Kitob to’g’risida


-qism  Grafik ko’rinishlari va ular bilan ishlash



Yüklə 5,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/32
tarix21.10.2023
ölçüsü5,24 Mb.
#129620
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32
узбекча

6-qism 
Grafik ko’rinishlari va ular bilan ishlash. 
Biz o’tgan qismlarda Fundamental yangiliklar va sesiyalar bilan 
ishlashni birma-bir ko’rib chiqdik. Savdo terminalimizdagi asosiy qism bu 
grafiklar sanaladi. Savdo terminalimizni qayerdan biz olamiz va qanday u 
bilan ishlaymiz keling shuni birma bir ko’rib chiqamiz. 
Global internetda Forexda ishlash uchun biz Brokerimizni tanlashimiz 
kerak. Hozirgi paytada Brokerlik xizmatlari Forexda ishlashda juda ham 
ko’p sanaladi. Ba’zi bir brokerlik xizmatlarda ular har xil turdagi bonuslar 
berishadi, ba’zilaridan esa virtual hisobdan savdolashishda Konkurslar e’lon 
qilishadi. Virtual hisobda konkurslarning oxirida pullik yutuqlar qo’yiladi va 
shu yutqni real pullarda Konkurs bo’lib o’tgan Brokerda ishlashga ruxsat 
beriladi. Ba’zi brokerlar esa pullarni yechib olishda avtomatlashtirishadi. 
Aslini olganda pullarni yechish 24 soat va maksimal 3 kungacha yechishadi, 
biz ishlagan brokerimizga. Treyderlarni ko’paytirish uchun ham Brokerlar 
Partnyor pragrammalarni ishlab chiqarishadi yoki treyder boshqa bir 
treyderni taklif qilsa taklif qilgan treyderga bonuslar beriladi. Xullas 


28 
treyderlarni jalb etish uchun brokerlar turli tuman xizmatlar qo’yishadi 
treyderlar uchun, biz esa treyderlar shu xizmatlardan obdon foydalanamiz. 
Ba’zi insonlar shunchaki treyderlarni jalb etishadida Partyorlik kontrakti 
bo’yicha Forex Brokerga yangi treyderlar o’qitib shu broker firmaga hisob 
ochtirishadi va treyderlar savdoda qatnashishsa spreedning 50 foizini 
olishadi. Bu ham bir brokerlik xizmatiday bo’lib qoladi. Qancha treyderlarni 
jalb etsa partnyor shuncha spreddan kelib tushadi (spred-bu savdoda kirishda 
sotuv va sotib oluvchi narx sanaladi bu real narxdan farq qiladi). 
Biz qaysi brokerni tanlamaylik har bir brokerda o’zini savdo platformasi 
bo’ladi va bu platformada biz savdo qilishimiz uchun qulay programma 
sanaladi. Bunda savdoda qatnashishda, texnik analizlarni bajarishda va 
hisobimizni boshqarishda bu platformadan foydalanamiz. Ba’zi bir 
brokerlarda platforma bo’lmaydi shunchaki web platformalardan 
foydalanishadi. Bunda bizning brauzerimizdan (Internet Explorer, Mozilla, 
Opera, Google Chrome va ko’plab brauzerlar) savdo jarayonini bajarishda 
foydalanamiz. Men bu kitobda savdo jarayonlari va texnik analizlarni 
bajarishda “Meta Trader” platformasidan foydalanaman chunki bu internetni 
yoqmasdan turib ham oxirgi kotirovkalarni ko’rish mumkin va ohistakorona 
texnik analizlarni bajarishda juda ham qulay platformalardan biri sanaladi. 
“Meta Trader” platformasi ko’pgina Brokerlarda bo’ladi. Masalan 
NordForex, Exness, Forexcom, Brocompany, TeleTrade, LiteForex, 
SystemForex,MasterForex, MMCISgroup, Alpari va ko’plab brokerlarda 
“Meta Trader” platforma mavjud. Biz esa shu ro’yxatdan bitta brokerni 
tanlaymiz va uning platformasini internet orqali olamizda o’zimizni 
kompyuterimizga o’rnatamiz. Biz olgan platformaning websahifasidan 
ro’yxatdan o’tamiz. Bizda Treyderlik hisob raqam va maxfiy so’z beradi biz 
hisobimizdan Platformaga kirib savdo jarayonlarni kuzatishimiz va 
qatnashishimiz uchun. 
Keling grafiklar bilan tanishib olaylik. Grafik Bu qaysi bir valyuta 
parasini olmaylik hammasini grafigi mavjud (Rasm-1qarang). Grafiklar 4-5 
xil turga ega bulardan yapon shami, bar grafigi, chiziqli grafik, iks va 
noliklar, gorizontal qizil va yashil chiziqlar va hokazo. Bizning 
Platformamizda faqatgina 3 ta grafiglar mavjud bulardan yapon shami, bar 
grafigi va chizqli grafik. Rasm 6.1 Yapon shami brilgan bizning 
platformamizda vaqt oraliqlari berilgan 1minutdan boshlab to 1 oygacha 
bo’lgan vaqt oralqlari berilgan agarda biz grafikga qarasak Rasm 5.3 bu 
yerda 15 minutlik grafik berilgan va har bitta yapon shami 15 minutga 
tegishli.
 


29 
Rasm- 6.1 
Tasavur qilamiz soat 2.00 O’zbekiston vaqti bilan kunning 
boshlanishi platformamizdagi vaqt oraliqlardan, kunlik, 4 soatlik, 1 
soatlik, 30 minutlik, 15 minutlik, 5 minutlik va 1 minutlik grafiklarda 
yapon shami hosil bo’ladi. Oradan 1 minut o’tdiki 1 minutlik sham 
yangilanadi, 1 soat o’tdimi 1 soatdan boshlab to bir minutlik grafiklarda 
yangi shamlar hosil bo’ladi. Rasm 6.1 ko’rsatilganidek vaqt oralig’ida 
narxning jarayonini yaqqol ko’rsatib berilgan. Masalan Rasm- 6.1 
ko’rsatlgan 1 soatlik grafik deb tasavvur qilaylik, yangi soat boshlandi 
deylik boshlanganidan to oxirigacha bozorni maksimal ko’tarilishi va 
minimal tushishini va soat tugashi bilan qayerga tugashishini bildiradi. 
Shunday qilib qaysi vaqt oraliqni tanlamayli yapon shami shunday 
prinsipda ishlaydi. 
Rasm- 6.2 


30 
Bar grafigi vaqtning qayerdan boshlanishi va qayerdan tugashini 
bilish salgina mushkul agarda grafigimizni kichraytirsak unda faqat 
narxning maksimum va minimumlarni ko’ra olamiz.
Rasm- 6.3 
Chiziqli grafik trendning vaqt oralig’ida maksimal qancha ko’tarilgani 
va minimal qancha tushishini ko’ra olmaymiz. Chiziqli grafik faqatgina 
vaqtning boshlanishi va tugashini ko’rsatib beradi keyingi vaqt 
oralig’ida esa chiziqlar qo’shilib trend jarayonini davom ettiradi. Ba’zi 
hollarda trendning yo’nalishi maksimum va minimum narxlar juda ham 
uzoq boradi mana shuni chiqizqli grafik ko’rsatmaydi. 
Mening fikrimcha grafikni tanlashda Yapon shamini tanlagan 
ma’qul, chunki bu grafigda narxning ochilishi, yopilishi, maksimum va 
minimumlar yaqqol ko’rinarli. Bar grafik ham xuddi shunday ishlaydi 
yapon shami singari lekin vaqtning boshlanishi va tugashi salgina 
qiyinroq. Chiziqli graffik esa maksimum va minimumlar noma’lum. Shu 
uchun men faqatgina yapon shami grafigini ishlatishni tavsiya etaman. 


31 

Yüklə 5,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə