Kommutatsiya va marshrutizatsiya


ICMPning yangi qoidasini o‘chirib qo‘yish va yo‘qotish



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə38/40
tarix24.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#160607
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
kkkkk

ICMPning yangi qoidasini o‘chirib qo‘yish va yo‘qotish
Laboratoriya ishi yakunlangandan keyin yangi qoidani o‘chirish yoki o‘chirib qo‘yish kerak.
«Dopolnitelьnыe nastroyki bezopasnosti» oynasining chap qismida «Pravila dlya vxodyaщix podklyucheniy» ni tanlang.

15.29 – rasm. «Pravila dlya vxodyaщix podklyucheniy» oynasi

    1. Qoidani o‘chirib qo‘yish uchun «Otklyuchitь pravilo varianti»ni tanlang. SHundan so‘ng u «Vklyuchitь pravilo varianti»ga o‘tadi. Qoidani o‘chirib qo‘yish va ishga tushirish mumkin. Qoidani xolati kiruvchi ulanishlar uchun qoidalar ro‘yxati ustunida «Vklyucheno» ko‘rinadi.


15.30 – rasm. Qoidani o‘chirish oynasi





    1. ICMP qoidasini butunlay o‘chirish uchun «Udalitь» varianti tanlanadi. SHundan so‘ng ICMP so‘rovlariga ruxsat berish uchun bu qoidani yana yaratish kerak.




15.31 – rasm. «Udalitь» tugmasi




Nazorat savollari



  1. Tarmoq trafigini taxlil qilishdan maqsad?

  2. Qanday analizator turlari mavjud?

  3. Qaysi protokollarni taxlil qilish mumkin?

  4. «Brandmauer Windows» oynasi nima sababdan sozlanadi?

  5. Broadcast xabarlarini tekshirish mumkinmi?

  6. Ethernet kadrini tushuntirib bering.



16 – laboratoriya ishi.
Tarmoq monitoringini DUDE dasturi yordamida tashkil etish


Ishdan maqsad
Ma’lumot uzatish tarmoqlarida qo‘llaniluvchi qurilmalarning xolatini aniqlash, trafikni taxlil qilish va tarmoq boshqaruvini nazorat qilish usullarini o‘rganish.


Qisqacha nazariy ma’lumotlar
Tizimning xolatini monitoring qilish qoidaga asosan bir nechta ishchi stansiyalar va serverlar tomonidan amalga oshiriladi. Monitoringni olib boruvchi tizim NMS tarmoqni boshqaruvchi stansiya deb aytiladi. DUDE aktiv va passiv monitoringni ishlatishi mumkin.
Monitoring ikki turga bo‘linadi: aktiv va passiv. Aktiv monitoring qurilmalarning hozirgi xolatini tekshirish, qurilmalarga kira olishni aniqlash maqsadida qisqa davriy so‘rovlarni jo‘natish tushuniladi. Masalan: protsessorni yuklanish foizi, temperaturasi va boshqalar.
Passiv monitoring – qurilmalardan, ularda bo‘ladigan hodisalar to‘g‘risidagi xabarlarni kutish tushuniladi. Odatda bunday xabarlar qurilmalar tomonidan Syslog yoki SNMP protokollari yordamida uzatiladi.
DUDE SNMP ni qo‘llab - quvvatlaydi. DUDE da Syslog xabarini ishlashi yaxshi ishlab chiqilgan.
Aktiv monitoringni qo‘llab - quvvatlovchi so‘rov turlari va axborotlarni taqdim etish quyidagilardan iborat:

  • tarmoqni avtomatik skanerlash va haritada ko‘rsatish;

  • qurilmani turini aniqlash va ishlab chiqaruvchini ko‘rsatish;

  • qurilmalar va ularning o‘rtasida aloqani monitoring qilish va uzilishlar to‘g‘risida xabar berish;

  • qurilmalarni grafik ko‘rinishda ko‘rsatish;

  • oddiy o‘rnatish va foydalanish;

  • nostandart qurilmalarni qo‘shish;

  • SNMP, ICMP, DNS, UDP va TSR protokollarini qo‘llab – quvvatlovchi qurilmalar o‘rtasidagi aloqani ishlashini grafikda ko‘rsatish mumkin;

  • uzoqdagi qurilmani boshqarishni konsol yordamida to‘g‘ridan to‘g‘ri ishga tushirish mumkin;

  • Linux, FreeBSD, MacOS, Windowsda ishlaydi.

DUDE SNMP protokolini yaxshi qo‘llab – quvvatlagani uchun qurilmalardan SNMP javoblarini qabul qilish va qayta ishlash orqali murakkab va sifatli monitoring qilish mumkin.
Dasturni o‘rnatishdan oldin fizik serverni qaerda joylashishini bilish lozim. Bunday serverlar bir nechta bo‘lishi mumkin. NMS ayrim konfiguratsiyalar uchun ishchi stansilar (kompyuterlar)ga o‘rnatish mumkin.
Agar tarmoqni doim monitoring qilish kerak bo‘lsa, bunday xolat uchun o‘chirilmaydigan serverlar tanlanadi.
DUDE dasturi uchun minimal talablar: protsessor Intel Pentium III, takt chastotasi 800 MGs va operativ xotira 256 Mbayt FreeBSD boshqaruvi ostida 50 tagacha tarmoq qurilmalari va serverlarni monitoring qila oladi. Klient va serverlar bir xil versiyada bo‘lishi lozim.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə