Kompyuter lingvistikasi: muammolar, yechim, istiqbollar


Keywords: Internet of Things (IoT), modern technologies, internet, smart  object, virtual world, The Intel IoT Platform scheme.  Kirish



Yüklə 38,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix23.12.2023
ölçüsü38,8 Kb.
#155267
1   2   3   4
xamdamov-j.sh.-internet-qurilmalari-iot-texnologiyalarining-ishlash-prinsiplari-va-undan-foydalanish-istiqbollari (2)

Keywords:
Internet of Things (IoT), modern technologies, internet, smart 
object, virtual world, The Intel IoT Platform scheme. 
Kirish. 
Internet qurilmalari (ang. Internet of Things (IoT)) boshqa 
qurilmalar va tizimlar bilan ma’lumotlarni Internet orqali ulash va almashtirish 
uchun datchiklar, dasturiy ta’minot va boshqa texnologiyalar bilan o‘rnatilgan fizik 
obyektlar (“things”) tarmog‘iga aytiladi[1]. 


Alisher Navoiy nomidagi Toshkent 
davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
universiteti 
“KOMPYUTER LINGVISTIKASI: 
MUAMMOLAR, YECHIM, ISTIQBOLLAR”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 
Vol. 1 
 
№. 01 (2022)
 
http://compling.navoiy-uni.uz/
 
286 
Internet qurilmalari (ing. Internet of Things (IoT)) uchta asosiy printsipga 
asoslanadi. Birinchidan, har doim mavjud bo‘lgan aloqa infratuzilmasi, ikkinchidan, 
har bir ob’ektning global identifikatsiyasi va uchinchidan, har bir ob’ektning unga 
ulangan shaxsiy tarmoq yoki Internet orqali ma’lumotlarni yuborish va olish 
imkoniyati. 
Internet qurilmalarda har bir qurilmaning o‘ziga xos identifikatori bor, ular 
birgalikda bir-biri bilan o‘zaro ta’sirlasha oladigan, vaqtinchalik yoki doimiy 
tarmoqlarni yaratadigan qurilmalarning doimiyligini tashkil qiladi. Shunday qilib
qurilmalar ularni ko‘chirish jarayonida, mavjud geolokatsiya joylashuvi to‘g‘risida 
ma'lumot almashish jarayonida ishtirok etishi mumkin, bu sizga logistika jarayonini 
to‘liq avtomatlashtirishga imkon beradi va ichki intelekt yordamida qurilmalar o‘z 
xususiyatlarini o‘zgartirishi va atrof-muhitga moslashishi mumkin[2]. 
Internet qurilmalar yagona o‘zaro ta’sir protokoliga ega, unga ko‘ra har 
qanday tarmoq tugunlari o‘z xizmatlarini taqdim etishi mumkin. Internet-qurilmalar 
tarmog‘ining har bir tugunlari ma’lum bir ma’lumotni etkazib berish uchun o‘z 
xizmatlarini taqdim etadi. Shu bilan birga, bunday tarmoqdagi tugun boshqa har 
qanday tugunlardan buyruqlarni qabul qilishi mumkin. Bu shuni anglatadiki, 
Internet-qurilmadagi barcha qurilmalar bir-biri bilan o‘zaro aloqa qilishi va 
birgalikda muammolarini hal qilishi mumkin. Internet qurilmalar har qanday bitta 
xizmat doirasi bilan ulangan lokal tarmoqni tashkil qilishi mumkin[3]. 
Internet qurilmalari kontseptual ravishda yangi avlod tarmoqlariga tegishli
shuning uchun uning arxitekturasi NGN ga juda o‘xshash. IoT qurilmalarni 
ishlashini ta’minlaydigan turli xil infokommunikatsion texnologiyalar to‘plamidan 
iborat bo‘lib, uning arxitekturasi ushbu texnologiyalarning bir-biri bilan qanday 
bog‘liqligini ko‘rsatadi. IoT arxitekturasi quyida tavsiflangan to‘rtta funktsional 
qatlamlarni o‘z ichiga oladi. 
IoT arxitekturasining eng past darajasi sensorlar bilan birlashtirilgan “aqlli” 
(smart) ob’ektlardan iborat. Sensorlar real vaqt rejimida ma’lumotlarni to‘plash va 



Yüklə 38,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə