi zamon o‘zbek oilasida ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi munosabatlarda an’anaviy yondashuvlar bilan birga, ijtimoiy hayotimizning yangi ishlab chiqarish munosabatlari, ilg‘or texnologiya-larning odamlarga qo‘yadigan talablaridan kelib chiqadigan ayrim o‘zgarishlarning ta’siri ham sezilib turadi. Ularning borligi o‘zini yaqqol isbot qilib beradi.
Hozirgi zamon oilalarida ota-onalarning aksariyati davlat ishlari bilan bandligi sababli o‘g‘il bolalar uchun oilada ota-onalari o‘zaro muloqotda bo‘luvchi asosiy oila a’zolari hisoblanadi va ular o‘zlarining ko‘p vaqtlarini ukalari bilan birga o‘tkazadilar. Bola o‘zligini anglay boshlashidanoq, o‘z aka-opalari qurshovida bo‘lar ekan, keyinchalik ham, ya’ni maktabga borgan va undan keyingi davrlarda ham unga nisbatan hissiy yaqinlikni his qilaveradi.
Bolaning bir hovlida buva-buvi va boshqa qarindoshlari bilan birga yashashi ularga nisbatan bo‘lgan munosabatlarining o‘ziga hos tarzda shakllanish imkonini beradi.
Bolalarning barchasi ijtimoiy-tarixiy, etnik omillar ta’sirida bo‘ladi. Ilgaridan qishloqda yashagan, u erning sharoiti muhitiga o‘rgangan o‘zbek oilalarida ijtimoiy muhit ta’sirida etnik qadriyatlar ahamiyati katta bo‘lgan.
Qishloqda o‘qituvchi, ustozga nisbatan hurmat shahardagiga nisbatan ancha yuqori. Qishloqdagi ota-onalarning o‘qituvchiga nisbatan ijobiy munosabati, shubhasiz, farzandlari hulqiga ham ko‘chadi. Bundan tashqari bolalarning sinfdan va maktabdan tashqaridagi faoliyatida ham o‘qituvchi, tarbiyachilarning ishtiroki ko‘proq kuzatiladi.
Shahar sharoitida esa bolaning bu faoliyatini tashkil qilish boshqa madaniy-ma’rifiy muassasa xodimlari zimmasida bo‘ladi.
Bu kabi omillar shahar bolalarida o‘qituvchiga nisbatan hissiy yaqinligining qishloqlik tengdoshlariga qaraganda sustroqligiga sabab bo‘lishi mumkin. SHuningdek har bir kichik yoshdagi boshlang‘ich sinflarda o‘g‘il bolalarning maktab sharoitiga moslashishi ham, o‘quv materiallarini o‘zlashtirishi ham qizlarga nisbatan qiyinroq kechadi.
Maktab sharoitiga moslashish, u erdagi ta’lim-tarbiya jarayonlarida yuzaga keladigan «qiyinchiliklar» bu davrda o‘qituvchi siymosini o‘g‘il bolalar tomonidan salbiyroq qabul qilinishiga sabab bo‘ladi.
Turli axborotnomalarga boy, urbanizatsiyalashgan shahar sharoiti u erda o‘sayotgan bolalarda qiziquvchanlikning rivojlanishiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi.
O‘zbek oilasining etnik xususiyati nuqtai-nazaridan kelib chiqqan holda oilada o‘g‘il bolalarni «maskulizm» (ya’ni erkak kishining etakchiligi, ustunligi) ruhida tarbiyalanishi ularning hayotida ustunlikka va etishmovchilikka intilish xususiyatlarini voyaga etishiga sabab bo‘ladi.
Haqiqatdan ham o‘zbek oilalarida qiz bolalarni murg‘akligidanoq tergab doimo nazoratda ushlab turish, o‘z holicha o‘rtoqlari bilan sayr-sayohatga chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik o‘z bilishicha ish qilmaslik kabilar xosdir. Qiz bolaga nisbatan bunday ta’qiqlarning ko‘proq «tadbiq» qilinishi, ularda frustrativ munosabatlarning o‘g‘il bolalardagiga nisbatan kuchliroq shakllanishiga asos bo‘ladi va ularda namoyon bo‘ladi.
Ma’lumki, qishloq joylarida tarbiyalangan bolalar (ayniqsa o‘g‘il bolalar) tortinchoqligi, o‘zini chetga olishi kabi xislatlari bilan farqlanib turadilar. SHu sababli ham ularda muloqotga kirishuvchanlik, o‘zaro munosabatlar va muloqot tizimida yolg‘iz qolishga intilish, o‘zini chetga olish xislati sezilarli darajada kuchliroq namoyon bo‘ladi.
Ushbu kuzatuvlarimizga qo‘shimcha tarzda ayrim tavsiyalarni ham bilib olishimiz zarur.
Kichik maktab o‘quvchilarini o‘quv jarayoniga moslashtirish, ularning fanlarni yaxshi o‘zlashtirishlarini ta’minlash uchun maktab psixologlari quyidagi tarbiyaviy ishlarni hamda yakka holda yondashuv uslublarini amalga oshirishsa ma’qul bo‘lardi. Bu yoshdagi bolalarning oila a’zolari bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlarini maqsadga muvofiq tashkil qilish uchun qishloq joylaridagi oilalardagi tarbiyalanayotgan o‘g‘il bolalarning ham otasiga, ham onasiga nisbatan bo‘ladigan munosabatlariga alohida e’tibor berish, o‘z navbatida ota-onalarning o‘g‘illariga nisbatan hissiy munosabatini oshirish, ular bilan ko‘proq amaliy muloqotda bo‘lishliklarini ta’minlash lozim va muloqotda bo‘lishi zarur.
Demak, kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarida ta’lim mazmunida milliy g‘urur, inson sha’ni, insonga mehr-muhabbat, odamiylik, to‘g‘rilik, mardlik kabi insonparvarlik g‘oyalarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Vatanparvarlik iymon, e’tiqod va vijdon amri bilan vatan oldidagi mas’uliyat hissini, muqaddas burchni anglashdir. Vatanparvarlik, Vatanga hurmat va muhabbat bilan bog‘langan tuyg‘u sifatida shakllanadi. Kichik yoshdagi o‘quvchilarni tarbiyalashda o‘zbek xalq maqollari va she’riyat ham muhim rol o‘ynaydi, ularga tarbiyaviy ta’siri katta. Birinchi sinfga kelgan o‘quvchi savod o‘rgatish davridayoq, dastur talabiga muvofiq atrof-muhitni kuzatishi va sayohatlar vaqtida tevarak-atrof haqida jonli ta’surotlar olishi kerak. Bu bolalar tasavvurini kengaytiradi, so‘z boyligini oshiradi, nutqini o‘stiradi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini sayohatga olib chiqish, ularni atrof-muhit bilan tanishtirish, sinf mashg‘ulotlarida olgan bilimlarini kundalik hayot bilan bog‘lash, takrorlash va mustaxkamlash, yanada boyitish, tushunchalarni yaxlitlashga xizmat qiladi. Bolalarga turli xil sayohat atrofdagi hodisalarning o‘zaro bog‘liqligi sabablarini ochib berish uchun juda muhim. O‘quvchilar ko‘rgan-bilganlarini aniqlash, o‘lchash-hisoblash ishlarini ona tillarida olib boradilar, ya’ni so‘z terminlar bilan tanishadilar, ularni hisob-kitob jarayonidagi nutqlarida qo‘llaydilar, tekshirib ko‘radilar. Masalan, 1 sinfdagi tabiatni kuzatish vaqtida har bir faslning o‘ziga xos belgilarini aniqlaydilar. Misol: Kuz faslida sovuq tushishi, daraxt barglari rangidagi o‘zgarish, kishilarning kuzgi ishlarini bajarishlari bilan barobar, kunning qisqarishini ham hisoblab chiqadilar. Mehnat darslari bilan bog‘liq holda o‘quvchilar maktab yaqinidagi korxonalar ya’ni, zavod, ustaxona, maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari, pochta bo‘limi, qishloq jamoa xo‘jaliklari, ta’mirlash ustaxonalari, o‘rmon sanoati xo‘jaligi, qurilish maydonlariga borib, ularning ishi bilan tanishadilar.
Musiqa darslaridagi ishlardan biri darsdan tashqari tashkil qilinadigan turli tadbirlar, tabiatga sayr qilishdan iboratdir. O‘quvchilar tabiat, bolalar hayoti, Vatan haqidagi ashulalarni birinchi sinfdan boshlaboq o‘rganadilar. Ular «Paxtaoy», «YOmg‘ir-yog‘aloq», «Binafsha» kabi ashula va bolalar o‘yinini, ikkinchi sinf o‘quvchilari «Laylak qor», «Chamanda gul» kabi uchinchi sinf o‘quvchilari «Quyosh bilan turamiz», «Vatan haqida qo‘shiq» kabi ashulalarni o‘rganadilar. Bunday ashulalar va o‘yinlar o‘quvchilarni sayohat vaqtidagi ruhini shod, hayotini quvnoq o‘tishga xizmat qiladi. Bu bilan atrof-muhit to‘g‘risidagi tasavvvurlarini ravshanlantirishga xizmat qiladi. CHunki, alohida ta’kidlash zarurki, ona tili barcha predmetlarni biriktiruvchi, o‘quvchilar bilimini yaxlitlovchi xususiyatga ega bo‘lgan darsdir. Chunki hamma darslar ona tiliga tayangan holda o‘rganiladi, fikrlar, ona tilidagi matnlarda yuzaga chiqadi. Natijada ana shu bilimlar yozma ravishda ya’ni bayon, insho yozish orqali puxtalanadi. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar inshosi uch manbaga tayanadi. Ana shu uch manbaning bittasi o‘quvchilarning hayotiy kuzatishlaridan iboratdir. Boshlang‘ich sinflarda hayotiy kuzatishlar hamma predmetlarni o‘rganish jarayonida olib boriladi va ona tiliga oid nutq rivojining sinovi bo‘lgan ijodiy yozma ishlarda jamlanadi va baholanadi. Demak, boshlang‘ich sinflarda sayohatlar hamma fan uchun samarali natija berishi turgan gap.



Yüklə 273,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə