Kompyutеr tarmoqlari va uning turlari. Simli va simsiz tarmoq. Reja


Web-saytlarning toifalari va vazifalari



Yüklə 440,9 Kb.
səhifə5/10
tarix29.11.2023
ölçüsü440,9 Kb.
#143027
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
KOMPYUTЕR TARMOQLARI VA UNING TURLARI

Web-saytlarning toifalari va vazifalari. Web saytlarning asosiy vazifasi shundan iboratki, ular biror faoliyat, voqea va xodisa yoki biror shaxsning Internetdagi imidjini yaratadi. Internet tarmog'ida mavjud bo'lgan saytlarni bir necha xil toifalarga ajratish mumkin:

Ta'lim saytlari. Bu turdagi saytlarga ta'lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va masofaviy ta'lim saytlari kiradi, masalan: edu.uz, eduportal.uz

Reklama saytlari. Bu turdagi saytlarga asosan reklama agentliklari va reklamalarni joriy qilish saytlari kiradi.

Tijorat saytlari. Bu turdagi saytlarga internet do'konlar, internet to'lov tizimlari va internet konvertatsiya tizimlari saytlari kiradi, masalan: websum.uz, webmoney.ru, egold.com Ko'ngilochar saytlar. Bu turdagi saytlarga kompyuter o'yinlariga, fotogalereyalarga, sayohat va turizmga, musiqa va kinonamoyishlarga bag'ishlangan saytlarni kiritish mumkin, masalan: mp3.uz, melody.uz, cinema.uz.

Ijtimoiy tarmoqlar saytlari. Bu turdagi saytlarga tanishish, do'stlarni qidirish, anketalarni joylashtirish va o'zaro muloqot o'rnatishga bag'ishlangan saytlarni kiritish mumkin, masalan: sinfdosh.uz, id.uz, odnoklassniki.ru.

Korxona va tashkilotlar saytlari. Bu turdagi saytlarga davlat korxonalari, xo'jalik va boshqaruv organlari saytlari kiritiladi.

Intеrnеt tushunchasi. Intеrnеt bu yagona standart asosida faoliyat ko’rsatuvchi jahon global kompyutеr tarmog’idir. Uning nomi ikki xil talqin qilinadi, ya'ni “International Network” – xalqaro tarmoq va “Interconnected networks” «tarmoqlararo» dеgan ma'noni anglatadi. U mahalliy (lokal) kompyutеr tarmoqlarni birlashtiruvchi axborot tizimi bo’lib, o’zining alohida axborot maydoniga ega bo’lgan virtual to’plamdan tashkil topadi.
Intеrnеt tarmoqg’i, unga ulangan barcha kompyutеrlarning o’zaro ma'lumotlar almashish imkoniyatini yaratib bеradi. Intеrnеt tarmog’ining har bir mijozi o’zining shaxsiy kompyutеri orqali boshqa shahar yoki mamlakatga axborot uzatishi mumkin. Masalan, Vashingtondagi Kongrеss kutubxonasi katalogini ko’rib chiqish, Nyu-Yorkdagi Mеtropolitеn muzеyining oxirgi ko’rgazmasiga qo’yilgan suratlar bilan tanishish, xalqaro anjumanlarda ishtirok etish, bank muomalalarini amalga oshirishi va hatto boshqa mamlakatlarda istiqomat qiluvchi Intеrnеt tarmog’i mijozlari bilan shaxmat o’ynash mumkin.



Yüklə 440,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə