Kirish I. Umumiy qism


partiya qilib joylashtirish 10-15 kundan oshmasligi kerak



Yüklə 4,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/23
tarix26.05.2023
ölçüsü4,04 Mb.
#113013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
uruglik paxtani yetishtirish saqlash va qayta ishlash texnologiyasi


partiya qilib joylashtirish 10-15 kundan oshmasligi kerak. 
Urug‗lik paxtani 5 oygacha saqlash mumkin. Urug‗lika ajratilgan paxta 
g‗aramlarda saqlanganda harorat yuqori bo‗ladi. Faramdagi paxtaning harorati uni 
g‗aramga joylash paytidagi havo haroratiga bog‗liq bo‗ladi. Masalan, sentabr 
boshlarida g‗aramlarga joylangan paxtaning harorati keyingi kunlarda joylanganiga 
nisbatan birmuncha yuqori bo‗ladi., paxtaning namligi 8 % bo‗lganida Toshkent 
sharoitida g‗aramdagi harorat 30
0
-38 
0
S gacha ko‗tariladi. Qishda g‗aramdagi 
urug‗lik paxtaning harorati meyordan oshmagan holda yuqori bo‗lishi chigitning 
yaxshi yetilishiga va binobarin uning sifati yaxshilanishiga imkon beradi. 
Raximov X.R. (1962) ma‘lumotlariga ko‗ra, qulay sharoitda chigitlarning 
pishib yetilishi tezlashadi. Bunday urug‗lar sog‗lom va baquvvat bo‗lib ko‗karadi.
1.1-jadval 
Urug‗lik paxtani g‗aramlarda saqlashning chigitning unib chiqishi va hosildorligiga 
ta‘siri. 
Saqlash 
usuli 
Chigitning 
unib chiqish 
quvati,% 
Unib 
chiqishi,% 
Chigitning 
dala 
sharoitida 
unib 
chiqishi,% 
Ko‗chat 
qalinligi, 
ming/ga 
Paxta hosili, 
s/ga 
Omborda 
84-97 
91-98 
51,1-65,8 
75,7-84,3 
42,9 
Faramda 
55 
88 
42,2 
65,9 
40,6 
Urug‗lik paxtani qabul qilishda paxta tozalash zavodining urug‗lik 
laboratoriyasi har bir xo‗jalikning topshirgan paxtasidan chigitning pishganligi va 
unuvchanligini tekshirish maqsadida namunalar oladi. Namunalar urug‗lik paxtaning 
massasiga qarab har bir partiyadan yoki uning ma‘lum qismidan olinishi mumkin, 


bunda elita urug‗larning har 15 t sidan, birinchi reproduksiya urug‗laridan har 30 t 
sidan, ikkinchi reproduksiya urug‗laridan har 60 t sidan, uchinchi va undan keyingi 
reproduksiya urug‗laridan har 150 t sidan namuna olinadi.
Urug‗lik paxtani saqlanadigan har bir omborda yoki buntda joylashtirilgan 
urug‗lik paxtaning partiyasi va massasi, navi, sanoat navi, reproduksiyasi, nav 
tozaligi, dala aprobatsiya guruhi, ombor yoki bunt raqami, komplektlashning 
boshlanishi va oxiri, qo‗l yoki mashina terimi, tovarshunosning familiyasi yozilgan 
pasport o‗rnatiladi. 
Urug‗lik paxtani saqlash davrida har 10 kunda uning harorati o‗lchab turiladi. 
Agar urug‗lik paxta saqlanayotgan g‗aramning 3 metr chuqurligida harorat 300S dan 
ortiq bo‗lsa, bunday paxta shamollatiladi. Urug‗lik paxta tayyorlov punktidan paxta 
tozalash zavodlariga maxsus idishlarda tashiladi. 
Paxta urug‗chiligi bilan shug‗ullanuvchi tashkilotlarning asosiy vazifasi 
tezpishar, serhosil, to‗qimachilik sanoati talabiga to‗liq javob beradigan, yangi g‗o‗za 
navlari urug‗ini ko‗paytirish hamda xo‗jaliklarni yuqori sifatli urug‗lik chigit bilan 
ta‘minlashdan iborat. 
Paxta urug‗chiligi yagona davlat sistemasiga birlashgan bo‗lib. U seleksiya va 
urug‗chilik stansiyalari, elita urug‗lik xo‗jaliklari, nav sinash bo‗limlari, paxta 
tayyorlash punktlari, paxta tozalash zavodlari va urug‗chilik laboratoriyalarida olib 
boriladigan seleksiya va urug‗chilik ishlarini bir-biriga bog‗laydi. 
Paxta urug‗chiligi sistemasi quyidagi ishlarni o‗z ichiga oladi; a) yangi nav 
g‗o‗za urug‗ini dastlabki ko‗paytirish; b) davlat nav sinash va rayonlashtirish ishlarini 
nazorat qilish; v) elita, I,II va III reproduksiya urug‗lari ishlab chiqarish bo‗yicha 
elita urug‗chiligini rivojlantirish; g) urug‗lik chigit fondini tayyorlash va
xo‗jaliklarni urug‗lik chigit bilan ta‘minlash; d) urug‗lik fondining sifatini tekshirib 
borish. 
Seleksiya va tajriba stansiyalarida, ilmiy-tekshirish institutlarida olingan 
g‗o‗zaning yangi navlari, uni ko‗paytirish uchun xo‗jaliklarda tashkil etilgan elita 
chigit yetishtiruvchi urug‗lik xo‗jaliklariga beriladi. Bu yerda ko‗rsatgichlari yaxshi 
chiqqan urug‗lik chigit davlat nav sinash tashkilotlari tomonidan har taraflama 


sinaladi hamda paxta tolasi va gazlama Markaziy ilmiy tadqiqot instituti (SNIIXBI) 
ga yuboriladi. 
Serhosil, tolasining texnologiya xususiyatlari talabga javob beradigan, 
kasalliklarga chidamli va boshqa agrotexnika ko‗rsatgichlari yaxshi bo‗lgan g‗o‗za 
navlari rayonlashtiriladi. Rayonlashtirilgan g‗o‗za navlari urug‗chilik xo‗jaliklariga 
berilib, u yerda elita chigit va reproduksiyalari olinadi. 
Elita urug‗lik chigiti deb g‗o‗zaning shu naviga oid xususiyatlarga ega bo‗lgan 
tuplarini yakka-yakka tanlab olish yo‗li bilan chiqarilgan chigitlarga aytiladi. Elita 
urug‗lik chigitning tozaligi 100%, ya‘ni unga boshqa nav chigiti aralashmagan 
bo‗lishi kerak. 
Birinchi reproduksiya chigiti deb elita urug‗lik chigitni ekish natijasida olingan 
chigitlarga aytiladi. Bu chigitlarning nav tozaligi kamida 99%, ikkinchi 
reproduksiyaniki-98 %, uchinchi reproduksiyanini esa 96 % bo‗lishi kerak. Nav 
tozaligi bundan past ko‗rsatkichni bergan dalalardan terilgan paxtalardan urug‗lik 
chigit tayyorlanmaydi. 
Urug‗lik chigit yetishtirish ishi umuman quyidagi sxemada bajariladi: 
Birinchi va ikkinchi yilllari xo‗jaliklarning elita urug‗lik xo‗jaliklarida urug‗lik 
chigit ekib, elita va birinchi reproduksiya chigitlar olinadi
Uchinchi yili – elita urug‗chilik xo‗jaliklariga yaqin bo‗lgan, unumdor 
tuproqlar xo‗jaliklariga birinchi reproduksiya urug‗lik chigitni ekib ikkinchi 
reproduksiya chigitlari olinadi;
to‗rtinchi yili –xo‗jalikdagi unumdor tuproqli barcha xujaliklar va shirkat 
xo‗jaliklarda ikkinchi reproduksiya urug‗lik chigitni ekib, uchinchi reproduksiya 
urug‗lik chigiti olinadi; 
Beshinchi yili- paxtakor xo‗jaliklarning hammasi paxta ekib, to‗rtinchi 
reproduksiya urug‗lik chigit olinadi. 
Keltirilgan sxemaga muvofiq urug‗lik chigitlarni almashtirib paxta ekish, nav
yangilash deb ataladi, rayonlashtirilgan seleksion nav g‗o‗zani boshqa seleksion nav 
urug‗i bilan almashtirish – nav almashtirish deb ataladi. 


Urug‗lik paxtaning chigiti qayta ishlash jarayonida mashina va linterlarning 
qarshiligiga uchraydi. Shu sababli, chigitlar shikastlanishining oldini olish maqsadida 
urug‗lik paxta birmuncha yengil texnologik rejimda qayta ishlanadi. Urug‗lik paxta 
arrali mashinada qayta ishlanganda uning ish unumi soatiga 560 kg dan oshmasligi 
kerak. Chigit umumiy lint chiqishi 5,5 % li arrali linterda ikki marta linterlanadi. 
Urug‗lik chigit linterlangandan so‗ng SSL-6 markali mashinada ekiladigan va 
ekilmaydigan guruhga ajratiladi. 
O‗rta tolali va ingichka tolali chigitlar tuksizlantirilgach, ularni ho‗llab dorilash 
uchun 20-SX mashinasi, tukli chigitlarni dorilash uchun SP-3M markali mashinalar 
ishlatiladi. 
Yuqumsizlantirilgan hamma urug‗lik chigitlar qoplarga solinib urug‗likning 
pasport ko‗rsatmali yozilgan yorliq ham solinadi va shu xildagi yorliq qopga ham 
yopishtiriladi. 
Zavoddan jo‗natilayotganda urug‗lik chigitlardan namuna olinadi va uning 
sifati oxirgi marta zavod urug‗lik laboratoriyasida tekshirilib ko‗riladi.
Ingichka tolali urug‗lik paxtani qayta ishlashda har bir nav uchun alohida 
texnologik rejim belgilanadi. 
Urug‗lik chigit omborlarda to‗kilgan hamda qoplangan holda saqlanadi. Jut 
yoki qog‗oz qoplarga 30-50 kg dan solinadi, qoplar yer osti suvlaridan namlanmasligi 
uchun tagiga taxta yoki bordon (maxsus taxta taglik)to‗shaladi. Chigit uyumi 3-4 m 
balandlikda bo‗ladi. 
Chigitni saqlashda navning toza bo‗lishiga katta ahamiyat beriladi, ularning 
boshqa navlarga, reproduksiyalarga va guruhlarga aralashib ketishiga yo‗l 
qo‗yilmaydi. Har bir xonaga navi, reproduksiyasi, guruh nomerlari va boshqalar 
yozilgan belgilar qo‗yiladi. Bundan tashqari, har bir qopga chigit navi, reproduksiyasi 
va boshqa ko‗rsatkichlari yozilgan yorliqlar solinadi.
Omborlarda saqlanayotgan urug‗lik chigitlar sovuqdan saqlanishi kerak, chunki 
sovuq havoda urug‗lik chigitning fiziologik yetilishi sekin o‗tadi. Havo quruq va 
ochiq kelgan kunlarda haftada bir marta omborlar shamollatilib turilishi lozim. 


Agar chigitlar bostirmalarda saqlanishiga to‗g‗ri kelsa, bunday hollarda 
bostirmalar ochiq yoki bir tomoni ochiq bo‗ladi. Chigitlarni namdan saqlash 
maqsadida yomg‗ir va yer osti suvi boshqa tomonga oqib ketishi uchun bostirmaning 
gir atrofiga ariqchalar ochiladi. Shuningdek, urug‗lik chigit nimiqmasligi uchun 
bostirma tagi polli yoki asfalt yotqizilgan bo‗lishi kerak. Yog‗ingarchilikda 
bostirmaning ochiq tomonlari brezent bilan berkitiladi.
Bostirmalarda birinchi yili saqlanayotgan chigitga qishki sovuq havo salbiy 
ta‘sir etadi, bu fiziologik o‗zgarishlarning yaxshi o‗tmasligiga, binobarin, chigitning 
yetilmay qolishiga olib keladi. Bunday chigitlar ekilganda unib chiqishi sekinlashadi, 
o‗simlikning o‗sib, rivojlanishi juda sust boradi. 
Biroq bostirmalarda ikki yil saqlangan chigitning unib chiqishi va o‗simlikning 
rivojlanishi omborlarda saqlangan chigitga nisbatan ancha yuqori bo‗ladi. Chunki, 
urug‗lik chigit bostirma tagida ikkinchi yil saqlanganda yozning issiq harorati va 
bostirmada havoning yaxshi almashinuvi chigitning yaxshi va tez yetilishiga sabab 
bo‗ladi. Bunda paxta hosili 3,6 % ga ko‗payishi aniqlangan. 
Urug‗lik chigitlarni binolarda saqlash-yangi hosildan terib olingan urug‗lik 
chigit dekabr, yanvar, fevral oylarida isitiladigan binolarda, ya‘ni 17-190 S da 
saqlansa, uning fiziologik yetilishi ancha tezlashadi. Bunday chigitlarning 
isitilmaydigan skladlarda va ayniqsa bostirmalarda saqlangan chigitlarga nisbatan 
unib chiqish quvvati va unib chiqish darajasi ancha yuqori bo‗ladi. Masalan, 
isitiladigan xonada saqlangan chigitning unib chiqish quvvati (21 martdagi hisobda) 
bahorgi chigit ekish mavsumiga yaqin davrda 98 %, isitilmagan xonada saqlangan 
chigitniki 91 % va harorat -140S dan 60S issiqqacha bo‗lgan bostirmada saqlangan 
chigitniki esa 85 % bo‗lgan. 
Ikkinchi terimdan olingan chigit birinchi terimdagidan kamroq yetilgan 
bo‗ladi. Shuning uchun bunday chigit isitilgan xonada saqlanganda fiziologik 
jihatdan ancha yetilib, unib chiqish xususiyati oshadi. 
Demak, issiq xonalarda saqlangan urug‗lik chigit isitilmaydigan omborlarda, 
ayniqsa bostirmalarda, saqlangandagiga qaraganda ancha qisqa muddatda yetiladi. 
17-190S da saqlangan chigit ekilganda tez unib chiqadi, o‗simlik ancha yaxshi 


rivojlanadi va ko‗chat qalinligi oshadi. Bu holda hosil 2,3-16,0 % gacha oshadi. 
Shuning uchun elita va birinchi reproduksiya urug‗lik chigitni isitiladigan binolarda 
saqlash tavsiya etiladi. Bu esa urug‗lik chigitning sifatini yaxshilaydi va qimmatli 
urug‗lik materialning ko‗payish koeffitsiyentini oshiradi. 
Urug‗lik chigitni saqlash muddati-yangi terilgan urug‗lik paxtadan olingan 
chigit texnik jihatdan pishib yetilgan bo‗lsa-da, hali to‗liq fiziologik pishib 
yetilmagan bo‗ladi. Shuning uchun ham ko‗pincha yangi paxta hosilidan olingan 
urug‗lik chigitning unib chiqish quvvati va unib chiqish darajasi past bo‗ladi. Vaqt 
o‗tishi bilan (chigit saqlash davrida) uning unib chiqish darajasi va unib chiqish 
quvvati oshib boradi, chigit fiziologik jihatdan pishib yetiladi. 
Bir yil saqlangan chigitning laboratoriya sharoitida unib chiqish darajasi yuqori 
bo‗lishiga qaramay, ular oddiy sharoitda (ombor va ayniqsa bostirmalarda) 
saqlanganda bahorgi ekish mavsumiga qadar yaxshi yetila olmaydi. Natijada urug‗lik 
chigit bir yil saqlanganda fiziologik pishib yetilmagan bo‗ladi. 
Chigitni past harorat (15-170S) da tahlil qilib ko‗rilganda, ikki yil saqlangan 
chigitning unib chiqish darajasi bir yil saqlangan chigitnikiga nisbatan ancha 
oshganligi va uning tez o‗sishi aniqlangan. 
Ikki yil saqlangan chigit ekilganda g‗o‗za qalin o‗sadi, hosil esa gektariga 2,3-
6,0 sentner oshadi. Bir yil saqlanganda chigitning yetilish jarayoni to‗la 
tugallanmaganligi sababli uni ikki yil saqlangandan so‗ng ekilganda hosi sezilarli 
oshganligi aniqlangan. Demak, chigitning fiziologik yetilishi ikki yil saqlangandan 
so‗ng, ya‘ni yozgi issiq haroratning ta‘siri natijasida to‗liq tugallanadi. 
Axmedov A. A. (2002) ning aytishicha namuna tanlash uchun odatda, doimiy 
usti yopiq ayvon jihozlanib, unda paxta namligi va iflosligini aniqlash uchun paxta 
namunalari solingan bankalarni quyosh nuri, chang va yog‗ingarchilikdan 
saqlaydigan joy tanlanadi. Paxtaning sifat ko‗rsatgichlarini aniqlash uchun 
keltirilgan paxta to‗dasining turli joylaridagi istalgan nuqtalardan olingan namuna 
turkumi tuziladi. 


Mutaxassislarning tavsiyalariga ko‗ra, bir yil saqlangan chigitning yetilishi 
to‗liq tugallanmaganligini, shunga ko‗ra unib chiqish darajasi yuqori bo‗lgan ikki yil 
saqlangan chigitni ekish yaxshi natija berishi aniqlangan.
1.2-jadval 
Saqlash sharoiti va muddatining chigitning unib chiqishi, ko‗chat qalinligi va 
paxta hosildorligiga ta‘siri 
V
ar
ia
nt
U
rug‗
li

chi
gi
t sa
ql
an
gan 
joy
Birinchi yil saqlangan 
Ikkinchi yil saqlangan 
Bir yil 
saqlanganga 
nisbatan farqi,% 
15-170S da 
chigitning 
unib 
chiqishi 
Ko‗cha

qalinlig
i, ming 
tup/ga 
Hosild
orlik, 
s/ga 
15-170S da 
chigitning 
unib 
chiqishi 
Ko‗chat 
qalinligi, 
ming 
tup/ga 
Hosildorlik
, s/ga 
Unib 
chiqishi 
Paxta 
hosili 

G‗aram 
Ombor 
73 
95 
66,3 
68,0 
39,8 
40,7 
89 
98 
76,6 
84,1 
42,1 
44,8 
+16 
+3 
+5,8 
+10,0 

G‗aram 
Ombor 
94 
96 
62,9 
63,4 
25,7 
29,8 
96 
96 
71,9 
71,9 
29,1 
30,2 
+2 
+0 
+13,2 
+13,0 

Yüklə 4,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə