Kompyuter injineringi


Sertifikatlashtirish subyektlari



Yüklə 95,93 Kb.
səhifə11/14
tarix19.10.2023
ölçüsü95,93 Kb.
#128178
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
AXBOROT SOHASIDA MILLIY XAVFSIZLIK {Axmatova Feruza} (1)

Sertifikatlashtirish subyektlari — yuridik shaxslar SMT doirasida sertifikatlashtirish tizimlari tuzishlari mumkin. Yuridik shaxslarning sertifikatlashtirish tizimlari «O’zstandart» agentligi belgilagan tartibda davlat ro’yxatidan o’tkazilishi shart. O’zbekiston Respublikasi hududida majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo’lgan mahsulotlar nomlari (jumladan, axborotni muhofaza qilishning texnik va kriptografik vositalari) «Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo’lgan mahsulot turlari ro’yxati» da (O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-may 90-sonli va 2011-yil 28- aprel 122-sonli qarorlari) keltirilgan. Axborot xavfsizligi sohasida mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi. Hozirgi kunning asosiy masalalaridan biri bo’lib kompyuter jinoyatchiligi va kiberterrorchilikka qarshi kurash hisoblanadi. Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatchilik spektri nihoyatda keng, u internet-firibgarlikdan tortib to bolalar pornografiyasi va elektron-josuslik (ayg’oqchilik) hamda terrorlik aktlarga tayyorgarlik kabi potensial xavfli harakatlarni o’z ichiga oladi. To’g’ri tanlangan milliy kadrlarni tayyorlash siyosati orqali axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarning o’sishiga jiddiy to’sqinlik yaratish mumkin.
Mutaxassislarni tayyorlash masalasi, ayniqsa juda dolzarb hisoblanadi. Chunki hozirgi kunda kompyuter tarmoqlarini buzishni va boshqa kiberjinoyatlarni amalga oshirishni o’rganish bo’yicha axborotga ega bo’lish juda oson. Kompyuter jinoyatchiligini sodir etish texnologiyasi keltirilgan bosma va elektron nashrlar erkin tarqatiladi (misol sifatida «Xaker» va «Spetsxaker» jurnallarini keltirish mumkin). Hozirgi kunda ixtiyoriy o’spirin axborot tizimlariga hujum qilishning elementar usullarini o’rgatuvchi kitobni sotib olishi yoki biror saytdan ko’chirib olishi mumkin. Kitobda bayon etilgan usullarni o’zlashtirgan bunday o’spirin kompyuter tizimlari xavfsizligiga tahdid soluvchiga aylanishi mumkin. Internetda kompyuter buzg’unchiligini o’rgatuvchi ko’plab saytlar mavjud. Internet tarmog’ida kompyuter jinoyatchiligini sodir etish bo’yicha malaka almashishga imkon beruvchi forumlar, virtual konferensiyalar o’tkaziladi. Shunday qilib, kompyuter jinoyatchilari o’z malakasini oshirish ustida faol ish olib borishadi, o’z qatoriga o’sayotgan avlodlarni jalb qilib, ularni o’qitishadi. Bularning barchasi deyarli legal ravishda amalga oshirilmoqda. Bu holatlar dolzarb va muhim bo’lgan yana bir masalani yechishni – jinoyat olamiga yoshlarning kirishiga qarshi kurashish va yoshlar orasida tarbiyaviy ishlarni olib borishning samarali usullarini yaratish zarurligini yana bir bor tasdiqlaydi. Kompyuter jinoyatchiligini sodir etishga qarshi immunitetni hosil qiluvchi yuqori odob-axloqni shakllantirish bilan uyg’unlashgan zamonaviy axborot texnologiyalarini o’rgatuvchi ta’lim-tarbiyaning usullarini yaratish ta’limning eng muhim masalalaridan biri hisoblanadi.
Hozirgi zamon talablarini inobatga olgan holda axborot xavfsizligi sohasida kadrlar tayyorlashning asosiy prinsiplarini quyidagicha ifodalash mumkin:
Huquqni muhofaza qiluvchi organlarda va sudlarda kompyuter sohasidagi jinoyatchilikka qarshi kurashish bo’yicha mutaxassislarni tayyorlash lozim. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2002-yil 7-noyabrdagi ― Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faoliyatini tashkil etish to’g’risidagi 385–sonli qaroriga muvofiq bu universitet Respublikaning aloqa va axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va mutaxassislar malakasini oshirish bo’yicha bazaviy oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 24-martdagi ― Toshkent shahrida Inxa universitetini tashkil etish to’g’risida‖gi PQ-2155-sonli qaroriga asosan xalqaro standartlar darajasidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni yanada takomillashtirish, shuningdek ilg’or xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida Toshkent shahrida Inxa Universiteti tashkil etildi.



Yüklə 95,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə