Kompyuter injineringi



Yüklə 95,93 Kb.
səhifə8/14
tarix19.10.2023
ölçüsü95,93 Kb.
#128178
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
AXBOROT SOHASIDA MILLIY XAVFSIZLIK {Axmatova Feruza} (1)

Qonunchilik. Axborot himoyasi sohasida yuridik va jismoniy shaxslarning, shuningdek davlatning huquq va majburiyatlarini qat‘iy belgilovchi qonuniy aktlardan foydalanish.

  • Manaviy-etik. Ob‘ektda qat’iy belgilangan o’zini tutish qoidalarining buzilishi ko’pchilik xodimlar tomonidan keskin salbiy baholanishi joriy etilgan muhitni hosil qilish va qo’llab quvvatlash.

  • Jismoniy. Himoyalangan axborotga begona shaxslarning kirishini taqiqlovchi jismoniy to’siqlar yaratish.

  • Mamuriy. Tegishli maxfiylik rejimi, kirish va ichki rejimlarni tashkil etish.

  • Texnik. Axborotni muhofaza qilish uchun elektron va boshqa uskunalardan foydalanish.

  • Kriptografik. Ishlov berilayotgan va uzatilayotgan axborotlarga noqonuniy kirishni oldini oluvchi shifrlash va kodlashni tatbiq etish.

  • Dasturiy. Foydalana olishlilikni chegaralash uchun dastur vositalarini qo’llash. Fizik, apparatli, dasturli va hujjatli vositalarni o’z ichiga oluvchi barcha axborot tashuvchilarga kompleks holda himoya ob’ekti sifatida qaraladi. Odatda, so’nggi vaqtlarda axborotdan foydalanish, saqlash, uzatish va qayta ishlashda turli ko’rinishdagi axborot tizimlarida amalga oshirilmoqda.

    Huquqiy himoya – axborotni himoyalash bo’yicha subyektlarning munosabatlarini tartibga soluvchi, amalda joriy etuvchi hamda ularning bajarilishini nazorat qiluvchi qonunchilik va normativ-xuquqiy hujjatlar asosida axborotni huquqiy usullar bilan himoyalashdir. Axborotni huquqiy himoyalash choralariga O’zbekiston Respublikasining mazkur sohadagi qonunlari, Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar kiradi. Axborotga murojaat qilish qoidalari, axborot munosabati qatnashchilari, ularning huquqlari va majburiyatlari, shuningdek, qonunchilik talablari buzilgan hollarda javobgarlik qonunchilik darajasida ko’rib chiqiladi va tartibga solinadi.
    Axborot xavfsizligi sohasida mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi hozirgi kunning asosiy masalalaridan biri bo’lib kompyuter jinoyatchiligi va kiberterrorchilikka qarshi kurash hisoblanadi. Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatchilik spektri nihoyatda keng, u internet firibgarlikdan tortib to bolalar pornografiyasi va elektron josuslik (ayg’oqchilik), hamda terrorlik aktlarga tayyorgarlik kabi potensial xavfli harakatlarni o’z ichiga oladi. To’g’ri tanlangan milliy kadrlarni tayyorlash siyosati orqali axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarning o’sishiga jiddiy to’sqinlik yaratish mumkin. Mutaxassislarni tayyorlash masalasi, ayniqsa juda dolzarb hisoblanadi. Chunki hozirgi kunda kompyuter tarmoqlarini buzishni va boshqa kiberjinoyatlarni amalga oshirishni o’rganish bo’yicha axborotga ega bo’lish juda oson. Kompyuter jinoyatchiligini sodir etish texnologiyasi keltirilgan bosma nashrlar erkin tarqatiladi (misol uchun yoshlar orasida ommalashgan «Xaker» va «Spetsxaker» jurnallarini keltirish mumkin). Hozirgi kunda ixtiyoriy o’spirin arzimagan pulga axborot tizimlariga hujum qilishning elementar usullarini o’rgatuvchi kitobni sotib olishi mumkin. Kitobda bayon etilgan usullarni o’zlashtirgan bunday o’spirin kompyuter tizimlari xavfsizligiga tahdid soluvchiga aylanishi mumkin.
    Internetda kompyuter buzg’unchiligini o’rgatuvchi ko’plab saytlar mavjud. Internet tarmog’ida kompyuter jinoyatchiligini sodir etish bo’yicha malaka almashishga imkon beruvchi forumlar, virtual konferensiyalar o’tkaziladi. Shunday qilib, kompyuter jinoyatchilari o’z malakasini oshirish ustida faol ish olib borishadi, o’z qatoriga o’sayotgan avlodlarni jalb qilib, ularni o’qitishadi. Bularning barchasi deyarli legal (ochiq) ravishda amalga oshirilmoqda. Bu holatlar dolzarb va muhim bo‗lgan yana bir masalani yechishni – jinoyat olamiga yoshlarning kirishiga qarshi kurashish va yoshlar orasida tarbiyaviy ishlarni olib borishning samarali usullarini yaratish zarurligini yana bir bor tasdiqlaydi. Kompyuter jinoyatchiligini sodir etishga qarshi immunitetni hosil qiluvchi yuqori axloq-odobni shakllantirish bilan uyg’unlashgan zamonaviy axborot texnologiyalarini o’rgatuvchi ta’lim-tarbiyaning usullarini yaratish ta‘limning eng muhim masalalaridan biri hisoblanadi.
    Hozirgi zamon talablarini inobatga olgan holda axborot xavfsizligi sohasida kadrlar tayyorlashning asosiy prinsiplarini quyidagicha ifodalash mumkin:
    - nazariy bilimlar darajasi xalqaro darajaga yaqinlashishi kerak mahalliy sharoitlarda ish yuritishning amaliy ko‗nikmalarini olishga yo‗naltirish kerak;
    - asosiy e‘tibor xavfsizlikni ta‘minlash masalalariga qaratilishi kerak.
    Axborot xavfsizligi borasida O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi maxsus markazlar – «Elektron hukumat tizimini rivojlantirish markazi» hamda
    «Axborot xavfsizligini ta‘minlash markazi» ni tashkil etish belgilangan. Ushbu qaror bilan, «Elektron hukumat tizimini rivojlantirish» hamda «Axborot xavfsizligini ta‘minlash markazi»ning tuzilmasi va faoliyati tartibini belgilovchi Nizom qabul qilingan. «Axborot xavfsizligini ta‘minlash markazi»ning asosiy vazifalari biri etib qonun buzuvchilarni tahlil qilish, identifikatsiyalashda, axborotlar makonidagi ruxsatsiz yoxud buzuvchi harakatlarni amalga oshirishda foydalaniladigan metodlar va vositalarni tahlil qilishda huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik qilish belgilangan. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2015-yil 4-fevraldagi farmoniga asosan «O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi» tashkil etildi. Mazkur farmon bilan yurtimizda axborot xavfsizligini ta’minlash va kommunikatsiya tarmoqlari, dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va resurslarini
    himoya qilishning zamonaviy texnologiyalarini tatbiq etish chora-tadbirlarini
    amalga oshirish, axborot resurslarini himoya qilish bo’yicha texnik infratuzilmani
    yanada rivojlantirish kabi masalalar ushbu vazirlikning asosiy vazifalari hamda faoliyat yo’nalishlari sifatida belgilab qo’yildi. Bugungi kunda mamlakatimizda axborot xavfsizligi sohasida yagona konseptual hujjatni yaratish zamon talabidir. Bunday hujjat axborot xavfsizligi sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo’yicha ishlarni, ushbu sohada yagona standartni ishlab chiqish va joriy etish faoliyatini yo’naltirishga, shuningdek, mazkur sohada kadrlar siyosatini rivojlantirishning zaruriy choralarini aniqlashga imkon yaratadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 16-sentyabrdagi 250- sonli qarori bilan, O’zbekistonda elektron hukumat tizimini yanada rivojlantirish maqsadida, maxsus markazlar – «Elektron hukumat tizimini rivojlantirish markazi» hamda «Axborot xavfsizligini ta‘minlash markazi»ni tashkil etish belgilangan. Ushbu qaror bilan, «Elektron hukumat tizimini rivojlantirish» hamda
    «Axborot xavfsizligini ta‘minlash markazi»ning tuzilmasi va faoliyati tartibini belgilovchi Nizom qabul qilingan.







    Yüklə 95,93 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə