Ўзбекистон республикаси жисмоний тарбия ва спорт вазирлиги


,5-3 yoshdan katta boʻlgan bolalar uchun xotira mashqlari



Yüklə 147 Kb.
səhifə7/7
tarix17.12.2023
ölçüsü147 Kb.
#149886
1   2   3   4   5   6   7
Халқ ўйинлари МАҚОЛА

2,5-3 yoshdan katta boʻlgan bolalar uchun xotira mashqlari
Bu yoshda bolaning eʼtiborini mustahkamlovchi oʻyinlar tavsiya etiladi.
Oʻyin «Nima oʻzgardi?» deb nomlanadi.
Likobchada olma, nok, anor turibdi. Bolaga qaramay turishni buyuring. U qaramay turganida likobchadagi olmani olib qoʻying yoki uzum yo boshqa mevalardan birini qoʻshib qoʻying. Bola qaraganda avvalgi holatdan nima oʻzgarganligini aniqlashi kerak.
3-4 yoshli bolalar uchun moʻljallangan xotira mashqlari
Labirint oʻyini 3-4 yoshli bolalar uchun ham qiziqarli, ham foydali mashgʻulotdir. Buning uchun turli toʻsiqlardan (uy jihozlari, yumshoq oʻyinchoqlar, yostiqchalardan toʻsiqlar oʻrnida foydalanish mumkin) yasalgan labirint yoʻli orqali bola koʻzlari ochiq holida oʻtishi kerak. Keyin esa, koʻzlarini yumgan holda oʻsha labirintdan qayta oʻtishi lozim. Toʻsiqlardan yaxshi oʻtib olgan bolalarni mukofotlashni unutmang. Labirint oʻyinidan tashqari bu yoshdagi bolalarning xotirasi mustahkamlanishi uchun «pantomima» oʻyinini ham oʻtkazish mumkin. Masalan, bir ishtirokchi qolganlariga turli hayvonlarni koʻrsatadi (quyoncha boʻlsa, qoʻllarini boshiga qoʻyib, yaʼni quyonchaning quloqlarini qoʻrsatib, sakraydi). hatti-harakatdan qanday hayvon namoyish etilayotganini topib olgan bola gʻolib deb topiladi va keyingi hayvonni koʻrsatish uning zimmasiga yuklanadi.
4-5-6 yoshli bolalar
Bu yoshdagi bolalar osonlik bilan turli sheʼr, topishmoq, tez aytishlarni yodlab olishlari mumkin. Agar farzandingizga sheʼr yod olish qiyin tuyulsa, unga oʻzingiz yordam berishingiz mumkin.
Yod olinishi zarur boʻlgan sheʼr va topishmoqlarni bola yaxshi tushunishi kerak, shundagina u tez va osonlik bilan ularni yod oladi. Aksariyat hollarda bola sheʼrdagi tushunmagan soʻzlarini adashtirib aytadi. Aynan shu soʻzlarning maʼnosini ota-ona izohlab berishi lozim. Sheʼr yodlatishda uning talaffuz ohangi hamda maʼnosini eʼtibor bilan oʻrgatsangiz, bola shuncha tez oʻrganib oladi.
Eslatma: Xotira-tugʻma isteʼdod emas, uni faqatgina mustahkamlash mashqlari orqali yuzaga keltirish mumkin.
Maktab yoshidagi bolalar maktab dasturidagi maʼlumotlarni yaxshi oʻzlashtirmagan boʻlsa, ular bilan alohida shugʻullanish lozim. Bolaning tushunmagan narsalarini izohlab, tushuntirib boring.
Agar qoida va lugʻatdagi soʻzlarni yodlash osonroq kechsin desangiz, bola doimo koʻra oladiga joyga, masalan muzlatgich eshigiga soʻzlar yoki qoidalar yozilgan varaqni yopishtirib qoʻying. Bola har gal muzlatgich oldiga kelganida boyagi maʼlumotni oʻqiydi. Bunday misollarni koʻplab keltirish mumkin. Eng asosiysi, ota-onalarimiz bolaning xotirasi mustahkam boʻlishida oʻzlarining ishtiroki katta oʻrin egallashini anglashlari lozim!



Yüklə 147 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə