Kompyuter tarmoqlari


Ochilgan sahifada quyidagi kataklar toʻldiriladi



Yüklə 2,07 Mb.
səhifə14/14
tarix21.10.2023
ölçüsü2,07 Mb.
#130294
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
15-18-Mavzu KOMPYUTER TARMOQLARI

Ochilgan sahifada quyidagi kataklar toʻldiriladi: Кому (Kimga) – yangi xat yuborilayatgan electron pochta qutisining manzili. Agar xat bir nechta joyga yuboriladigan boʻlsa, manzillar bir – biri bilan vergul yordamida ajratiladi.
Тема (Mavzu) – xatning mavzusi, sarlavha. Elektron pochta tizimining oddiy pochtadan farqli joylarida biri xatning mavzusi degan tushunchadir. Elektron maktubga sarlavha qoʻyish shart emas, bu katakchani boʻsh qoldirsangiz ham boʻladi (odatda, pochta dasturlari «Siz maktubga sarlavha qoʻymabsiz, nomsiz ketaversinmi?» deb birrov soʻrab qoʻyishadi). Lekin, xatga sarlavha qoʻyish juda qulay va ma’qul narsa. Masalan, «12/212-shartnoma boʻyicha savollar» degan xat yozsangiz, uning javobi «Re: 12/212-shartnoma boʻyicha savollar» deb kelsa, yuzlab xatlarning ichidan aynan shu shartnoma boʻyicha yuborgan savollaringizga qanday javob kelganligini topishingiz oson boʻladi. Mavzuning tagidagi katakka xatning matni kiritiladi. Elektron pochtaning yana bir muhim imkoniyati – fayl yuborishdir. Biroq, pochta qutilarida faylning yuborish mumkin boʻlgan oʻlchamlari cheklangan boʻladi. Pochta xizmatlari odatda xatga qoʻshib yuboriladigan fayllarning soni va oʻlchami qanchadan oshmasligi kerakligini koʻrsatib turishadi. Mayl.ru pochta xizmatidan odatda 20 mb gacha boʻlgan hajmdagi fayl yuborish mumkin. Biroq, bu oʻlchamni sozlash ham mumkin. Buning uchun Отправить файл > 20 mb degan havolani va uning yonidagi “Настроить” havolasini bosiladi.
Xatga fayl qoʻshib yuborish uchun Прикрепить файл (Fayl biriktirish) tugmasi bossangiz, kerakli faylni koʻrsatish oynasi ochiladi. Bu yerdan yubormoqchi boʻlgan faylingizni koʻrsatib, Открыть (Ochish) tugmasini bosasiz. Faylning katta-kichikligi va internetga ulanish tezligiga qarab, fayl biriktirishga bir necha soniya yoki daqiqa ketadi. Fayl biriktirilgach, uning yonida yashil belgi paydo boʻladi. Endi xatni yuborish mumkin. Xatni yuborish uchun Отправить (Yuborilsin) tugmasi bosiladi. Agar xatni keyinroq yubormoqchi boʻlsangiz, uni saqlab qoʻyish mumkin. Buning uchun Сохранить (Saqlab qoʻyilsin) tugmasini bosasiz. Yozayotgan xatni bekor qilish uchun Отмена (Inkor) tugmasi bosiladi.

Xat joʻnab ketgach, Ваше письмо отправлено! (Xatingiz yuborildi!) yozuvi paydo boʻladi.

Yuborilgan xatlar roʻyxati Отправленные (Yuborilganlar) boʻlimida turadi. Bu boʻlimga ham chap tomondagi menyudan kiriladi.

Черновики (Xomaki nusxalar) boʻlimida saqlab qoʻyilgan xatlar roʻyxati turadi.
Спам boʻlimida electron pochtangizga kelgan va spam deb hisoblangan xatlar saqlanadi. Ularning spam yoki spam emasligini electron pochta tiziminiyu oʻzi ham maxsus algoritmlar yordamida baholi qudrat aniqlaydi. Lekin, biror xatni oʻzingiz ham spam yoki spam emas deb belgilashingiz, spamga oid tartib-qoidalarni oʻzingiz sozlashingiz ham mumkin.
Корзина (Savatcha) boʻlimida oʻchirib tashlangan xatlar turadi. Ularni tiklash, butunlay oʻchirib tashlash kabi ishlar shu boʻlimda bajariladi.
Oyna ostidagi Настройки (Sozlashlar) boʻlimida electron pochta qutisiga oid barcha sozlash ishlari amalga oshiriladi.

Masalan, bu yerda pochta qutisining tashqi koʻrinishi, parollar, xavfsizlik, SMS-xabarlar va boshqa sozlashlarni boshqarish mumkin.

Pochtangizni parolini oʻzgartirmoqchi boʻlsangiz, Sozlashlar boʻlimdagi Пароль havolasini bossangiz, kalit soʻzni oʻzgartirish sahifasi ochiladi. Bu yerda Текущий пароль (Joriy parol) katagiga hozirgi parolni, Новый пароль (Yangi parol) va Повтор нового пароля (Yangi parolni takrorlash) kataklariga esa yangi parolni yozasiz. Укажите код, размещенный на картинке degan joyga suratdagi raqam va harflarni kiritasiz. Yangi parolni saqlab qoʻyish uchun Сохранить (Saqlab qoʻyish) tugmasi bosiladi.
Yüklə 2,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə