Ўзбекистон республикаси жисмоний тарбия ва спорт вазирлиги



Yüklə 147 Kb.
səhifə1/7
tarix17.12.2023
ölçüsü147 Kb.
#149886
  1   2   3   4   5   6   7
Халқ ўйинлари МАҚОЛА




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI JISMONIY TARBIYA VA SPORT VAZIRLIGI XUZURIDAGI
JISMONIY TARBIYA VA SPORT BOʻYICHA MUTAXASSISLARNI ILMIY-METODIK TAʼMINLASH, QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH MARKAZI
FARGʻONA FILIALI

SPORT FANLARI”


KAFEDRASI
OʻZBEK XALQ OʻYINLARI MEHNAT BILAN BOGʻLIQ EKIN EKISH BOLALAR FOLKLOR OʻYINI
(USLUBIY KOʻRSATMA )

Fargʻona 2021-yil

Muallif: Q.Nazirov Sport fanlari kafedrasi mudiri

Taqrizchilar:
A.Xasanov FDU sport oʻyinlari kafedrasi dotsenti

Markazning Fargʻona filiali 2021-yil 1-sonli pedagogik kengashida muhokama qilingan hamda Markazning Ilmiy kengashiga muhokamaga taqdim etilgan.


Kirish
Yangi insonni tarbiyalashning murakkab va koʻp qirrali muammosining muhim yoʻnalishi har bir kishida oʻz sogʻligʻi toʻgʻrisida oʻzi qaygʻurish madaniyatini singdirishdir. Uni tarkib toptirish uchun oila, maktabgacha taʼlim muassasalari, umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi tizimi, mahalla, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport tizimlarining xodimlari butun kuch-quvvatini, gʻayratini ishga solib, bolaning ongiga maktabgacha yoshlikdan jismoniy tarbiyaga boʻlgan muhabbatini singdirib borishlari darkor. Hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqarish tizimini takomillashtirish, ommaviy sportni rivojlantirish, iqtidorli sportchilarni tanlash va tarbiyalash, sohani malakali kadrlar bilan mustahkamlash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bolalarni mehnatsevarlik va jamiyat oldida oʻz burchini his qilish ruhida tarbiyalash hozirgi kunning eng muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Bolada mehnatga nisbatan muhabbat uygʻotish, uyushqoqlik, ishchanlik va boshlagan ishni oxiriga yetkaza bilish xususiyatini tarbiyalash kerak. Buning uchun tarbiyaning barcha vositalaridan, jumladan bolalarning interfaol oʻyinlaridan foydalanish ayni muddaodir.
Oʻyinlar hayotdagi toʻsiqlarni yengish hamda har xil xislat va qobiliyatlarni roʻyobga chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan jismoniy mashqlarning turli kompleksini oʻz ichiga oladi. Bundan tashqari, odatda, bolalar sevib oʻynaydigan, ularga quvonch baxsh etadigan musobaqa elementlari ham harakatli oʻyinlarga kiradi.
Maʼlumki, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning oʻyinlari taqlid qilish tabiatida boʻladi. Bola tevarak atrofidagi borliqni kuzatadi, undagi baʼzi narsalarni oʻyiniga kiritadi va shu oʻyin vositasida oʻzini qurshab turgan olamni bilib oladi, binobarin, unda turmush hodisalariga nisbatan muayyan munosabat paydo boʻladi.
Bayon etilayotgan oʻyinlar, chunonchi yurish, yugurish, sakrash, irgʻitish yoki uloqtirish, tirmashib chiqish kabi mashqlar bola harakatlarini rivojlantirish va takomillashtirishda katta ahamiyatga ega boʻladi. Harakatlarning takomillashishi bilan birga, jismoniy qobiliyat ham taraqqiy eta boradi, yurak va nafas sistemasining faoliyati yaxshilanadi,
Bundan tashqari, oʻyinlar bolalarning jismoniy barkamol boʻlishi uchungina emas, balki aqliy va axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun muhim ahamiyatga ega. Koʻplashib oʻynaladigan oʻyinlarda bolalar maqsadga erishish uchun farosatini va tadbirkorligi, qatʼiyatini koʻrsatishi, jamoat oldida faqat oʻzining emas, balki oʻrtoqlarining xatti-harakatlari uchun ham javobgarlik hissini sezadigan boʻlishi kerak.
Mazkur toʻplamdan bolalar bogʻchalari tarbiyachilari, boshlangʻich sinf oʻqituvchilari foydalanishi mumkin.
Antonim soʻzlar”
Bu oʻyin katta va tayyorlov guruhlarda oʻtkazilishi mumkin. Oʻyin mashgʻulot bolalarning mantiqiy tafakkurining rivojlanishiga samarai yordam beradi degan umiddamiz. Oʻyin induvidual, guruh bilan ham oʻtkazilsa ham boʻladi.
Oʻyin sharti qoʻyidagicha:
Tarbiyachi bolaga bir soʻzni aytadi, bola esa shu soʻzning qarama-qarshi maʼno anglatuvchisini topadi. Masalan: katta-kichik, issiq-sovuq, qattiq-yumshoq, uzoq-yaqin va xokazolar.
Odatda bollar oʻyin boshida bir oz qiynaladilar, aytilgan soʻzga javoban, antonim emas sinonim soʻzlar bilan javob beradilar. Ammo oʻyinning mohiyatini tushunib olganlaridan soʻng abstrakt tushunchalarni ham osonlik ilan anglaydilar, hamda tezlik bilan javob berishga xarakat qiladilar.masalan: chaqqoon-yalqov, ishchan-dangasa, odobli-odobsiz va xokazolar.
Avval nima boʻlgan edi”
Bu oʻyin shartiga koʻra bolalar tarbiyachi tomonidan aytilgan narsaning avval nima boʻlganini aytishlari kerak. Masalan: joʻja-tuxum, ot – toychoq, kapalak – qurt kabilar. Bundan tashqari bittadan koʻp maʼnoga ega boʻlgan soʻzlardan ham foydalanish mumkin. Masalan: non – un – bugʻdoy, uy – gʻisht – loy, stol – yogʻoch – daraxt – urugʻ, koʻylak – mato – ip – paxta – chigit tarzida oʻyin davom etaveradi.
Quyosh va yomgʻir”
Bu oʻyin quyidagi tartibda olib boriladi. Tarbiyachi hozir sizlar bilan sayrga chiqamiz — deydi. Ob – havo yahshi, quyosh charaqlab turibdi. Men doira chalaman. Sizlar doira sadosida gullab terib sayr qilasiz. Agar yomgʻir yogʻa boshlasa men doirani cherta boshlayman. Sizlar esa doiraning taqillashini eshitib uylaringizga yugirishingiz kerak.
Top nima qichqiryapti”
Bu oʻyinda tarbiyachi sigir , kuchik, mushik, qoʻy va hakozalarning oʻyinchoqlarini bittadan koʻrsatadi va ovoziga taqlid qiladi. Boshqa xonaning eshigini qiya ochib qoʻyib yoki kichkina uycha ichidan bolaga bironta hayvon ovoziga taqlid qilish taklif etiladi.Boshqa bolalar qaysi hayvon ovozi ekanligini topadilar.
Shoshildingiz –kuldirdingiz” ertagi
Bu ertakni tarbiyachi oʻqib beradi va ovozlarga taqlid qiladi. Qurbaqa ayiqning uyi oldiga sakrab kelibdi. Derazaning tagida turib:”vaq-vaq-vaq siznikiga mehmon boʻlib keldik” debdi soʻngra sichqon “Pi-pi-pi” sizning somsalaringiz juda mazali deyishyapti debdi . Shu vaqt tovuq “Qo-qo-qo ushoqlar sochilgan sen borib choʻqib yechi deyishyapti”.Tovuqdan soʻng gʻoz kelibdi “Gʻoq-gʻoq-gʻoq noʻhatingizdan choʻqib yesam degan edim “.Shunda ayiq boshini derazadan chaqirib “R-r-r-r-r-r” deydi. Buni eshitib hayvonlar qoʻrqqanlaridan qochib qolishibdi. Ayiq nima demoqchi ekanligini oxirigacha eshitishlari kerak edi. Ayiq esa bunday demoqchi ekan.”R-r-r” mehmonlardan juda hursandman marhamat kiringlar. Tarbiyachi ertakdagi qatnashuvchilarni aytib berish davomida Flonelografda koʻrsatib borish kerak.
Qayerda chalishdi?”
Bu oʻyin quyidagi tartibda oʻtkaziladi. Bolalar aylana shaklida oʻtirishadi. Tarbiyachi oʻyin boshlovchi tanlaydi. Boshlovchi oʻrtada. Boshlovchi tarbiyachining signali bilan koʻzini yumadi. Bolalardan bittasi qoʻngʻiroqni chaladi. Boshlovchi koʻzini ochmasdan qoʻngʻiroq ovozi kelayotgan tomonni qoʻli bilan koʻrsatadi.
Toʻgʻri topsa tarbiyachi “boʻldi” deb aytadi bola koʻzini ochadi. Qoʻngʻiroqni chalgan bola esa qoʻngʻiroqni yuqoriga koʻtarib, uni koʻrsatadi. Agar bola adashsa yana bir marta qaytaradi. Keyin boshqa bola boshlovchi boʻladi.
Kimning qushchasi uzoqqa uchadi” oʻyini
Tarbiyachi bolalar bilan yupqa qogʻozdan lentachalar va qushlar yasashni oʻrgatadi. Tarbiyachi bilan birga bolalar lentachalar va qushchalarni yasaydilar. Yupqa qogʻozdan lentachalar, qushchalar, kapalaklar tuzatib osiladi va puflatiladi. Oʻyin davomida qushchalar, kapalaklar va lentachalarning uchishiga qarab oʻyin davom etadi.
Men nimani chalayapman, top” oʻyini
Bu oʻyin quyidagi tartibda olib boriladi. Tarbiyachi bolani musiqali oʻyinchoqlar bilan tanishtiradi. Soʻngra bu oʻyinchoqlarni parda orqasiga yashiradi. Parda orqasida bironta musiqaviy oʻyinchoqni chaladi va bolalardan qaysi musiqaviy oʻyinchoqni chalganini soʻraydi. Kim uni toʻgʻri topsa shu bola parda orqasidan musiqaviy oʻyinchoqni chaladi. Bir mashgʻulotda 4 xil musiqaviy oʻyinchoq olinishi lozim.
Baland-past” oʻyini
Bu oʻyinda tarbiyachi bolalarga kichik va katta kuchuklarni akkilashini koʻrsatib beradi. Bolalar oʻyin davomida kichik va katta kuchuklarning akillashi mashq qildiriladi.
Kim u?” oʻyini
Tarbiyachi boshqa xonada kuchuk, mushuk, gʻoz, tovuq, echki qoʻylarning niqoblarini tayyorlab qoʻyadi. Niqob kiygan bola eshikni taqillatadi. Bolalar “Kim u?” deydi. Kuchuk niqobni kiygan bola “vov-vov-vov” deb javob beradi.
Oʻyin. “Baliqlar oʻyini”. Ishtirokchilar yarim doira shaklida oʻtirishadi. Navbati bilan laqqa baliq, ilon baliq, sazan baliq deb ishtirokchilar aytadi. Boshlovchi baliqlar suvda mazza qilib suzib oʻynaydilar. Hozir biz ularning oʻyinini tomosha qilamiz. Boshlovchi “laqqa baliqlar” desa laqqa baliqlar oʻrnilaridan turib harakatlanib boshqa oʻrindiqqa oʻtirishlari kerak. Boshlovchi sekin bitta kursini olib qoʻyadi.Oxirda qolgan bitta baliqqa kursi yetishmay qoladi. U boshlovchi boʻladi va “sazan baliqlar” deydi. Oʻyin shu tariqa davom etadi.
Ayyor tulki”
Oʻyin ishtirokchilari oʻzaro bir qadam masofada doira yasab turadi. Doiradan tashqarida tulkining uyi chiziladi. Tarbiyachi bolalarga koʻzlarini yumishni buyuradi va doirani (bolalarning orqalaridan) aylanib oʻtib, birortasining orqasiga tegib oʻtadi. Oʻsha ayyor tulki hisoblanadi. Keyin tarbiyachi bolalarga koʻzlarini ochishni buyuradi va diqqat bilan qarashga ruxsat beradi.
Ayyor tulki, qayerdasan? deb bir-birlariga qarashadi. Shundan soʻng tulki doira oʻrtasiga yugurib chiqadi va qoʻl koʻtaradi – men bu yerdaman deydi. Hamma bolalar maydoncha boʻylab chopib ketadilar, tulki ularni quvlaydi. Tutilgan bolani oʻz uyiga olib boradi. Shunday qilib, tulki 2-3 bolani tutganidan soʻng, tarbiyachi doira boʻlib turinglar deydi va oʻyin qaytadan boshlanadi.
Uzun ilon izi boʻylab”
Tarbiyachi yerga yoki polga uzunligi 5-6 metrli arhamchini uzunasiga choʻzib qoʻyadi, bu yoʻlakchadan bolalar oxirigacha yurib oʻtishlari mumkin. Agar yoʻlakchaning boshqa tomoniga bolalarni jalb qiladigan predmetlar, ayqicha, qoʻgʻirchoq, shildiroq, qushcha va boshqalar qoʻyilsa, bolalar mashqni yanada qiziqib bajaradi. Yoʻlakcha oxirida nima yotganligiga qarab, vazifa beriladi.
Masalan, ayiqchaning oldiga borib, uni silash, qushchaga don berish, shildiroqni shiqillatish kabi.
Tarbiyachi bolalarning arqonchani bosishga harakat qilayotganlarini koʻrsa, uning qoʻlidan ushlab, yordamlashishi mumkin. Bolalar osoyishta, shoshilmay yurib borishlari kerak.
Tyejamli bola bejogʻli bola”.
Jihoz : Qoʻgʻirchoq, Bitarvoy, sandiqcha.
Yangi soʻzlar: Iqtisod, tejamkorlik.
Maqsad: Bolalarga “Iqtisod” nima ekanligi haqida bilim berish, bozor iqtisodiyoti sharoitida erkin harakatlana oladigan, barkamol, yetuk bolalar boʻlib yetishishlari uchun, ularni tejamli, tadbirkor boʻlishga oʻrgatish, soʻz boyliklariga iqtisodga oid yangi soʻzlarni kiritish.
Mashgʻulotning borishi: Xona eshigi taqillab, dono Buvijon sandiqcha koʻtarib kirib keladilar. Bolalar salomlashib, kutib oladilar.
Buvijon sandiqchada nima bor? — deb tarbiyachi murojaat qiladi.
Ha, bunda men Bilarjon nevaramni olib kelganman, — deb sandiqchani ochadilar. Sandiqcha ichidan-Bilarvoy “Assalomu-alaykum” deb chiqib keladi. Bolalarga Bilarvoy murojaat qiladi:
Doʻstlarim, mening ismim Bilarvoy. Bu ismimni, bolalar, har narsani bilishga qiziqib, savollar beraverganimdan buvijonim quyganlar. Bunijonim menga bir kuni “Iqtisod” degan ertak aytib berdilar. Men hozir sizlarga shu ertakni aytib bermoqchiman, maylimi?
“Iqtisod” bu katta mamlakat ekan. Unda hamma narsa tejab, isrof qilmasdan ishlatilar ekan. U mamlakat bolalari kiyimlarini kir qilmasdan ozoda yurar ekanlar. Non yesalar ushogʻini yerga toʻkmay, ortganini uloqtirmay, ovqat yesalar toʻkmay tanavvul qilar ekanlar. Kiyim boshlarini, oʻyinchoqlarini yana oʻz joyiga chiroyli qilib qoʻyar ekanlar.
“Iqtisod” mamlakatida bolalarining qiladigan bu ishlari “tejamkorlik” deb aytilar ekan. Shuning uchun ularning “Iqtisod” mamlakatlari doimo gullab yashnar ekan. Bolajonlar, ertagim sizlarga yoqdimi? Qani, u bolalar qilgan ishni biz ham qila olamizmi? Doimo kiyim boshlaringizni ozoda tutib, oʻyinchoqlarni oʻynab boʻlib, oʻz joyiga qoʻya olasizmi, sindirib tashlamaysizmi, nonni yeb ortiqchasini oʻz joyiga qoʻyasizmi, tugmangiz uzilsa tashlab yubormasdan olib qoʻyasizmi? Ana shunda biz ham oʻsha rivojlangan mamlakatlar qatorida boʻlamiz. Buning uchun quyidagilar xosil boʻlishi zarur:
1. Yangi bozor. 2. Mashina bozori. 3. Tovuq bozori. 4. Dehqon bozori. 5. Qoʻy bozori. 6. Qovun bozori. 7. Koʻkat bozori. 8. Koʻchat bozori. 9. Oʻtin bozori. Bozorda ikki xil ish amalga oshadi: 1. Sotuvchi oʻz tovarini sotadi. Tovar pulga almashadi. 2. Xaridor pulga tovar sotib oladi. Pul tovarga almashadi. Har ikki tomon ham bundan manfaatdor boʻladi.
“Iqtisod” mamlakatining bolalariga tenglashamiz. Shunda bizning Oʻzbekiston mamlakatimiz ham “Iqtisod” mamlakatiga oʻxshab, gullab yapshaydi. Toʻgʻrimi. bolajonlar? — deya Bilarvoy bolalar bilan xayrlashib Buvijoni bilan birga chiqib ketadilar.
Fabrika” oʻyini.
Ekskursiya. Jihoz: Kiyim-kechaklar, yorliqlar, rasm-qalam, qogʻoz, rasmli kartochkalar.
Yangi soʻzlar: Iqtisod. yorliq, mukofot, maosh, boshqaruv, narx, vaqt.
Maqsad: Boshqaruv haqida bilim berish, sifatdi va sifatsiz mahsulotlar, unga sarflangan vaqt haqida, xazina, maosh, narx haqida tushuncha berish, fabrika belgisini oʻrgatish.
Mashgʻulotning borishi: U yerning direktori va syex boshliqlari boʻladi. Qizlar oʻtirib, qoʻgʻirchoqlarga koʻylaklar tikadilar, Syex boshligʻi ularning bajargan ishlarini koʻrib sifatli va sifatsizga ajratadi. Shuncha koʻylakcha tikdingiz – deb maosh toʻlanadi Pichilgan va tikilgan ishlar alohida joyga qoʻyiladi. Tayyorlariga fabrika nomi yozilgan yorliqlar qoʻyib tikiladi va sotish uchun bogʻcha bozoriga chiqariladi. Qancha koʻp va tez sotilsa, ishchilar mukofot oladilar.

Yüklə 147 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə