Kompyuter tizimlari



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə9/94
tarix24.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#160599
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   94
Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияла-hozir.org

Nazorat savollari
1. Integral mikrosxemalarning vazifasi nimalardan iborat?
2. Integral mikrosxemalar qanday klassifikatsiyalanadi?.

3. Raqamli tizimlarda qanday fizik kattalik mantiqiy o‘zgaruvchilarning mumkin bo ‘lgan qiymatlari bilan namoyon qilinadi ?

4. Diskret kuchlanishni kodlashning ikki usulini aytib bering.
3-MAVZU: MANTIQIY FUNKSIYA VA BUL ALGEBRASINI

ASOSIY QONUNLARI

Reja:

1. Sanoq tizimlari

2. Mantiqiy funksiya va o’zgaruvchilar

3. Bul algebrasi asosiy qonunlari



Tayanch so’z va iboralar: Mantiqiy funksiyalar, Bul algebrasi, mantiqiy ifoda, haqiqiylik jadvali, mantiqiy elementlar.

Sanoq tizimlari
Sanoq tizimlarning asosi unda qo‘llaniladigan raqamlar yig‘indisi bilan belgilanadi. Raqamli texnikada o‘nlik (DEC), ikkilik (BIN), sakkizlik (OCT), o‘n oltilik (HEX) sanoq tizimlar keng qo‘llaniladi:
q 10 = {0,1,2,3,4,5,6,7,8,9}
O‘nlik sanoq tizimi, bu erda 10-sanoq tizimining asosi,
0,1,2,3,4,5,6,7,8,9 bazis raqamlar.
q 2 = {0,1}
q 8 = {0,1,2,3,4,5,6,7}
q 16 = {0,1,2,3,4,5,6,7,8,9,A,B,C,D,E,F}
A(a) = 10, B(b) = 11, C(c) =12, D(d) = 13, E(e) =14
q10 = {0,1,2,3,4,5,6,7,8,9}
Sanoq tizimlar pozitsion va nopozitsion turlarga bo‘linadi. Agar sondagi har bir raqam o‘zi joylashgan pozitsiyaga, ya’ni vaznga (razryadga) bog‘liq bo‘lsa bunday sanoq tizimlar pozitsion deyiladi.
Har qanday manfiy bo‘lmagan n-razryadli butun sonni C(n-1), C(n-2), ... , C1,C0 pozitsion sanoq tizimida quyidagicha ifodalash mumkin:
D = Cn-1*bn-1 + Cn-2*bn-2 + ... + C1*b1 + C0*b0 (1)
bu erda: D – sonning o‘nli ekvivalenti; Ci - i-chi razryadning qiymati,
b – sanoq tizimining asosi; b ning i –chi darajasi - i-chi razryad vazni (vazn koeffitsienti).
Demak (1) formula asosida ikkilik sonni ishorasiz o‘nlik songa o‘tkazish mumkin:
10010011 = 1*27 + 1*24 + 1*21 + 1*20 = 147 (DEC).
Pozitsion sanoq tizimida razryadning vazni o‘sha razryadda ko‘paytirilayotgan son bilan belgilanadi va geometrik progressiya bilan oshib boradi. Masalan:



Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə