Kompyuter tarmoqlari


Elektron pochtaning afzalliklari



Yüklə 2,07 Mb.
səhifə13/14
tarix21.10.2023
ölçüsü2,07 Mb.
#130294
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
15-18-Mavzu KOMPYUTER TARMOQLARI

Elektron pochtaning afzalliklari: Manzillar nomining eslab qolishga qulayligi (misol uchun: uzdasturchi@ gmail.com); matndan tashqari istalgan formatdagi fayllarni joʻnatish imkoniyati; xabarlarning yetarli darajada tez va ishonchli yetkazib berilishi; foydalanishning osonligi va hokazo.
E lektron pochtaning kamchiliklari: Spam (reklama va viruslarning ommaviy ravishda tarqatilishi); xabar ba’zan bir necha kungacha kechikib yetkazib berilishi ehtimoli; xabar hajmining chegaralanganligi, pochta qutisiga begona odam kirib olsa, undan gʻarazli maqsadlarda foydalish imkoniyati va hokazolar.
Hozirgi kunda kompyuterda ozmi-koʻpmi ishlay oladigan har qanday odam oʻziga bepul elektron pochta qutisi ochib olib, undan bemalol foydalanishi mumkin. Buning uchun electron pochta xizmatini taqdim etuvchi portallarning birida roʻyxatdan oʻtish kifoya. Roʻyxatdan oʻtgach, internet tarmogʻiga ulangan har qanday kompyuter orqali electron pochta istagancha foydalanish mumkin. Bunday portallar juda koʻp. Ularning eng mashhurlari quyidagilar:
http://mail.google.comhttp://mail.yahoo.comhttp://www.mail.ruhttp://mail.yandex.ruhttp://mail.rambler.ru
Ushbu maqolada Rossiyadagi eng yirik bepul electron pochta xizmati boʻlmish mail.ru portalida electron pochta xizmatidan foydalanish asoslari bilan tanishamiz.

  1. Brauzeringizda http://www.mail.ru veb sahifasiga oʻting.



  1. Pochta qutisi ochish uchun oynaning chap tarafida joylashgan «Регистрация в почте» (Pochtada roʻyxatdan oʻtish) tugmasini bosamiz.



  1. «Регистрация нового почтового ящика» (Yangi pochta qutisini ochish) sahifasi ochiladi. Bu sahifada yangi ochilayotgan qutining egasi haqidagi ma’lumotlar kiritiladi.

Имя – Ismingiz.
Фамилия – Familiyangiz. День рождения – tugʻilgan kun, oy va yilingiz.
Город – siz yashaydigan shahar (toʻldirish shart emas). Shahar nomining dastlabki harflarini kiritishingiz bilan mayl.ru xizmati bazasiga kiritilgan shaharni va davlatlarning toʻliq nomi taklif qilib turiladi. Taklif qilingan shaharni tanlasangiz, matn bloki avtomatik tarzda toʻldiriladi.

Bunda quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
Пол – jinsingiz (Erkak yoki Ayol).
Почтовый ящик – electron pochta manzilingiz. Bu yerga ismingizni yoki eslab qolish uchun oson boʻlgan, tushunarli soʻz kiritish tavsiya etiladi.

Misol uchun, ismingiz Ibrohim boʻlsa, ibrohimjon@mail.ru yoki ibrohim82@bk.ru kabi manzillarni tanlashingiz mumkin. Xullas, pochta qutisining nomi avvalo yozish uchun qulay (ayniqsa, qoʻl telefoni klaviaturasida), esingizdan chiqib qolmaydigan, tushunarli, ma’nomazmunga ega boʻlgan soʻz yoki jumla boʻlishi kerak.
Пароль – electron pochtangiz uchun kalit soʻz. Parol imkon qadar esingizdan chiqmaydigan, birov topa olmaydigan, har qanday klaviaturada (ayniqsa, qoʻl telefoni klaviaturasida) ham tersa boʻladigan harf va raqamlar toʻplami boʻlishi kerak.

Повторите пароль – parolni takroran yozing (aniqlik uchun).
Мобильный телефон – qoʻl telefoningizning raqami. Bu narsa parol esingizdan chiqib qolsa, uni SMS xabar yordamida tiklash uchun kerak. Biroq, telefon raqamingizni oshkor qilgingiz kelmasa, «У меня нет мобильного телефона» (menda qoʻl telefoni yoʻq) degan linkni bosishingiz mumkin. Barcha ma’lumotlar toʻldirilgach, «Зарегистрироваться» (Roʻyxatdan oʻtilsin) tugmasi bosiladi.
Agar telefon raqamingizni kiritgan boʻlsangiz, «Зарегистрироваться» tugmasi bosilgach, shu raqamga SMS-xabar yuboriladi. SMSxabarda kelgan tasdiqlash kodini endi ochilgan v (SMS-xabardagi kodni kiriting) oynasiga yozib, «Готово» (Tayyor) tugmasi bosiladi.

SMS-xabardagi kod tasdiqlangan zahoti yangi ochilgan pochta qutingiz ochilib, undan foydalana boshlaysiz. Pochta qutingizning bosh sahifasida «Входящие» («Kelgan xatlar») boʻlimi ochiladi. Unda Mayl.Ru pochta xizmatidan kelgan «Maylr.ru ga xush kelibsiz» hamda «Mayl.ru ning mobil versiyasi» deb nomlangan ikkita xat turgan boʻladi. Ularni oʻqib, Mayl.ru pochta qutisi va uning eng yangi imkoniyatlari haqida toʻliq ma’lumot olishingiz mumkin.

Pochta bilan ishlash sahifasi bir nechta boʻlimdan iborat. Chap tarafda Входящие (Kelgan xatlar), Отправленные (Yuborilgan xatlar), Черновики (Xomaki nusxalar), Спам (keraksiz electro), Корзина (Savatcha) boʻlimlari keltirilgan. Sahifaning oʻrtasida chap tomondan tanlangan boʻlimning nomi koʻrinib turadi.

U sizning hozir qaysi boʻlimda turganingizni koʻrsatib turadi. Yuqorida Написать (yangi xat yozish), Проверить (Tekshirish, ya’ni yangi xatlar kelganligini yana bir bora tekshirish), Адреса (Manzillar) va Ещё (yana) tugmalari bor.
Входящие boʻlimida pochta qutisiga kelgan xatlar turadi. Kerakli xatni oʻqish uchun uning linkiga, ya’ni havolasiga bosiladi. Shunda xatning matni ochiladi. Misol uchun, «Mayl.ru’ning mobil versiyasi» degan xatni ochish uchun uning linkini bosamiz.
Koʻrib turganingizdek, electron pochta maktubida xatning nomi, uning qaysi manzildan (От кого), qaysi manzilga (Кому) va qachon kelganligi yozib qoʻyilgan boʻladi. Ochiq turgan xatga javob yozish uchun Ответить (Javob yozish) tugmasi bosiladi. Uni bossak, odatdagi yangi xat yozish sahifasi ochiladi. Lekin Кому va От кого katakchalari avtomatik tarzda toʻldirib qoʻyilgan boʻladi.

Кому katakchasiga yuboruvchining manzili, Тема katakchasiga esa kelgan xatning mavzusi qoʻyilib, undan oldidan Re: deb yozib qoʻyilgan boʻladi. Bu Reply to, ya’ni «..ga javoban» degan soʻzning qisqartmasidir. Javob matnini yozib, soʻng Отправить (Yuborilsin) tugmasi bosiladi.

Входящие boʻlimida kelgan xatlar odatda qisqa shaklda koʻrsatilib, faqat kimdan kelganligi va nomi koʻrinib turadi. Bu rejim Кратко (qisqa) deb ataladi. Xatlar haqida toʻliqroq ma’lumotga ega boʻlish uchun Podrobno tugmasi bosiladi. Bunda xatning kimdanligi, nomi va matnning dastlabki qatori hamda qachon kelganligi koʻrinadi. Shuningdek, xatni toʻliq ochib oʻqish uchun yordamchi Прочитать (Oʻqib chiqish) va Ответить (Javob yozish) linklari koʻrinadi.

Xatni oʻchirib tashlash uchun satrning boshidagi katakchani belgilab, soʻng Удалить (Oʻchirish) tugmasi bosiladi.

Yangi xat yozish yuqoridagi Написать (Yangi xat yozish) tugmasi bosiladi.


Yüklə 2,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə