Kirish. I bob. Maktabgacha ta’lim tizimida inovarsion pedagogik jarayonlar


II BOB.Bolalarning faoliyatida ta'lim-tarbiya vazifalarni amalga oshirish va rahbarlik qilish



Yüklə 109,08 Kb.
səhifə4/7
tarix24.12.2023
ölçüsü109,08 Kb.
#158033
1   2   3   4   5   6   7
Reja kirish ibob. Maktabgacha ta’lim tizimida inovarsion pedago

II BOB.Bolalarning faoliyatida ta'lim-tarbiya vazifalarni amalga oshirish va rahbarlik qilish.
2.1.Metodlarning maktabgacha talim tizimidagi o’rni.
O’zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish bo’yicha keng miqyosdagi ishlarning amalga oshirilishi natijasida bugungi kunda mamlakatimiz maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ilmiy va Inovarsion pedagogik tarkib tubdan o’zgardi, zamonaviy o’quv-dasturiy asosga, moddiy-texnik bazaga ega bo’lgan ta’lim maskanlari sifatida samarali faoliyat ko’rsatmoqda. Maktabgacha ta’lim tizimi faoliyatining Inovarsion pedagogik-psixologik asoslari, davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda ularning muqobil turlarini tashkil etishning Inovarsion pedagogik shart-sharoitlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etishning xukukiy-me’yoriy asoslari, boshqarishda jahon tajribasi va uni ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish texnologiyalarini o’rganish va shu asosda choratadbirlarni belgilash, amaliyotga joriy qilish ishlari jadallashmoqda. Maktabgacha ta’lim tizimining yangi avlod rahbarlarini shakllantirish masalasi ham kundalik dolzarb ahamiyat kasb etuvchi masalalar sirasiga kiradi. Bunda rahbarning muvofiqlashtirish, rejalashtirish, tartibga solish, nazorat qilish va baholash vazifalari bilan uyg’unlikda bajarilishi lozim bo’lgan vazifalari to’g’risida e’tirof etilgan funktsiyalar bolalarning intellektual jihatdan voyaga yetishiga, ma’naviy barkamol shaxs bo’lib shakllanishiga va pedagog xodimlarning ilmiy-ma’naviy jihatdan o’sishiga, siyosiy va fuqarolik pozitsiyasining mustahkamlanishiga olib keladi. MTT pedagog xodimlaridan keng bilimdonlik, puxta amaliy tayyorgarlik, yuksak Inovarsion pedagogik mahorat, kompetentlik va ijodkorlik talab etiladi. Maktabgacha ta’lim jarayonida insonparvarlik omilini ta’minlaydigan ustozlarning shaxsiy sifatlariga quyidagilar kiradi: talabchanlik, haqqoniylik, halollik, mehribonlik, xushmomalalik. Ushbu sifatlar pedagogning ta’lim-tarbiya oluvchilar uchun ahamiyatini belgilashi kerak. Zero, shaxsiy sifatlar o’qitish va tarbiyalash mahoratiga ta’sir ko’rsatadi. Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev o’zining “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan birga quramiz” kitobida: “O’z xalqiga fidoyi, biz boshlagan ishlarni davom ettirishga qodir bo’lgan, har tomonlama yetuk rahbar oldida dolzarb vazifa – kelgusi avlodni komil inson qilib tarbiyalash vazifasi turibdi”- degan fikrni e’tirof etadilar. Darhaqiqat, XXI asrda ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlar rivojida inson aql zakovati va ma’naviyati asosiy muvofiqlashtiruvchi, rivojlantiruvchi omil va vosita ekanligi tobora namoyon bo’lmokda. SHuning uchun insonparvarlik bozor iqtisodiyoti asosida huquqiy, demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurilishining bosh tamoyili sifatida maydonga chiqdi. Maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifati – tarbiyachi va xodimlarning kasbiy rivojlanishi tavsifi bo’lib, zamonaviy bosqichida iqtisodiy taraqqiyot talablariga mos kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli yurituvchi mutaxassis qobiliyati va ish faoliyati bilan belgilanishi e’tirof etiladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari o’quv faoliyatining sifati o’quv jarayonini rejalashtirish, uni amalga oshirish, o’quv reja, dasturlarining mazmun mohiyati bilan emas, balki bolalarning olgan bilimlari, malaka va ko’nikmalari, mustaqil ravishda olgan bilimlari bilan bog’liq ta’lim natijasi sifati bilan belgilanmoqda. Har tomonlama taraqqiy etgan, aqlan va ma’nan barkamol, jismonan va ruhan tetik farzandlarni maktabgacha tarbiya tashkilotlarida kamol toptirish ahamiyati, Vatanimizning ravnaqi bugungi kunda yosh avlodlarga bergan ta’lim sifati va tarbiya mohiyati bilan chambarchas bog’liqligi alohida dolzarblik kasb etadi. Mamlakatimizda bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar buyuk ma’naviy fazilatlarga ega, insoniy fazilatlarni o’zida mo’jassamlashtirgan, yetuk kadr sifatida faoliyat yuritishga zamin hozirlaydi. O’zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilishda ta’lim jarayonning barcha shakllarini eng qulay va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari tomon yo’naltirish, tarbiyalanuvchilarda dunyoqarash, qobiliyatni shakllantirish va ularda jamiyat uchun zarur bo’lgan faoliyatga moyillik uyg’otishdir. Pedagogning ko’p qirrali faoliyati va uning qobiliyati, ijodkor va fidoiy bo’lishi hamda shogirdlarni barkamol insonlar qilib tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasidagi dolzarb masalalardan biridir. Inovarsion pedagogik mahoratga ega bo’lgan pedagog tarbiyadagi qiyinchiliklarni yengishga qodir bo’lgan nufuzli rahbar, o’sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy dunyosini tushuna oladigan, ularning tuyg’ularini his qila oladigan, ichki dunyosi nozik bo’lgan bola shaxsiga mohirlik bilan avaylab yondashadigan, donolik va ijodiy dadillik, ilmiy tahlil, xayol va fantaziya, chuqur ilmiy tafakkurga ega bo’lgan shaxslardir. Mustaqil O’zbekistonda pedagoglik kasbiga hurmat e’tibor va uni sharaflash beqiyosdir, shu bilan birga ustozlar oldiga qo’yiladigan mas’uliyat ham katta. Hozirgi kunda o’zining fidokorona mehnati bilan yosh avlodni o’qitish va tarbiyalash sifatini oshirishga katta hissa qo’shayotgan ijodkor pedagoglar, olimlar, tadqiqotchilar soni yil sayin ortib bormoqda. Bularning barchasi mustaqil O’zbekiston diyorida pedagog shaxsiga bo’lgan e’zoz, e’tibordan dalolatdir. Imom al Buxoriyning «Al – jomi’ as – sahih» hadislar to’plamining «Ilm kitobi» bobida ilm egallash fazilati va xosiyatlar, ilm o’rganish va o’rgatish odobi to’g’risida ma’lumotlar berilgan. Ushbu bobda ilm o’rgatish va o’rganishga doir hadislar keltirilgan. Ularning tahlili, ilm o’rgatuvchiga nisbatan didaktik talablar, Inovarsion pedagogik – axloqiy g’oyalarni ifodalashga imkon beradi. Bugungi kunda ham pedagoglar malakasini oshirish jarayonida, ularning Inovarsion pedagogik, psixologik tayyorgarligi, bilimi, muomala madaniyatini yuksaltirish, zamonaviy fan sirlaridan xabardor qilish, axborot va kommunikatsiya ko’nikmalarini singdirish va milliy psixologik omillarni e’tiborga olish kerak. Yuksak saviyali, mahoratli ustozlargina xalq orzusidagi barkamol insonni tarbiyalaydi.Ilm insonni yuksaklik sari olib boradi.Ilmga chanqoq o’zbek xalqida ziyoli, ilmli insonlarni e’zozlash, ular faoliyatiga havas bilan qarash xususiyati mavjud. Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirishda bu borada to’plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish, mamlakatni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga, ta’lim tashkilotlarining resurs, kadrlar vaaxborot bazalari yanada mustahkamlanmoqda, o’quv-tarbiya jarayoni yangi o’quv-uslubiy majmualar, ilg’or Inovarsion pedagogik tenologiyalar bilan to’liq ta’minlanmoqda. Jahon andozalariga javob beradigan maktabgacha ta’lim tashkilotlari qaror topmoqda va ularni rivojlantirish amalga oshirilmoqda. Ta’lim sifatini oshirishda, ta’lim jarayonini to’liq axborotlashtirish kuzda tutilmoqda. - Hozirgi paytda maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagoglar malakasini oshirishga quyidagicha yondashish tendentsiyalari kuzatilmoqda: sifatli o’quv jarayonini tashkil qilishda pedagog kompetentsiyasini rivojlantirish; - ta’lim sifatini ta’minlashda zamonaviy yondashuvlarining asosiy negizi - turli xil boshqaruv, innovatsiya va axborot texnologiyalarini ta’limga joriy etishda pedagogning layoqatini oshirish; - ta’lim-tarbiya sifatining mahsulasi – natijani qo’lga kiritish va boshqalar. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari o’quv faoliyatining sifati o’quv jarayonini rejalashtirish, uni amalga oshirish, o’quv reja, dasturlarining mazmun mohiyati bilan yemas, balki tahsil oluvchilarning olgan bilimlari, malaka va ko’nikmalari, mustaqil ravishda olgan bilimlari bilan bog’liq ta’lim natijasi sifati bilan belgilanmoqda. Abu Nasr Farobiyning “Fozil odamlar shahri” asarida keltirilgan bosh g’oya, ya’ni: “... faqat ilm va bilimlar jamiyatni rivojlantirishi, davlatni taraqqiy ettira olishi mumkinligi”, to’g’risidagi g’oyasiga monand ravishda sifatli ta’lim boshqaruvini amalda joriy etish talab etiladi. Demak, bugungi kunda jahon andozalariga tenglashtirilgan ta’lim sifat tizimi asosida mutaxassislar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.Bunda pedagogdan ta’lim berishda yuksak mahorat talab etiladi. Maktabgacha tarbiya tashkilotlarida ta’lim va tarbiya sifati, uni baholash va sifat menejmentiga oid jahonda olib borilgan tadqiqotlar natijasida qator, jumladan, quyidagi ilmiy natijalar olingan: maktabgacha tarbiya tashkilotlarida ta’limiy va tarbiyaviy sifat nazoratining ichki baholash mexanizmlari ishlab chiqilgan (London universiteti qoshidagi “Layf Kouching”, Ta’lim institutlari (Buyuk Britaniya); ta’lim sifati menejmenti tizimini sertifikatlash va sifatni kafolatlash usullari tavsiflangan (Bavariya akkreditatsiyalash, sertifikatlash va sifatni kafolatlash instituti, Germaniya) va boshqalar. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim va tarbiya sifati, uni baholash, ilmiynazariy asoslash, kvalimetriyaga murojaat etish, sifatning yalpi menejmentini qo’llash uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirishning muhim shartlaridan biridir. Bunda kvalimetrik tahlil muhim ahamiyat kasb etadi
Kvalimetriya – diagnostik metodlarni aniqlash, sifatni miqdoriy baholashning nazariy asoslarini yaratish bilan bog’liq ilmiy va amaliy faoliyat sohasi. Kvalimetriya kvalitologiya (sifat haqidagi fan)ning tarkibiy qismidir. Dunyoda ta’lim sifati menejmentini takomillashtirish bo’yicha qator, jumladan, quyidagi ustuvor yo’nalishlarda tadqiqotlar olib borilmoqda: ta’lim sifatini kafolatlashning yagona mezonlari va standartlarini belgilashni aniqlash; ta’lim xizmatlari eksportini rivojlantirish; ta’lim dasturlarini akkreditatsiyalash milliy tizimlarini muvofiq-lashtirish; sifatni boshqarish texnologiyalarini takomillashtirish. Biroq, hanuzgacha davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya tashkilotlari xodimlarining malakasini oshirish va ushbu tarbiya maskanlarida ta’limiy va tarbiyaviy boshqaruv menejmentiga xos xususiyatlarni aniqlashning yagona tizimini takomillashtirish masalalari o’z yechimini tulaqonlicha amalga oshirilmagan. Shu jihatdan olganda, ta’limda sifatni boshqarish, sifatni kafolatlashda akkreditatsiyaning o’rni, sifatning tashqi monitoringi, oliy ta’limda sifatni baholash tizimlari, ta’lim jarayoni ishtirokchilari faoliyatini muvofiqlashtirish va ta’lim sifatini nazorat qilishning Inovarsion pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash zarurati oshmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda taʼlim tizimining barcha boʻgʻinlarida ulkan islohotlar olib borilmoqda. Ayniqsa, mamlakatimiz kelajagi va ravnaqida muhim oʻrin tutadigan maktabgacha taʼlim sohasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Zero, bu tizim jamiyatning birlamchi va eng muhim boʻgʻinidir.
Farzandlarimiz 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan davrda oladigan barcha maʼlumotlarning 70 foizini oʻzlashtirishi mutaxassislar tomonidan tasdiqlangan ekan, demak, taʼlim tarbiyaning asosi va poydevori bu maktabgacha taʼlim
va tarbiyadir.
Uzoq yillar qaysidir maʼnoda egasiz va qarovsiz qolgan bu tizim soʻnggi yillarda Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar tufayli bolani qarab, boqib turadigan tashkilotdan, haqiqiy taʼlim-tarbiya maskaniga aylandi.
Ta’lim maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning bilish qobiliyatlarini muntazam-rejali ravishda rivojlantirib borish, bolalar bog‘chasi tarbiya dasturida belgilangan eng oddiy bilimlar sistemasi bilan qurollantirish, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berishda ta’lim yetakchi rol o‘ynaydi.Chunki, ta’lim jarayonida aqliy tarbiyaga doir hamma masalalar hal etiladi. Ta’lim bolalarga izchillik bilan bilim berishni, bu bilimlarni aniqlash va sistemalashtirishni, bilish jarayonlarini, tafakkur faolligini rivojlantirishni nazarda tutadi. Ta’lim kuzatuvchanlik, qiziquvchanlik va aqlning sinchkovlik, ziyraklik, tanqidiylik kabi sifatlarini rivojlantirishga yordam beradi. U jismoniy, estetik va mehnat tarbiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ham zarurdir. Bog‘chada bolalarga madaniygigiyenik ko‘nikmalar, asosiy harakatlar o‘rgatiladi, ular madaniy-axloqiy qoidalarni o‘zlashtirib oladilar.Bolalarda o‘quv faoliyatlari asoslari ta’lim jarayonida hosil qilinadi, ularning maktabda muvaffaqiyatli o‘qishi uchun muhim shart-sharoitlar yaratiladi. Ta’limni
ikki yo‘l bilan amalga oshirish maqsadga muvoflqdir. Birinchi yo ‘li — bolalarning bilim, malaka, ko‘nikmalarni kattalar bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishi orqali egallab borishidir. Ikkinchi yo ‘li — maxsus tayyorgarligi bor kishilarning maxsus o‘quv muassasalarida bolalarni kerakli bilim, malaka, ko‘nikmalardan rejali ravishda xabardor qilib borishidir. Bunday yo‘l bilan ta’lim berishdan maqsad yosh avlodni zamonaviy ishlab chiqarishda, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotida faol qatnashtirish uchun zarur bo‘lgan fan yutuqlari bilan tanishtirishdir. Bolalarga ta’lim berish jarayonida quyidagi metodlardan foydalaniladi:
Kuzatish metodi bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish imkonini beradi. Bunda bolalar ko‘rish, eshitish, sezish idroklari orqali bilimlarni egallash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa, asosan, yangi bilim berishda qo‘llaniladi.Kuzatish — bolalarning narsa, voqealarning ma’lum maqsadi bilan rejali idrok etishidir.Bu usul ma’lum obyektlarni kuzatishda yetakchi o‘rinni egallaydi.Namoyish etish metodi.Bu metodda tarbiyachi bolalarga narsaning o‘zini yoki tasvirini ko‘rsatadi.Kuzatish so‘z bilan qo‘shib olib boriladi. Bu asosan bevosita kuzatib, ko‘rib bo‘lmaydigan narsalar bilan tanishtirishda qo‘llaniladi. Masalan, hayvonlar, o‘simliklar hayoti bilan tanishtirish.Texnikaviy vositalardan foydalanish MTMda ta’lim jarayonini qiziqarliroq o£tkazishni ta’minlaydi.Tevarak-atrof bilan tanishtirish imkoniyatini kengaytiradi. Texnikaviy vositalardan tarbiyachi katta va tayyorlov guruhlarida foydalanadi. Kichik guruhlardan boshlab bolalarga hikoyalarga ishlangan suratlar ko‘rsatiladi. Bu buyum va narsalarni izchillik bilan idrok etish imkonini beradi va sinchkovlik hislarini o‘stiradi. Hikoya qilib berish metodida materialni aniq, obrazli, ta’sirchan bayon qilinadi. 0 ‘rta guruhdan boshlab badiiy asarlarni ifodali o‘qib beriladi. Bu bolalarga ta’lim berishda va ularning aqliy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Hikoya qilib berish metodi mustaqil metod sifatida qo‘llaniladi.Suhbat metodi.Suhbat MTM didaktikasida muhim o‘rinni egallaydi. Tarbiyachi bolalar bilim va amaliy tajribalariga suyanib, savollardan foydalangan holda ularni yangi bilimlarni egallashiga, mustahkamlashiga harakat qiladi. «Suhbat 3—4 yoshli bolalar bilan o‘tkazilmaydi.4—5 yoshli bolalar bilan ham suhbat mustaqil mashg‘ulot sifatida o'tkazilmaydi.Bu yoshda kuzatish qisqa suhbat bilan qo‘shib olib boriladi.6 yoshdan boshlab suhbat mustaqil mashg‘ulot tarzida o'tkazilishi mumkin»1.Amaliy metod. Bu metod tarbiyachiga bolalarning turli-tuman amaliy faoliyatlarini tashkil etishga, bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallab olishga yordam beradi. Bu metod orqali bola buyumlarning o‘ziga tanish bo‘lmagan xususiyatlarini bilib oladi. Tarbiyachi amaliy mashg‘ulotlarda bolalarning oldiga vazifa qo‘yib, bolalardan mashq qilishni talab etadi. Shular orqali bola bilim, ko‘nikma va malakalarni egallab oladi. ‘yin metodi didaktik vazifani tushunarliroq, ta’limni qiziqarli qilib tashkil etishga yordam beradi. O‘yin metodi bolalarning ixtiyoriy diqqatlarini oshiradi, bola irodasini, ijodiy fikrini rivojlantiradi. Bola ijodiy o‘yinda aqliy jihatdan tarbiyalanadi va rivojlanadi. Kichkintoylar o‘ynaydigan sujetli o‘yinlarning asosiy mazmuni — buyumlar bilan bajariladigan xilma-xil harakatlarni tasvirlashdir.Bunday o‘yinlar jarayonida bolalar buyumlardan foydalanish, ular bilan amallar bajarishning ijtimoiy mustahkamlangan usullarini o‘zlashtirib oladilar. Bunda harakatlarni umumlashtirish va bolaning ongida ularni aniq bir buyumdan ajratish jarayoni ro‘y beradi. Bolaning rivojlanishiga qarab, ularning ijodiy o‘yinlari tobora rejali xususiyat kasb etadi: bolalar o‘yinning mazmuni haqida, o‘yinchoqlardan foydalanish va h.k.lar to‘g‘risida kelishib oladilar. Shu yo‘l bilan o‘yin davomida bolaning rivojlanishi uchun muhim bo‘lgan tafakkurning rejalashtiruvchi vazifasi tarkib topadi. Bolaning aqliy tarbiyasida ijodiy o‘yinlar bilan bir qatorda didaktik o‘yinlar ham katta o‘rin egallaydi. Bunday o‘yinlar tayyor mazmunga va aniq qoidalarga ega. Juda ko‘p xalq o‘yinlari avloddan avlodga o‘tib kelmoqda. Pedagoglar tomonidan ham ko‘pgina o‘yinlar ishlab chiqilgan. Didaktik o‘yinlar deb nomlanishining o‘zi ham bu o‘yinlarning maqsadi bolalarni aqliy rivojlantirishdan iboratligini bildiradi.Binobarin, ular aqliy tarbiya vositasi, deb qaraladi.



Yüklə 109,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə