Kirish I. Bob. O’rta osiyoning antik davri arxeologik yodgorliklari



Yüklə 50,36 Kb.
səhifə4/12
tarix22.06.2022
ölçüsü50,36 Kb.
#89907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
66 77=0000WORD.

Katqal’a (Shovot) – Shovot tumanidagi Beruniy nomli shirkat xo’jaligi Kat qishlog’i hududida joylashgan, rejalashtirilishi noto’g’ri to’g’ri burchak, umumiy hajmi 10,8 ga, qadimda ikki qatorli devor o’rab olgan bo’lib, ular o’z navbatida yarim aylanali kungurlar bilan kuchaytirilgan, ular o’rtasidagi oraliq –27 m. Yodgorlik mil.av. IV asrda qurilgan.
Akshaxon – Beruniy tumanidagi «Ozod» fermer xo’jaligidagi qumliklar o’rtasida tekislikka qurilgan. Rejalashtirilishi to’g’riburchak shaklda, umumiy maydoni – 45 ga, qadimda ikki qatorli devor o’rab olgan, kengligi – 6 m. Devor bo’ylab to’g’riburchakli kungurlar, burchak qismida esa to’rt tomoni teng kungurlar joylashgan. Shimoli-g’arbiy burchakda ark joylashgan, to’g’riburchak shaklda (380x340 m). Darvoza janubi-sharqiy va janubiy-g’arbiy devorda joylashgan, labirint bilan mustahkamlangan. Yodgorlikning tashqi devori va kunguri o’rganildi. Yodgorlik mil.av. IV – milodiy III asrlarda Xorazmning poytaxti bo’lgan (podsho Farazman 1500 otliq askar bilan Baqtr shahriga A.Makedonskiy huzuriga shu shahardan ketgan bo’lishi shubhasiz). Yodgorlik Qoraqalpog’iston va Avstraliya olimlari tomonidan uzluksiz ravishda tekshirilmoqda.
Buxoro viloyatida antik davr yodgorliklari.Buxoro viloyati hududida R.Sulaymonov rahbarligida, Buxoro shahrining paydo bo’lishi va rivojlanish tarixini o’rganish maqsadida A.R.Muxammadjonov rahbarligidagi arxeologik guruhlar tadqiqot ishlarini olib bordi. Natijada Romish–I, II, III, Setalak, Buxoro keng miqyosda o’rganildi. Buxoro – Zarafshonning Rudizar va Zarirud ismli ikki sohilida bir-biriga qarama-qarshi joylashgan, alohida-alohida qishloqlar asosida paydo bo’lgan. Shaharning etti joyida keng ko’lamda arxeologik tadqiqotlar olib borilgan, undagi madaniy qatlam 20 metrdan oshiq. Devor avval paxsadan, keyin to’rt tomoni teng xom g’ishtdan qurilgan, to’g’ri burchakli kungurga ega. Shahar uch qismdan iborat, ya’ni ark, shahriston va shahar atrofidan iborat bo’lib, turli tarixiy davrda shakllangan. Shu bilan birga, Kozimontepa, Chordira, Qo’shrabod, Arabop-1, Arabop-2, Varaxshaning quyi qatlami, Xo’jabo’ston, Beshtepa yodgorliklari o’rganildi.

Yüklə 50,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə