Kirisii o‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»



Yüklə 48,39 Kb.
tarix27.09.2023
ölçüsü48,39 Kb.
#123935
Сканировать20001


KIRISII


O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi yangi qarorni imzoladi. Bu haqida «O‘zbekiston» telekanali «Axborot» dasturida o‘qib eshittirildi.
Qarorda mamlakatda aholining, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart- sharoitlar yaratilgani, iqtidorli sportchilarni saralab olish va maqsadli tayyorlash ishlarini tizimli tashkil etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilgani, o‘quvchi va talabalar orasida tobora ommalashib borayotgan «Umid nihollari». «Barkamol avlod», «Universiada» sport musobaqalari yoshlarni ommaviy tarzda sportga, sog’lom sport tarziga oshno qilishning samarali vositasiga aylangani ta'kidlangan.
Qarorda aytilishicha, keyingi 5 yilda respublikada jismoniy-tarbiya va sportni rivojlantirish, shuningdek, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun byudjyetdan 1 trln 230 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan.
Shu bilan birga, bugungi kunda aholining barcha qatlamlarini jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan qamrab olish, mamlakatimizning barcha hudualarida jismoniy tarbiya va ommaviy sportning inson va oila hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va ma'naviy sog‘lomlik hamda yetuklikning asosiy shartlaridan biri ekanligini faol targ‘ib etish, yoshlarga o‘z qobiliyat va iste'dodlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ular orasidan sport sohasida alohida iqtidor egalarini saralab olish va maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish kabi masalalar tizimli asosdagi yechimini kutmoqda.
Qator sport muassasalarining moddiy-texnik bazasi zamon talablariga javob bermaydi, sport inshootlaridan samarali foydalanish darajasi pastligicha qolmoqda.
Yüklə 48,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə