Компютер тармоқлари


Kompyuter tarmog’i qurilmalari quyidagilar



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə4/4
tarix21.09.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#122769
1   2   3   4
компютер тармоқлари

Kompyuter tarmog’i qurilmalari quyidagilar:
Aloqa kabellari - Линия связи - Network cable
Tarmoq kartasi - Сетевая карта - Network Card
Trаnsivеrlаr - Трансивер - Transceiver
Takrorlagichlar - Повторитель - Repeater
Kоnsеntrаtоrlаr - Концентратор - Hub
Ko’priklar - Мост - Bridge
Kommutatorlar - Коммутатор - Switch
Mashrutlovchilar – Маршрутизатор - Router
Aloqa kabellari
Ахbоrоt uzazish muхiti dеb– kоmpyutеrlаr o’rtаsidа ахbоrоt аlmаshinuvini tаminlоvchi ахbоrоt yo’llаrigа (yoki аlоqа kаnаllаrigа) аytilаdi. Ko’pchilik kоmpyutеr tаrmоqlаridа (аyniqsа LANda) simli yoki kаbеlli аlоqа kаnаllаri ishlаtilаdi.
Хаmmа ishlаb chiqаrilаdigаn kаbеllаrni uch turgа bo’lish mumkin: 
  • O’rаlgаn juft simli kаbеl (Витая пара, twisted pair), ulаr himоyalаngаn ya`ni ekrаnlаshtirilgan (shielded twisted pair-STP) vа himоyalаnmаgаn ya`ni ekrаnlаshtirilmаgаn, (unshielded twisted pair - UTP); 
  • Kоаksiаl kаbеllаr (coaxial cable); 
  • Оptik tоlаli kаbеllаr (fiber optic).

Kompyuter tarmoqlarining dasturiy ta`minoti
Tarmoqning imkoniyati uning foydalanuvchiga ko'rsatadigan xizmati bilan o'lchanadi. Tarmoqda ishlash uchun belgilangan dastur bir vaqtda ko'plab foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan bo'lishi kerak. Xozirda shunday dasturiy ta'minot tuzishning ikki xil asosiy tamoyili joriy etilgan.
Birinchi tamoyilda tarmoqning dasturlashtirilgan ta'minoti ko'pgina foydalanuvchilarga hamma kirishi mumkin bo'lgan bosh kompyuter resurslarini taqdim etishga mo'ljallangan. U fayl-server deb yuritiladi. Bosh kompyuterning asosiy resursi fayllar bo'lgani uchun u shu nomni olgan.
Tarmoqda bir qancha fayl - serverlar bo'lishi mumkin. Fayl-server resurslarini boshqaruvchi va ko'pgina tarmoq foydalanuvchilari uchun ruxsat beruvchi dasturiy tarmoq ta'minoti tarmoqning operasion tizimi deb ataladi.
Kompyuter tarmoqlarining dasturiy ta`minoti
Ikkinchi tamoyil "klient-server" arxitektura deb ataladi, Uning dasturiy ta'minoti resurslardan jamoa bo'lib foydalanishgagina mo'ljallanib qolmay, ularni qayta ishlash va foydalanuvchi talabiga ko'ra resurslarni joylashtirishga mo'ljallangan. "Klient-server" arxitekturalar dasturi tizimi ikkita bo'linmadan iborat:
  • Serverning dasturli ta'minoti; 
  • Foydalanuvchi– mijozning dasturiy ta'minoti.

  • Bu tizimlar ishi quyidagicha tashkil qilinadi: mijoz-dasturlar foydalanuvchining kompyuterida bajariladi va umumiy kirish kompyuterida ishlaydigan dastur - serverga so'rov jo'natiladi. Ma'lumotlarning asosiy qismini qayta ishlash kuchli server tomonidan amalga oshiriladi, foydalanuvchi kompyuteriga faqat bajarilgan so'rov natijalari yuboriladi.
    Ma'lumotlar bazasi serverlari katta xajmdagi ma'lumotlar bilan ishlashga mo'ljallangan va ko'p sonli foydalanuvchilar yuqori unumli ishlab chiqarishni, ishonch va himoyalanganlikni ta'minlaydi.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə