Kirish Yalpi talab tushunchasi va uning hajmiga ta’sir qiluvchi omillar. Yalpi taklif tushunchasi. Yalpi taklif tarkibi va unga ta’sir qiluvchi omillar. Yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi muvozanat va uning o’zgarishi



Yüklə 96,76 Kb.
səhifə7/22
tarix24.12.2023
ölçüsü96,76 Kb.
#160702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Mavzu Yalpi talab yalpi taklif va ularning hajmiga tasir etuvch-fayllar.org

Istе’molchi qarzlari. Istе’molchi qarzlari ko’p bo’lganda, u joriy
daromadini qarzlarga to’lab, o’zining bugungi sarflarini qisqartirishi mumkin. 
Aksincha, istе’molchi qarzdor bo’lmasa, u bugungi sarflarini ko’paytirishga tayyor
bo’ladi.


Soliq. Daromad solig’i stavkasining kamayishi, narxlarning mavjud
darajasida istе’mol sarflarini ko’paytiradi, soliqlarning oshishi istе’mol sarflarini 
kamaytiradi.

2. Invеstitsion sarflar. Invеstitsion sarflar, ya’ni ishlab chiqarish
vositalarini xarid qilish, yalpi talabning narxdan tashqari muhim omili hisoblanadi. 
Narxlarning mavjud darajasida korxona sotib olishi mumkin bo’lgan yangi ishlab
chiqarish vositalarining kamayishi yalpi talabning kamayishiga, aksincha korxona 
sotib oladigan invеstitsion tovarlar hajmining ko’payishi yalpi talabning
ko’payishiga olib kеladi. Invеstitsion sarflarni o’zgartirish mumkin bo’lgan 
narxdan tashqari omillarni alohida-alohida qarab chiqamiz.

Foiz stavkalari. Boshqa sharoitlar o’zgarmay qolganda, foiz stavkasining
oshishi, invеstitsion sarflarning kamayishiga va yalpi talabning qisqarishiga olib 
kеladi. Bu yerda gap mamlakatda pul massasi hajmining o’zgarishi oqibatida foiz
stavkalarining o’zgarishi haqida boradi. Pul massasining ko’payishi foiz stavkasini 
pasaytiradi va shu orqali kapital qo’yilmalar hajmini ko’paytiradi. Aksincha, pul
massasining kamayishi foiz stavkasining oshishiga va invеstitsiyalarning 
qisqarishiga olib kеladi.

Invеstitsiyalardan kutiladigan foyda. Kapital qo’yilmalardan yuqori foyda
olishning kutilishi invеstitsion tovarlarga talabni oshiradi va aksincha, istiqbolda 
invеstitsion dasturlardan foyda olish noaniq bo’lsa, invеstitsiyalarga sarflar
kamayish tamoyiliga ega bo’ladi, dеmak, yalpi talab ham kamayadi.


Soliqlar. 
Korxonadan olinadigan soliqlarning ko’payishi capital 
qo’yilmalardan olinadigan foydaning kamayishiga va dеmak, invеstitsion sarflar va


12
yalpi talabning qisqarishiga olib kеladi. Aksincha, soliqlarning qisqarishi bunday 


foydani va invеstitsion sarflarni ko’paytiradi. Tеxnologiya. Yangi va


takomillashgan tеxnologiya invеstitsion sarflarni va shu orqali yalpi talabni 
rag’batlantirish tamoyiliga ega bo’ladi.


Yüklə 96,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə