Kirish. Odam organizmi to’G’risida umumiy ma’lumot


HUJAYRANING KIMYOVIY TARKIBI



Yüklə 172,93 Kb.
səhifə38/43
tarix28.11.2023
ölçüsü172,93 Kb.
#134660
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
8,9 kitobcha test

HUJAYRANING KIMYOVIY TARKIBI

1. Organik birikmalar tirik organizmlar hujayrasining necha foizini tashkil etadi ?


A) 30 – 40 %; B) 20 – 30 %;
C) 40 – 50 %; D) 70 – 80 %;

2. Organizmda eng muhim biopolimerlarni ko’rsating.


A) uglevodlar, oqsillar;
B) oqsillar, nuklein kislotalar;
C) nuleotidlar, oqsil;
D) yog’lar, uglevodlar;

3. Tirik organizmlarda polisaxaridlar qanday vazifalarni bajaradi?


A) himoya,hosil qilish;
B) qurilish,transport,energetik,himoya;
C) qurilish,energetik;
D) katalizator,oksidlanish;

4. Qaysi moddadan o'simlik va hayvonlar o'ziga suvni yuqtirmaslik maqsadida foydalanadi?


A) oddiy lipidlar; B) murakkab lipidlar;
C) oqsillar; D) uglevodlar;

5. Biopolimerlar funksiyasiga ko’ra nechta guruhga bo’ladi?


A) 2; B) 3; C) 4; D) 5;

6. Hujayra kimyoviy tarkibini va ularda sodir bo’ladigan kimyoviy jarayonlarni o’rganishga katta hissa qo’shgan o’zbek olimlarni ko’rsating.


A) Yo. To`raqulov, B.Toshmuhamedov;
B) M.Mavlonoy, M.Mirzayev;
C) S.N.Alimuhamedov, V.V.Yaxontov;
D) M.Muzaffarov, S.Asqarov;

7. Lipoproteinlar hujayrada qanday vazifani bajaradi ?


A) oziqlik, energetik;
B) transport, energetik;
C) sintez uchun organik moddalar;
D) qurilish va transport;

8.Disaxaridlar guruhiga mos kelmaydigan moddani toping?


A) fruktoza; B) saxaroza;
C) laktoza; D) maltoza;

9. Kichik molekulali oddiy organik moddalar qanday nomlanadi?


A) polimer; B) monomer;
C) anorganik moddalar; D) nukeotid;

10. Quyidagi birikmalardan qaysi birining monomerlari glyukoza hisoblanmaydi?


1.kraxmal 2.fosfalipd 3.glikogen 4.glikolipid 5.selluloza
A) 2,4; B) 1,2,3;
C) 2,3,5; D) 2,3;

11. Mikroelementlarga kirmaydigan qatorni belgilang.


A) K, B, Mg; B) Zn, Cu, Ca;
C) Co, Cu, F; D) P, S, Fe;

12. Kuchsiz kislata va ishqorlarning anionlari vodarod ionlari hamda gidroksil ionlari bilan bog`lanishi natijasida nimani kuzatish mumkin ?


A) hujayraning ichki ph qiymatini pasayishi;
B) hujayraning ichki ph qiymatini, ortishi;
C) hujayraning ph qiymati deyarli o`zgarmaydi;
D) hujayraning pH qiymati bunga bog`liq emas;

13. Glukoza (a), laktoza (b), sellyulozadir (c), fruktoza (d), maltoza (e) va saxaroza (f) larga mos keluvchi javobni aniqlang.


1. qand lavlagi shakari; 2. uzum shakari;
3. sut shakari; 4. meva shakari; 5. paxta tolasi; 6. don shakari;
A) a-2, b-3, c-5, d-4, e-6, f-1;
B) a-2, b-3, c-5, d-6, e-4, f-1;
C) a-2, b-3, c-5, d-4, e-1, f-6;
D) a-1, b-3, c-5, d-6, e-4, f-2;

14. Hujayraning buferlik xususiyati nimaga bog`liq ?


A) oqsilning miqdoriga;
B) tuzlarning aralashmasiga;
C) barcha biopolimerlar aralashmasiga;
D) suvning miqdoriga;

15. 9-sinf o’quvchisi bir kecha kunduzda necha kj va kkl uglevoddan energiya olishi lozim.


A) 18000 va 1845; B) 1845 va 18000;
C) 1845 va 7920; D) 7920 va 1845;

16. Tirik organizmlarga xos bo’lgan qo’zg’aluvchanlikni amalga oshirishni ta’minlaydigan ionlarni ko’rsating?


A) Fe+2, Ca+2, P; B) OH, HCO3;
C) K+, Na+, Ca2+; D) H2 PO4 , HPO-24;

17. Yog` va uglevod molekulalari oqsildan farq qilib unda… bo`lmaydi?


A) uglevod; B) azot;
C) vodarod; D) fosfor;

18. Monosaxaridlarga nimalar kiradi ?


A) glyukoza, kraxmal, riboza, dezoksiriboza;
B) riboza, glikogen, kraxmal, fruktoza;
C) deozoksiriboza, sellyuloza, kraxmal, glikogen;
D) glyukoza, fruktoza, riboza, dezoksiriboza;

19. Hujayraning 0.02% ini tashkil etishda ishtrok etadigan elementlarni aniqlang?


1. Mg; 2. F2; 3. Cl2; 4. J2; 5. O2; 6. Cu; 7. Ca; 8. K; 9. Zn;
A) 1.3.5.7; B) 8.7.1.5;
C) 9.5.7.3; D) 9.2.6.4;

20. Kraxmal, glikogen, klechatkalarning monomerlarini ko`rsating ?


A) saxaroza, galaktoza, glyukoza;
B) saxaroza, fruktoza, glyukoza;
C) galaktoza, laktoza, fruktoza;
D) glyukoza;

21. 15-16 yoshli bola bir kecha kunduzda iste’mol qilgan ovqati tarkibidagi yog’dan qancha kj energiya hosil bo’ladi.


A) 3890; B) 3501;
C) 3695,5; D) 3306,5;

22. Hujayraning 98 % ni qaysi elementlar tashkil qiladi ?


A) vodorod, kislorod, karbon, azot, suv;
B) suv, kislorod, vodorod, azot;
C) vodorod, kislorod, uglerod, azot;
D) suv, oltingugurt, fosfor, azot;

23. Qaysi qatorda sodda lipidlar to`g`ri keltirilgan ?


A) yog`, mum, moylar;
B) yog`, xolisterin;
C) moy, glyukolipid;
D) mum, yog`, steroid;

24. Kichik molekulali organik moddalar keltirilgan javobni aniqlang.


A) pigmentlar, oqsillar, nukleotidlar;
B) pigmentlar, gormonlar, aminokislotalar, kraxmal;
C) pigmentlar, gormonlar, yog’lar;
D) pigment, shakar, gormon, aminokislotalar;

25. Tish emal hujayralarida suvning miqdori necha %ni tashkil etadi?


A) 15%; B) 10%;
C) 5 – 8%; D) 20%;

26. Qaysi modda hujayra membranasini tarkibiga kiradi ?


A) kraxmal;
B) fosfolipidlar;
C) nuklein kislota va lipidlar;
D) lipidlar va sellyuloza;

27. Qaysi moddalarning 1 grammi parchalanganda 17.6 kj energiya hosil bo`ladi?


1 oqsil 2 suv 3 yog` 4 uglevod 5 lipid
A) 1.2; B) 2.3; C) 3.5; D) 1.4;

28. Suvning fizik va kimyoviy xususiyatlari nima orqali amalga oshiriladi?


a) suv molekulasining kichikligi b) suv molekulasining qutblanishi c) suv molekulasinning bir – biri bilan vodarod bog`lar orqali orqali bog`lanishi
d) erituvchiligi va buferliligi e) buferliligi va molekulyar massasining yirikligi
A) b ,d , e; B) a, c, d;
C) a, b, c; D) c, d, e;

29. Hujayrani energiya bilan ta’minlovchi biomolekulalarni aniqlang?


A) oqsil va lipidlar;
B) uglevod va aminokislotalar;
C) nuklein kislotalar va lipidlar;
D) uglevod va lipidlar;

30. Hujayra tashqarisidagi suyuqlik va qondagi buferlik vazifasini bajaruvchi ionlarni aniqlang.


A) H2 PO4 va H2 PO42-;
B) H2 CO3 va H2 CO-3;
C) K+,Na+,Ca+;
D) H2 O va H+;

31. Hujayra membranasi tarkibida uchraydigan lipidlarni belgilang.


1. fosfolipid 2. lipoprotein 3. organik kislota 4. mum 5. glikolipid 6. murein
A) 1, 2, 4, 6; B) 1, 2, 3, 6;
C) 3, 4, 6; D) 1, 2, 5;

32. To’g’ri fikrni aniqlang.


A) saxaroza bir molekula glukoza bilan bir molekula galaktozadan tashkil topgan;
B) laktoza bir molekula glukoza bilan bir molekula fruktozadan tashkil topgan;
C) uglevodlarning ko’pchilik qismida vodorod atomlari soni kislorod atomlari sonidan ikki baravar ortiq bo’ladi;
D) monosaxarid tarkibida C atomi uchta bolsa –tetroza deb ataladi;

33. Quyidagi kimyoviy elementlarni ularning bajaradigan vazifalarini juftlab bering.


1.Ca 2.Fe 3.Mg 4.Zn 5.Co
a) qonni normal ivishini ta’minlaydi
b) suyak to’qimasini hosil qoladi va unga mustahkamlik beradi c) gazlarni tashiydi
d) biokimyoviy reaksiyalarni tezlashtiradi
f) jinsiy gormonlar faoliyatini oshiradi
j) qon hosil bo’lishida ishtirok etadi va B12 vitamini tarkibida bo’ladi
A) 1-a.c, 2-b 3-d. 4-f 5-j;
B) 1-b 2-c.d 3-a 4-j 5-f;
C) 1-a.b.c 2-d 3-j 4-f 5-c;
D) 1-a.b 2-c 3-d 4-f 5-j;

34. Kraxmalning parchalanishi natijasida nima hosil bo`ladi?


A) aminokislatalar; B) glitsirin;
C) yog`; D) glukoza;

35. Qaysi modda oksidlanganda eng ko`p suv va energiya hosil bo`ladi ?


A) oqsil; B) uglevod;
C) yog`; D) glukoza;

36. Qasi element jinsiy gormonlarning faolligini oshiradi ?


A) Co; B) Fe; C) Zn; D) Mo;

37. Geksoza guruhiga kiruvchi moddalar-…


A) fruktoza, galaktoza;
B) maltoza, saxaroza;
C) riboza, dezoksiriboza;
D) glyukoza, laktoza;

38. Xlorofillda qanday ion bor?


A) kalsiy; B) magniy;
C) temir; D) kaliy;

39. Biopolimerlar qatoriga mansub bo’lmagan qatorni aniqlang.


A) lipidlar; B) oqsillar;
C) uglevodlar; D) nuklein kislotalar;

40. Bir gramm yog’ning to’liq parchalanishini natijasida qancha (kj) energiya ajralib chiqadi?


A) 19,8; B) 38,9; C) 17,6; D) 9,8;



Yüklə 172,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə