Kompyuter injineringi



Yüklə 95,93 Kb.
səhifə12/14
tarix19.10.2023
ölçüsü95,93 Kb.
#128178
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
AXBOROT SOHASIDA MILLIY XAVFSIZLIK {Axmatova Feruza} (1)



    1. Axborot xavfsizligi sohasida milliy xavfsizlikni ta`minlashda milliy g`oyaning ustivorligi.


О’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlab о’tganidek, «Jamiyatni ma’naviy yangilashdan bosh maqsad – yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq erkinligi va farovonligiga erishish va komil insonni tarbiyalash, ijtimoiy hamkorlik va millatlar aro totuvlik, diniy bag’rikenglik kabi kо’p muhim masalalardan iborat».
Bu ulkan vazifalarni ma’naviyatimizni milliylik asosida boyitib borsakkina amalga oshirishimiz mumkin bо’ladi. Islom Karimov о’z asarida mamlakatimizda milliy ma’naviyatni tiklash va rivojlantirish davlat siyosatida ustivor vazifa ekanligiga e’tiborni qaratib quyidagi konseptual g’oyani ilgari suradi. U shunday yozadi: «Oldin odamlarga moddiy boylik berish, sо’ngra ma’naviyat tо’g’risida о’ylash kerak deydiganlar haq bо’lmasa kerak. Ma’naviyat – insonning, xalqning, jamiyat, davlatning kuch-qudratidir. U yо’q joyda hech qachon baxt-saodat bо’lmaydi...» Bugungi kunda nafaqat О’zbekistondagi yoshlar ongida ma‘naviy bо’shliq vujudga kelmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog’lom hayot tarzi, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg’usini bolalik paytidan boshlab shakllantirishimiz zarur. O’zbekiston Respublikasining axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda, milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan. Ta’kidlash joizki, milliy axborot tizimiga davlat organlari, shuningdek, yuridik hamda jismoniy shaxslar, tarmoq va hududiy axborot tizimlari kiradi. Axborot tizimi esa axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalaridir. Axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki, ma‘lumotlar bazasi axborot resurslarini tashkil etadi.

Yüklə 95,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə