Kompyuter viruslari va virusdan himoyalash usullari



Yüklə 1,78 Mb.
tarix21.10.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#129739
Kompyuter viruslari va ularning turlari.

Kompyuter viruslari va ularning turlari

Bajardi :Lutfullayev Ziyodulla

  • Reja:
  • 1 Viruslar nima
  • 2 Viruslarning kelib chiqishi
  • 3 Viruslarning hozirgi kundagi turlari
  • 4 Viruslarda himoyalanish

Kompyuter viruslari o‘zini-o‘zi ko‘paytirib, dasturlar va xotiraning tizimli sohalariga kira oluvchi buzg‘unchi dasturlardir.

Viruslarning asosiy maqsadi kompyuterlarni bir maromda ishlash tizimiga zarar yetkazish, foydalanuvchilarni kompyuter tarmoqlaridagi ma’lumotlar va axborotlar manbalaridan foydalanishni cheklashdan iborat.

Umuman olganda, buzg‘unchi dasturiy ta’minotning barchasi umumiy nom ostida viruslar deb ataladi.

Kelib chiqishi venger bo‘lgan Amerikalik olim Djon fon Neyman 1951-yili o‘zi ko'payuvchi dasturlar mexanizmi nazariyasini taklif qiladi.


Djon fon Neyman

Birinchi viruslar sifatida Apple II shaxsiy kompyuterlari uchun 1981-yilda yaratilgan Viras 1,2,3 va Elk cloner dasturlari hisoblanadi. 1996- yilda Windows uchun Win95.Boza deb nomlanuvchi birinchi viras yaratildi.

Kompyuterning viruslar bilan zararlanganligi quyidagi belgilarda namoyon bo‘ladi:

Ekranda kutilmagan xabar, tovush yoki tasvirlar hosil bo‘ladi;

• Kompyuterda noma’lum dasturlaming ishga tushishi;

• Kompyuter tez-tez “osilib” qolishi yoki sekin ishlashi;

• Fayllar yo‘qolib yoki kengaytmasining o‘zgarib qolishi.

Oldinlari turli ko‘ngilochar dasturlar jamlangan ma’lumot tashuvchi disketlar virus tarqalishining asosiy vositasi hisoblangan bo‘lsa, hozirgi paytga kelib, lokal va Internet tarmoqlari orqali tarqalayotgan viruslar asosiy xavf manbaiga aylanib bormoqda.

Hozirgi kundagi viruslar turlari

  • Troyanlar (Trojan Horses) – Qadimgi yunonlarning Troyaga yurishlari davrida qo‘llagan hiylasi, ya’ni troyaliklarni otga ishqiboz ekanligidan foydalanib, ularga katta yog‘och ot sovg‘a qilishlari va bu otning troyaliklar mag‘lubiyatiga olib kelishi voqeasidan olingan nom. Hozirda troya oti iborasi «hosiyatsiz sovg‘a” degan ma’noni bildiradi. Kompyuter va internet dunyosida troyanlar «hosiyatsiz programma” deb nomlanishi maqsadga muvofiq. Troyanlar odatda internet orqali tarqaladi. Troyanlar kompyuteringizga o‘rnashib olib, dastlab foydali programma sifatida o‘zlarini tanishtiradilar, lekin ularning asl vazifasi foydalanuvchiga noma’lumligicha qoladi. Yashirin ravishda ular o‘zlarining yaratuvchisi (cracker – yovuz haker) tomonidan belgilangan harakatlarni amalga oshiradilar. Troyanlar o‘z-o‘zidan ko‘paymaydi, lekin kompyuteringiz xavfsizligini ishdan chiqaradi: troyanlar kerakli ma’lumotlaringizni o‘chirib yuborishi, kompyuterdagi ma’lumotlarni kerakli manzilga jo‘natishi, kompyuteringizga internetdan ruxsatsiz ulanishlarni amalga oshirishi mumkin.

Chuvalchang viruslar (Worms) – Chuvalchang viruslar o‘z nomiga mos ravishda juda tez o‘z-o‘zidan ko‘payadigan viruslardir. Odatda bu viruslar internet yo‘li intranet tarmoqlari orasida tarqaladi. Tarqalish usuli sifatida elektron xatlar yoki boshqa tez tarqaluvchi mexanizmlardan foydalanadi. Ular haqiqatdan ham kompyuteringizdagi ma’lumotlar va kompyuter xavfsizligiga katta ziyon yetkazadi. Chuvalchang viruslar operatsion tizimning nozik joylaridan foydalanish yoki zararlangan elektron xatlarni ochish yo‘li bilan kompyuteringizga o‘rnashib olishi mumkin.


Boot sektor viruslari (Bootsector viruses) – Bu viruslar kompyuterning ishlay boshlashi (zagruzka) uchun foydalaniladigan qattiq diskning maxsus qismini ishdan chiqaradi. Bu virus kompyuteringizni zararlaganidan keyin, kompyuter ishlamay qolishi mumkin. Odatda floppy disklar orqali tarqaladi.
Kompyutеrni viruslar bilan zararlanishidan saqlash va axborotlarni ishonchli saqlash uchun quyidagi qoidalarga amal qilish lozim:
- kompyutеrni zamonaviy antivirus dasturlar bilan ta’minlash;
- diskеtalarni ishlatishdan oldin har doim virusga qarshi tеkshirish;
- qimmatli axborotlarning nusxasini har doim arxiv fayl ko‘rinishida saqlash.
Kompyutеr viruslariga karshi kurashning quyidagi turlari mavjud:
- viruslar kompyutеrga kirib buzgan fayllarni o‘z holiga qaytaruvchi dasturlarning mavjudligi;
- kompyutеrga parol’ bilan kirish, disk yurituvchilarning yopiq turishi;
- disklarni yozishdan himoyalash;
- litsеnzion dasturiy ta’minotlardan foydalanish va o‘g‘irlangan dasturlarni qo‘llamaslik;
- kompyutеrga kiritalayotgan dasturlarning viruslarning mavjudligini tеkshirish;
- antivirus dasturlaridan kеng foydalanish;
- davriy ravishda kompyutеrlarni antivirus dasturlari yordamida viruslarga qarshi tеkshirish.

Antiviruslar ichida eng ishonchli himoya vositasi sifatida revizor - dasturlar hisoblanadi.


Revizorlar kompyuterdagi dasturlarning viruslar bilan zararlanmagan dastlabki holatini yodda saqlaydi va joriy holatni solishtirib boradi.

Viruslardan himoyalanish uchun keng ko’lamda foydalaniladigan anivirus dasturlar

  • 1DrWeb,
  • 2 ESET NOD32,
  • 3Avast Internet Security,
  • 4 Bitdefender Total Security
  • 5 Norton Antivirus,
  • 6Kaspersky Security

Internet tarmog‘iga ulangan kompyuter - yangilash yordamida eng kamida bir oyda bir marta antiviruslar bazasini yangilab turish zarur.


Buning natijasida foydalanuvchi kompyuterni jahon hisoblash to‘rida to'xtovsiz ishlab chiqilayotgan yangi viruslardan himoyalanishni mustahkamlaydi.

Ishchi dasturlar yordamida kompyuterni himoyalash rejasini amalga oshirish, statistikasi va monitoringini olib borish, zaruriyat bo‘lganda qaytadan tiklash uchun ehtiyot disklarini yaratish kabi vazifalarni bajarish mumkin.

E’tiboringiz uchun Rahmat!


Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə