Ўзбекистон республикаси жисмоний тарбия ва спорт вазирлиги



Yüklə 147 Kb.
səhifə5/7
tarix17.12.2023
ölçüsü147 Kb.
#149886
1   2   3   4   5   6   7
Халқ ўйинлари МАҚОЛА

"SIRLI QATORCHA"oʻyini.
Bu oʻyinda iloji boricha koʻproq bolalar ishtirok etgani maʼqul. Ishtirokchilar soni 5-7 nafardan kam boʻlmasligi shart.
Tarbiyachi xonadan chiqib turadi, qolganlar esa hammaga tanish boʻlgan sheʼrdan bir qatorini tanlashadi.
Keyin shu qatordagi soʻzlarni boʻlib olishadi va qaysi soʻzdan keyin qaysi soʻz kelsa, oʻsha tartibda turib olishadi.
Tarbiyachi xonaga qaytib kiradi va bolalarga har xil savollar beradi. Bolalar esa savollarga javoban ular tanlagan soʻzni javob qilib qaytarishadi.
Tarbiyachi hammani soʻzini bilgandan soʻng bu soʻzlar qaysi sheʼrga tegishliligini topishi kerak, qaysi bolani aytgan soʻzi sheʼrni topishga yordam bergan boʻlsa, oʻsha bola boshlovchilik qiladi.
Mevali salat” oʻyini.
Tarbiyachidan boshqa hamma ishtirokchilar doira boʻlib stulga yoki yerga chizilgan doirachalarga oʻtirishadi. Tarbiyachi ularning har birini mevalar bilan nomlab chiqadi: apelsin, limon, banan, ananas. Har bir meva uch-toʻrt odamdan iborat boʻladi. Keyin tarbiyachi mevalardan birining nomini aytadi, kimlar shu meva nomlariga ega boʻlsa joylarini almashtirishlari kerak. Kimga joy yetmasdan qolsa, oʻsha odam oʻyinni davom ettiradi. Agar oʻrtadagi odam “Mevali salat” desa, barcha ishtirokchilar joy almashishlari kerak boʻladi.
“Menga yoqadilar…”oʻyini.

Bolalar doira shaklida oʻtiradilar. Oʻyin quyidagicha kechadi: bolalardan biri doira markazida turadi va shunday deydi: “Menga ….deganlar yoqadi” yoki “Menga …..si borlar yoqadi” va bir qancha ishtirokchilarda mavjud boʻlgan belgini aytadi. Masalan, qora poyafzal kiyadiganlar, oq koʻylak kiyadiganlar, qoʻshiq aytadiganlar, kechqurun idish-tovoq yuvadiganlar, mashgʻulotimizga kelganlar, sirgʻasi borlar, qoshi borlar va h.k. Kimda kim aytilgan belgilarga ega boʻlsa, tezda oʻrinlaridan turib joy almashishlari kerak boʻladi. Bolalarga nisbatan stullar soni 1 ta kam boʻlib, joysiz qolgan bola oʻyinni davom ettiradi.
Ilonni dumidan ushlab ol!”
Oʻyinda oʻn kishi qatnashadi. Ularning har biri oʻng qoʻlini oldinda turgan bolaning yelkasiga qoʻyib ketma-ket turadilar. Qator boshida turgan oʻyinchi — ilonning boshi, oxirida turgani — dumi boʻladi. Ilonning boshi esa dumini yaʼni oxirgi oʻyinchini ushlab olishga qarakat qiladi. Qatorning dum qismidagi oʻyinchilar har xil usullar bilan ilonning boshiga tutqich bermaslikka harakat qiladilar. Agar ilonning boshi qator oxiridagi oʻyinchini (dumini) ushlab olsa, ular joylarini almashadilar.


Yüklə 147 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə