Kirish I. Bob. O’rta osiyoning antik davri arxeologik yodgorliklari


Qashqadaryo viloyati hududida antik davr yodgorliklari



Yüklə 50,36 Kb.
səhifə5/12
tarix22.06.2022
ölçüsü50,36 Kb.
#89907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
66 77=0000WORD.

Qashqadaryo viloyati hududida antik davr yodgorliklari. S.K.Kabanov, R.Sulaymanov rahbarligidagi arxeologik guruhlar Erqo’rg’onda, Toshkent Davlat Milliy universiteti arxeologiya guruhi Keshda, M.To’rabekov rahbarligidagi guruh Qarshi shahrida arxeologik qazish ishlarini olib bordi. Shu yodgorliklardan Erqo’rg’onda keng miqyosda arxeologik qazish ishlari olib borildi. Erqo’rg’on – Nautaka viloyatining markazi bo’lgan (A.Makedonskiy shu shaharda to’xtagan degan taxminlar bor). Rejalashtirilishi aylana shaklda, umumiy maydoni – 70 ga. Antik davrga oid qal’a devori, ark devori va ibodatxona o’rganildi. Shu bilan birga, Qal’ai- Zaxoki Maron, Tillatepa, Kasantepa yodgorliklari ham o’rganilgan.
Samarqand viloyati hududida antik davr yodgorliklari. Ya.G’.G’ulomov rahbarligida Afrosiyob ekspeditsiyasi Afrosiyobda keng miqyosda arxeologik tadqiqotlarni olib bordi. Shaharning mudofaa devori va ichki qismida qadimiy madaniy qatlam o’rganildi, natijada yodgorlikning qurilishi mil.av. 2500 yilga oidligi aniqlandi Bu yodgorlikda O’zbekiston-Germaniya, O’zbekiston-Frantsiya arxeologiya ekspeditsiyasi xodimlari faoliyat olib bormoqdalar. R.Sulaymonov rahbarligidagi arxeologik guruh Ko’ktepada arxeologik qazish ishlarini olib borib, qadimiy shahar ekanligini aniqladi. Shaharning hajmi 100 ga, ark, ibodatxona, uy, mahallalar o’rganilgan.
Farg’ona vodiysida antik davr yodgorliklari. Farg’ona vodiysida Yu.A.Zadneprovskiy, G.Abulg’ozieva, A.Anorbaev, B.Matbabaev, N.G.Gorbunova rahbarligidagi arxeologik guruhlar tarixiy obidalarda arxeologik qazish ishlarini olib bordilar. Antik davrga oid 20 ga yaqin yodgorlik qayd etilgan, Xitoy yozma manbalaridagi ma’lumotlarga qaraganda, Farg’ona vodiysida 70 dan ortiq shaharlar bo’lgan. Eylatan – rejalashtirilishi to’g’ri bo’lgan shaklda, ikki qatorli devor bilan o’rab olingan, umumiy maydoni – 200 ga. Ark mil.av IV – III asrlarga oid. Mingtepa – rejalashtirilishi to’g’ri burchak shaklda, umumiy maydoni – 40 ga. Mingtepa yoki Marhamat shahri ikki qatorli devor bilan o’rab olingan, devor o’z navbatida to’rt burchakli kungurlar bilan kuchaytirilgan, ular o’rtasidagi oraliq 30 – 40 m. Shaharni Ershiga o’xshatishadi. Ko’rgantepa – rejalashtirilishi to’g’riburchak shaklda (250x230 m), 5,7 ga, qadimda devor bilan o’rab olingan. Axsikent-1A, Axsikent 1V – rejalashtirilishi to’g’riburchak shaklda, umumiy maydoni 35 ga, mil.av. III – II asrlarga oid, qalinligi 5 m devor bilan o’rab olingan. Ershi – shaharning joylashish o’rni mulohazali. N.Ya.Bichurin Ershini Qo’qon shahri o’rnida, A.N.Bernshtam esa Mingtepa yodgorligida degan fikrni bildiradilar. Yangi ma’lumotlarga qaraganda, Ershi – Eski Axsi degan fikrlar paydo bo’ldi. Mil.av. III–I asrlarda Ershi Axsi o’rnida bo’lgan shahar 40 ga bo’lib, ark ikki qismdan iborat bo’lgan Esgarlik devor bilan o’rab olingan, qalinligi – 5 m, balandligi – 3 m.
Quva (Kubo) – hozirgi Quva shahri markazida tepalik mavjud bo’lib, mahalliy aholi o’rtasida «Shahriston» nomi bilan ma’lum. Yodgorlikni B.A.Latinin, V.D.Jukov, A.N.Bernshtam, V.A.Bulatova, I.Axrorov, Yu.A.Zadneprovskiy, B.Matbabaevlar arxeologik jihatdan o’rgandilar. Yodgorlikni 1956 yildan Ya.G’.G’ulomov rahbarligidagi arxeologik guruh o’rganishni boshlagan. Yodgorlikning qurilishi milodiy I – III asrlarga oid bo’lib, paxsa devor bilan o’rab olingan. Tadqiqotchi B.Matbabaev shaharning dastlabki qurilish davrini mil.av. V asrga oid ekanligi to’g’risida xulosalar chiqargan.

Yüklə 50,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə