Ўзбекистон республикаси жисмоний тарбия ва спорт вазирлиги



Yüklə 147 Kb.
səhifə3/7
tarix17.12.2023
ölçüsü147 Kb.
#149886
1   2   3   4   5   6   7
Халқ ўйинлари МАҚОЛА

Kim nima qiladi? oʻyini.
Didaktik vazifa: bolalarning qishloq xoʻjalik mehnati haqidagi bilimlarini aniqlash va mustahkamlash. Qishloq xoʻjaligi mehnatida ishlatiladigan mehnat qurollari bilan tanishtirish.
Oʻyin qoidasi: kartochkalar ichidan qishloq xoʻjaligi mehnati boʻyicha. alohida qismi boʻyicha rasmlarni tanlab yigʻishtirib olish, kombaynchi bugʻdoy oʻryapti, sut sogʻuvchilar sut sogʻyapti, choʻpon mol-qoʻylarini boqyapti. tovuqboqar tovuqlarga don beryapti, dehqonlar dalada ishlayaptilar va boshqalar.
Oʻyinning taʼsiri: rasmdan kerakli qismlarni izlab topish, olingan taassurotlar va mehnat turi toʻgʻrisida gapirib, tasvirlab berish.
Musobaqa: kim birinchi boʻlib rasmlarni yigʻishtirish.
Oʻyinning borishi: Qishloq xoʻjaligi mehnati toʻgʻrisidagi suhbat, har bir mugaxassisliklarni esga olish, mashinalar qishloq xoʻjaligidagi ishlariga yordam berishini eslatish. Tarbiyachi oʻyin qoidasini zslatadi. Bolalar kasblar boʻyicha mehnatlarini kartochkalar ichidan tanlab oladilar. Oʻyinning qiyinchiligi shundaki, oʻyinda qismlar 10-12 tagacha boʻladi. Rasmlarni birinchi boʻlib yigʻib, joy-joyiga qoʻygan bola gʻolib chiqadi va u gʻoliblik jitonini oladi, masalan: sakkiz burchakli yulduzcha-jiton.
TURLI OVOZLAR”oʻyini.
Maqsad: bolalarga oʻzlarini namoyon qilishga yordam berish.
Tarbiyachi oʻyin oldidan mushuk, kabutar, kuchukcha va h.k.larning rasmi tushirilgan kartochkalar tayyorlaydi. Bolalar kartochkalardan birini tanlaydi va unda tasvirlangan jonivorning tovushiga taqlid qiladilar. Avval tovushni oddiy ohangda, soʻngra u tovushni qandaydir hissiyot bilan — gʻazab, quvonch, mayinlik bilan ifodalab beradi, qolgan bolalar esa har bir bola qanday hissiyotni ifodalab berayotganligini topishlari kerak boʻladi.
Gʻoyalar togʻi” interfaol oʻyini.
Bolalarni uchtadan kichik guruhga boʻlib olinadi. Har bir kichik guruhga uchburchak shaklidagi rangli kartonlar beriladi va ushbu kartonning burchaklariga har bir bola mavzuga oid rasm yoki applikatsiya yopishtiradi . Ish yakunida ushbu uchburchaklar doskaga ilinadi va shu tariqa “Gʻoyalar togʻi” tashkil boʻladi.
“Sholgʻom” oʻyini.

Tarbiyachi doira oʻrtasida turib barcha bolalarni “Sholgʻom” ertagi asosidagi qaxramonlar soniga qarab birlashtiradi: sholgʻom, bobo, buvi, nabira, kuchukcha, mushuk, sichqon. Xar bir guruh ustun shaklida tarbiyachiga qarab yuzma-yuz holda saflanadi. Tarbiyachi oldida hammasi boʻlib yettita ustun saf tortadi. Pedagog “Sholgʻom” ertagini ayta boshlaydi. Har safar u harakatlanuvchi qahramonlar (sholgʻom, bobo, buvi ….) nomini tilga olganda oʻsha nomdagi guruh tezlik bilan oʻtirib turishi kerak. Oʻtirib – turish eng koʻp sholgʻom va bobo guruhlariga tushadi, eng kam oʻtirib-turish esa sichqonlar guruhiga toʻgʻri keladi.
Bu oʻrinda hamma biladigan boshqa bir ertakni qoʻllash ham mumkin.

Yüklə 147 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə