Kodifikatori


Telegram: @Abituriyent | Axborot portali



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/25
tarix14.09.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#121879
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
Telegram: @Abituriyent | Axborot portali


foydalana oladi. Piramidaning yon sirti, to‘la sirti va hajmini hisoblay oladi. Piramida 
yoyilmasi va unga doir masalalarni yecha oladi. Piramidaga ichki va tashqi chizilgan 
sferalarga doir masalalarni yecha oladi. 
Konus, kesik konus, ularning elementlari va kesimlarini biladi. Konus va kesik 
konusning yon sirti va to‘la sirti yuzasini topa oladi. Konus yoyilmasi va uni yasashni 
bajara oladi. Piramidaga ichki va tashqi chizilgan konuslarni tasavvur qila oladi va 
ularga doir masalalarni yecha oladi, konusning hajmini topa oladi. Konusga ichki va 
tashqi chizilgan sferalarga doir masalalarni yecha oladi. 
Sfera, uning elementlari va kesimlari biladi. Sferaning sirti, sferik segment va 
kamarning sirtini topa oladi. Shar, uning elementlari va kesimlarini tasavvur qiladi va 
ularga doir masalalarni yecha oladi. Sharga ichki va tashqi chizilgan ko‘pyoqliklar, 
konuslar va silindrlarga doir bilimlarga ega bo’lib, ularga doir masalalarni yecha 
oladi. Sharning hajmi, shar sigmenti, sektori va qatlamining hajmini topadi. 
Muntazam ko‘pyoqliklar va ularning turlarini biladi. Sharga tashqi chizilgan 
ko‘pyoqlikning hajmini hisoblaydi. Muntazam ko‘pyoqliklarning yoyilmalari, 
kesimlari va ularga doir masalalarni yechadi. 
O‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalar asosida amaliy masalarni yecha oladi.
 
Fazoviy geometrik shakllar (jismlar), ikki yoqli va ko‘pyoqli burchaklar, ko‘p 
yoqliklar, prizma, parallelepiped, to‘g‘ri burchakli parallelepiped, piramida va 
ularning elementlari, ba’zi ko‘p yoqliklarning yon sirti va to‘la sirtini hisoblash 
formulalaridan foydalana oladi.
Kesishuvchi, parallel va ayqash to‘g‘ri chiziqlar, kesishuvchi va parallel 
tekisliklar, fazodagi to‘g‘ri chiziq va tekisliklarning xossalarini biladi va masalarni 
yecha oladi. Ko‘pyoqliklarning kesimlarini va yoyilmalarini biladi, ularga doir 
masalalarni yecha oladi. 
Fazoda ikki to‘g‘ri chiziqning o‘zaro joylashuvi, fazoda tekislik va to‘g‘ri 
chiziqning o‘zaro joylashuvi, fazoda ikki tekislikning o‘zaro joylashuvlarini biladi. 
Parallel to‘g‘ri chiziq va tekisliklarning xossalari, fazoviy jismlarni tekislikda 
tasvirlay oladi va ularga doir masalalarni yecha oladi. 
Fazoda to‘g‘ri chiziq va tekislikning perpendikularligi tushunchalari, perpendiku-
lar to‘g‘ri chiziq va tekisliklarning xossalarini biladi. Perpendikular va og‘maga doir 
misolarni yecha oladi. Fazoda masofalarni aniqlash, nuqtadan to‘g‘ri chiziqqacha va 
tekislikkacha bo‘lgan masofalarni hisoblay oladi, fazoda ortogonal proyeksiyani 
tushunadi va ularga doir masalalarni yecha oladi. 
4.5 
Nuqtaning koordinatalarini aniqlash, vektorlar ustida amallarni bajarish, 
vektorning koordinatalari va uzunligini, vektorlar orasidagi burchakni topishga doir 
masalalarni yechadi. Fazoda dekart koordinatalari, ikki nuqta orasidagi masofa, 
kesma o‘rtasining koordinatalariga doir masalalarni yechadi. 
Fazoda simmetrik almashtirishlar: markaziy va o‘q simmetriya, tabiatda va 
texnikada simmetriya, fazoda harakat va parallel ko‘chish, fazoviy jismlarning 
o‘xshashligi, ikki to‘g‘ri chiziq, to‘g‘ri chiziq va tekislik, ikki tekislik orasidagi 
burchaklarni biladi va ularga doir masalalarni yecha oladi. Ko‘pburchak ortogonal 
proyeksiyasini biladi va ularga doir masalalarni yecha oladi. Fazoda vektorlar va ular 
ustida amallarni bajaradi, vektorlarning skalyar ko‘paytmasi, vektor uzunligi va ikki 
vektor orasidagi burchakni topadi. 


Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə