Kompyuter tizimlari


Raqamli qurilmalarni loyihalashga kirish



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə2/94
tarix24.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#160599
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияла-hozir.org

Raqamli qurilmalarni loyihalashga kirish


haqida tushuncha

Elektron qurilmalar, jumladan, komputerlarda qayta ishlanayotgan ma’lumotlar, natijalar va boshqa axborotlar ko‘p hollarda elektr signallar ko‘rinishida ifodalanadi.



Axborotni ikki usulda ifodalash mumkin: analog (uzluksiz) va raqamli (diskret). Birinchi usulda ifodalanayotgan kattalik, unga proportsional bo‘lgan bir signal korinishida, ikkinchi usulda esa, har biri berilgan kattalikning bitta raqamiga mos keluvchi bir nechta signallar ketma-ketligi korinishida ifodalanadi.
Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari murakkab tizimlar sinfiga mansub bo‘lib, ular turli murakkablikdagi raqamli integral mirosxemalardan tashkil topgan. Shuning uchun ushbu tizimlarni shakllantiruvchi raqamli qurilmalarni o‘rganish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. “Raqamli qurilmalarni loyihalashga kirish” fani axborot va kommunikatsiya texnologiyalarida ishlatiladigan raqamli qurilmalar turlarini, xarakteristikalarini, ularning tuzilishi, ishlash mexanizimlari va ular yordamida yaratiladigan murakkab qurilmalarning texnologik va sxemotexnik xususiyatlarini o‘rganish masalalarini o‘z ichiga oladi.
Bundan tashqari ushbu fan talabalarga maxsus fanlarni o‘zlashtirishda va keyinchalik esa ishlab chiqarish, loyihalash va tadqiqot ishlarida kerak bo‘ladigan asosiy negiz tushunchalarni o‘rgatadi.
Raqamli qurilmalarni loyihalashga kirish fan va texnika sohasi bo‘lib, axborot uzatish, qabul qilish, qayta ishlash va saqlashga ishlatiladigan raqamli qurilmalarni loyihalashtirish usullarini o‘rganish hamda ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
Raqamli yoki diskret axborotlarni murakab sistemalarda qayta ishlashda alohida elementar operatsiyalarni ketma-ket bajarish orqali erishiladi. Bunday elementar operatsiyalarni EHM larning operatsion elementlari yoki uzellari bajaradi. Bu operatsion elementlar yoki uzellar kombinatsion va ketma-ket tuzilgan mantiqiy elementlardan tashkil topgan. Operatsion elementlar tomonidan bajariladigan elementar operatsiyalarga quyidagilar kiradi:
O‘rnatish - ma’lum konstantali ikkilik kodni operatsion elementga yozish. Misol: hisoblagichning barcha razryadlariga «0» ni o‘rnatish, yoki tezkor xotiraga «1» ni yozish.



Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə