Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Yüklə 1,91 Mb.
səhifə2/8
tarix29.05.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#113885
1   2   3   4   5   6   7   8
loyiha.docx2 Meliboyev Sanjarbek

I.BOB. Dastur haqida tushuncha
1.1 Eslatma dasturi haqida
"Eslatma" dasturini ishlab chiqish bu loyihada bizning amalga oshiradigan
vazifalarimizdan biri Eslatma dasturi nega kerak va uning qay tarzda foydalanuvchilarga ishlab berishimizdan iborat.Birinchi navbatda bu dastur bizga nega kerak degan savolga javob beradigan bo’lsak Bizga kerakli bo’lgan yo’riqnomalar,vazifalar,qilinishi kerak bo’lgan ishlarning yozma shaklini uzida saqlab turuvchi mobil ilova deb tushinishimiz kerak bo’ladi.Bu mobil ilovani ishlab chiqishda men asosan Android ,Kotlin,Room dasturlash tillaridan foydalandim.
Bu mobil ilovani ishlab chiqshda men asosan uning dasturiy ta’minot sifatiga
javob beradigan holatda yoziladigan algoritm va design qismlarini tekshirib ko’rib ,standart asosida Dasturining kod va design qismlarin to’dirishga harakat qildim.Umumiy manoda gapiradigan bo’lsam bu yaratgan mobil ilovamdan hamma yoshdagi insonlar uzlariga kerakli maqsadda foydalanishlari mumkin bo’ladi.
Turli xil dasturlar yaratishda bazalar bilan ishlash juda qo`l keladi. Bazalar
dastur kodini kamroq, dasturdan ma`lumotni oson qidirib topish uchun kerak bo`ladi. Dasturlarni yaratishda asosan MySQL ,Room, ORACLE, Acsess kabi ma’lumotlar bazalaridan foydalaniladi. Bular orasida ROOM ma’lumotlar bazasi o’zning soddaligi, ishlashga qulayligi va foydalanuvchilarining ko`pligi bilan ajralib
turadi. Shu sababli, men ham dasturimda Room ma’lumotlar bazasidan
foydalanishga harakat qildim.

1.2 Dastur yoziladigan kod tili haqida tushuncha
Internet bilan ishlashni yaxshilash uchun yangi programmalashtiruvchi til
paydo bo'lishi lozim bo'ladi. Java shunday tillardan xisoblanadi. Hozirgi kompyuter industriyasidagi yangi dasturlash tiliga. Tarmoqdagi programmalashtirishning imkoniyatlarini va yana Java ( JDK ) ishlab chiqaruvchi komplektini nusxasini Sun Microsystems (Java ni ishlab chiqargan firma ) firmasi tomonidan yuklab olishini o'rganish mumkin bo’ladi. Bu dasturni o'rgangandan keyin quyidagi asosiy kalit konseptsiyalarni bilish kerak bo'ladi:
* Java – bu dasturlash tildir, qaysini dasturchilarni avtanom dastur va brovzer bilan ishlovchi appletlarni tuzish mumkin.
* Avtanom dastur brovzer orqali ishlamaydi.
*Applet brauzer orqali ishlaydi.
* Appletlar kompyuter turiga qaramaydi, bu shuni ko'rsatadiki bir applet har xil turdagi Windows95, Macintosh yoki UNIX tizimlarida bir xilda ishlaydi.
* Java ning boshqa dasturlash tillaridan farqi shundaki, u aniq bir protsessor uchun kompilyatsiya qilmay, vertual mashina uchun kod xosil qiladi. Bu kodni brouzer aniq bir protsessor uchun binar kodga aylantiradi.
* Siz Java qayta ishlovchi komplekti Sun Microsystem firmasiningWeb tarmog’idan http://java.sun.com manzil orqali bepul yuklab olishingiz mumkin.
* Hot Java – bu brouzer bo'lib, Java dasturlash tilida yozilgan.
Endi kotlinga keladigan bo’lsak asosiy qismi java ustiga qurilgan desak ham
bo’laveradi. Kotlin statik tipdagi dasturlash tili. Kotlin JetBrains tomonidan ishlab chiqilgan. Kotlin Java Virtual Mashina(JVM)da ishlaydi. Agar siz Java haqida boshlangʼich bilimga ega bo'lsangiz, siz hech qachon Kotlin dasturlash tilini oʼrganishda qiynalmaysiz. 2011-yil iyul oyida JetBrains bir yil davomida ishlab chiqilgan JVM uchun yangi til bo'lgan "Kotlin" loyihasini taqdim etdi. JetBrains rahbari Dmitriy Jemerovning so'zlariga ko'ra, Scaladan tashqari ko'pgina tillar ular qidirayotgan xususiyatlarga ega emas. Biroq, u Scalaning sekin kompilyatsiya vaqtini kamchilik deb ta'kidladi. Kotlinning maqsadlaridan biri Java kabi tezroq kompilyatsiya qilishdir. 2012-yil fevral oyida JetBrains loyihani Apache 2 litsenziyasi asosida ochdi. Kotlin nomi Sankt-Peterburg yaqinidagi Kotlin oroli nomiga qoʼyilgan. Andrey Breslav(Kotlin loyihasi rahbari)ning ta'kidlashicha, guruh xuddi Java kabi bir orolga nom berishga qaror qilgan. Java nomi Indoneziyaning Java orolining nomi bilan atalgan. (Garchi Java dasturlash tili ehtimol qahvaga berilgan bo'lsa). JetBrains yangi til IntelliJ IDEA sotuvlariga turtki beradi deb umid qilmoqda.Kotlin v1.0 2016-yil 15-fevralda chiqarildi. Bu birinchi rasmiy ravishda barqaror chiqarilgan deb hisoblanadi. Kotlin v1.2 2017 yil 28-noyabr kuni chiqarildi. Kodni JVM va Javascript platformalari o'rtasida almashish xususiyati ushbu nashrga yangi qo'shildi. Kotlinni 2017 yil 1-mart kuni v1.1 versiyasi chiqdi. Kotlin v1.3 2018-yil 29-oktabrda chiqarildi. Bunda asinxron dasturlash uchun koroutinlar(coroutines)ni kiritishdi. Andrey Breslavning ta'kidlashicha, Kotlin dasturlash tili Java-dan ko'ra "yaxshiroq til" sifatida ishlab chiqilgan, ammo baribir Java kodi bilan to'liq ishlay oladi va bu kompaniyalarga Java-dan Kotlin-ga bosqichma-bosqich o'tishga imkon beradi. Nuqtali vergullar ixtiyoriy. Kotlindagi o'zgaruvchilar faqat o'qish uchun, val va var kalit so'z bilan e'lon qilinadigan o'zgaruvchan bo'lishi mumkin. Ob'ektga yo'naltirilgan dasturlashning sinflari va funksiyalariga qo'shimcha ravishda, Kotlin funktsiyalardan foydalangan holda protsedurali dasturlashni qo'llab-quvvatlaydi. Kotlinda Operator overloading, Lambda expressions, string templates va boshqalar juda katta xususiyatlarni taqdim etadi. Boshida aytib o'tganimdek, Kotlin - bu statik tipdagi dasturlash tili bo'lib, kompilyatsiya vaqtida xatolarni oldini olish imkoniyatini yaratadi, chunki kompilyatsiya vaqtida tipik turini tekshiradi. Kotlin - bu serverga asoslangan dasturlarni ishlab chiqish uchun juda mos keladi, bu sizga Java-ga asoslangan texnologiya to'liq moslikni saqlab, qisqa va ifodali kod yozishga imkon beradi: џ Kotlinning koroutinlarni qo'llab-quvvatlashi, (kichik )apparat talablariga ega bo'lgan mijozlarning katta sonini qamrab oladigan server-ilovalarni yaratishga yordam beradi. џ Kotlin Java-ga asoslangan barcha frameworklar bilan to'liq mos keladi, bu sizga zamonaviy texnologiyalarning afzalliklarini yig'ishda va sizga tanish bo'lgan texnologiya to'plamida qolish imkoniyatini beradi. џ Java dasturchisi uchun Kotlin-dan boshlash juda oson. Kotlin plaginiga kiritilgan avtomatik Java-dan Kotlin konvertori birinchi bosqichlarda yordam beradi.
Kotlin katta kod bazalarini Java-dan Kotlin-ga bosqichma-bosqich ko'chirish
ni qo'llab quvvatlaydi. Java-da tizimning eski qismlarini saqlash paytida siz Kotlin-da yangi kod yozishni boshlashingiz mumkin.



Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə