Ўзбекистон республикаси жисмоний тарбия ва спорт вазирлиги



Yüklə 147 Kb.
səhifə4/7
tarix17.12.2023
ölçüsü147 Kb.
#149886
1   2   3   4   5   6   7
Халқ ўйинлари МАҚОЛА

"TAKRORLANG!" mashqi.
Bu mashq nafaqat yaxshi diqqatni, balki tezlikni ham talab qiladi. Ishtirokchilar soni cheklanmagan. Bolalar tarbiyachini toʻgʻrisiga turishadi. Tarbiyachi: “Takrorlang” deb, soʻz aytadi.
Bolalar esa faqat “Takrorlang”dan keyingi soʻzni takrorlashlari kerak.
Masalan, Takrorlang-uy (bolalar takrorlaydi)

  • Takrorlang-oʻyinchoq (bolalar takrorlaydi)

  • Meni orqamdan takrorlang-kino (hamma jim turishi kerak)

Tarbiyachi asta-sekin oʻyin tezligini oshirib bolalarni chalgʻitishi kerak. Masalan,

  • Gapiring-mushuk. Takrorlang-bufet.

  • Takrorlang-daryo. Ayting-ayiq.

  • Meni orqamdan takrorlang-kolbasa va hokazo.

Mashqda xatolikka yoʻl qoʻygan ishtirokchilar oʻyindan chiqib ketadi. Kam xatolikka yoʻl qoʻygan yoki xato qilmagan bola gʻolib hisoblanadi.
Men yaxshi koʻrgan meva” mashqi.
Mashq oʻqituvchi (trener) ga guruhda ishchanlikni tashkil qilish bilan birga diqqatni va xotirani jamlash koʻnikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.
Oʻquvchilar doira shaklida turib oladilar. Har bir qatnashchi oʻz ismini va oʻzi yaxshi koʻrgan meva nomini aytadi; ikkinchi qatnashchi – oʻzidan oldingi qatnashchining ismi va u yaxshi koʻrgan meva nomini qaytaradi, soʻngra oʻz ismi va yaxshi koʻrgan mevasi nomini aytadi. Uchinchi qatnashchi – oʻzidan oldingi 2 qatnashchining ismi va ularning yaxshi koʻrgan mevalarini aytadi, soʻngra oʻz ismi va yaxshi koʻrgan mevasining nomini aytadi va hokazo. Shunday qilib, oxirgi qatnashchi ham oʻzidan oldingi hamma qatnashchilarning ism va yaxshi koʻrgan mevalarining nomini aytib, soʻng oʻzining ismi va yaxshi koʻrgan mevani aytadi.
Ziyraklik” mashqi.
Koʻrganni eslab qolish (koʻz xotirasi) qobiliyatini rivojlantirishga moʻljallangan mashq. Bu mashqda diqqat va koʻz xotirasini bogʻliqligi ochib beriladi.
Bolalarga maktab hovlisini, uydan maktabgacha boʻlgan yoʻlni, qaysiki bolalar yuz marotabalab koʻrgan, toʻliq tasvirlab berishlari soʻraladi. Bunday tasvirlash quyi sinflarda ogʻzaki bajariladi, ular sinfdoshlari aytmay qolgan narsalarni nomini aytib toʻldiradilar.
Uchdi-uchdi” mashqi.
Diqqat –eʼtiborni oʻzgartirishga, harakat qilishni ixtiyoriyligini rivojlantirishga moʻljallangan mashq.
Bolalar yarim doira shaklida oʻtiradilar yoki tik turadilar. Oʻqituvchi (trener) bolalarga narsalarni koʻrsatadi. Agar narsa uchsa- bolalar qoʻllarini koʻtaradilar. Agar uchmasa-bolalar qoʻllarini tushiradilar. Trener ataylab xato qilishi mumkin, koʻp bolalar qoʻllarini, trenerga taqdid qilib, koʻtaradilar. Uchmaydigan narsa aytilganda, bolalar qoʻllarini koʻtarmay oʻzlarini ushlab turishlari kerak.
Chapaklar” mashqi.
Diqqat- eʼtiborni turgʻunligini rivojlantirishga moʻljallangan mashq. Qatnashchilar doira shaklida oʻtiradilar va oʻng qoʻllarni oʻng tomonga oʻtirgan qatnashchining chap tizzasiga, chap qoʻllarini chap tomonida oʻtirgan qatnashchining oʻng tizzasiga qoʻyadilar. Mashqning maʼnosi shundan iborat, kaftlar navbatma-navbat koʻtarilishi hamda koʻtarilayotgan kaftlardan “toʻlqin” hosil boʻlishi kerak. Mashq tushuntirilganda soʻng bir marotaba uni sinab koʻriladi va toʻliq bajarishga oʻtiladi.
Yesa boʻladi, yeb boʻlmaydi” mashqi.
Diqqat–eʼtiborni rivojlantirishga moʻljallangan mashq. Oʻqituvchi (trener) navbat bilan qatnashchilarga narsa (yesa boʻladi va yeb boʻlmaydigan)larni nomini aytib koptok otadi. Yesa boʻladigan narsa boʻlsa koptokni qatnashchi ilib oladi yeb boʻlmaydigan narsa nomi aytilgan boʻlsa koptok irigʻitib yuboriladi.

Yüklə 147 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə