Kompyuterning Dasturiy Ta’minoti



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə6/7
tarix07.04.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#104615
1   2   3   4   5   6   7
Kompyuterning Dasturiy Ta’minoti

Qattiq diskni tekshirish
Kompyuterni harid qilgach, uning vinchesterida nima borligini tekshirish darkor. Endigina sotib olingan kompyuter vinchesteridagi barcha dasturlariga xuddi yangidek qarash kerak. Shuning uchun, yangi olingan mashina vinchesterini testdan o'tkazing, shuningdek, hamma disketalarni virusdan detektor-dasturlar bilan tekshiring. Vinchesterni testdan o'tkazish chog'ida, albatta, yozuvdan saqlangan, toza sistema disketalari yordamida yuklanadi.
Himoyalashning o'ziga xos usullari:
Disketaning normal holati - uning yozuvdan himoyalangan holatidir. Himoya faqat axborotni yozish chog'ida olinishi kerak. Faqat yozishdan himoyalangan disketalarni ishlatib, antivirus dasturlari, sistemali disketalarni ko'ngil to'q bo'lishi uchun ehtiyot qilib saqlash joiz.
Axborotlarni tiklash:
Shuni ta'kidlash kerakki, "zaralangan" axborotlarni eng qiyin vaziyatlarda ham tiklash mumkin. Biroq viruslar "zararlagan" fayllarni tiklash sistema dasturchilaridan yuksak mahorat talab etadi.
Ko'pincha qutqarish mumkin bo'lgan fayl yoki ma'lumotlar sistemali bloklarni formatlash jarayonida shikast yeydi, bunda axborotning yo'qolib ketish ehtimoli ham bor.
Yuqorida aytganimizdek, dasturni saqlashning eng yaxshi yo'li - uni arxivlab qo'yish. Lekin shunday bo'lsa ham har ish kuni so'ngida dastur va fayllarning joylashishini birma-bir ko'zdan kechirish darkor.
Antivirus dasturlari
Kompyuterdagi ma'lumotlar va dasturlar ma'lum virus dasturi tomonidan o'chirilib yuborilishi yoki shikastlanishi mumkin. Virus-dasturlari dasturchilar tomonidan tajriba uchun yoki yomon niyatlarda yaratilib, asosan ular quyidagi vositalar orqali Sizning kompyuteringizga kirishi mumkin:
- noma'lum disketadagi ma'lumotlarni o'qish natijasida (hujjat, o'yin va boshqalar);
- internet tarmog'idan ba'zi xil dasturlarni yuklash natijasida;
- elektron-pochta orqali;
- lokal tarmoq orqali;
- noqonuniy ko'chirilgan va tarqatilayotgan dasturlardan foydalanish oqibatida;
Virus dasturlari asosan Assembler dasturlash tilida tuziladi va ular salbiy ta'siri bo'yicha bir nechta guruhga bo'linadi:
1. Sodda viruslar - operativ xotirani band qilib, kompyuterning ishlashi sekinlashtiradi.
2. Maxsus "stels" viruslari, ular joylashishini o'zgartirib turadi va ularni topish ancha murakkab.
3. Ma'lumotlarga o'zgartirish kiritadigan viruslar.
4. Ma'lumotlarni o'chiradigan viruslar.
5. Foydalanuvchining ayrim bir (mahfiy) ma'lumotlarini Internet tarmog'i orqali virusni yaratgan shaxsga yuboradigan viruslar.
Kompyuterdagi ma'lumotlarni viruslardan himoya etish uchun antivirus dasturlar ishlab chiqarilgan.
Antivirus dasturlar AQSh, Kanada, Rossiyaning bir qator firmalari tomonidan ishlab chiqarilmokda.
Antivirus dasturlar rezident va norezident turlarga bo'linadi: rezident antivirus dasturi kompyuter yoqilganidan o'chirilguncha qadar operativ xotira, aktiv (joriy) dasturlarni, fayllarni virusga tekshirib turadi. Rezident antivirus dasturi o'zining ishini foydalanuvchiga bildirmasdan olib boradi, faqat ayrim hollarda foydalanuvchidan virusi mavjud faylni davolashga ruxsat so'raydi. Norezident antivirus dasturlar esa faqat foydalanuvchining o'zi ko'rsatgan joylarni va belgilangan vaqtda tekshiradi va davolaydi. Hozirgi kunda quyidagi antivirus dasturlar keng tarqalgan:
1. DrWeb for DOS;
2. DrWeb for Windows;
3. Antiviral Tool Kit Pro;
4. AVP Platinium;
5. Norton Antivirus;
6. McAfee;
7. Aidstest;
Doctor Web, AVP, Aidstest antivirus dasturlari Rossiyaning "Kasperskiy" laboratoriyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va u MDH davlatlarida ko'p uchraydigan viruslardan xabari bor. Norton Antivirus mashhur Symantec firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo'lib, u topa oladigan viruslar soni 100000 dan ortiq. AVP dasturi virusdan himoyalaydigan eng ishonchli antivirus dasturi hisoblanadi. DrWeb dasturining rezident tekshiruv dasturi Spider - Windows rejimida tekshiruvni olib boradi. Bitta kompyuterda bir nechta turdagi antivirus dasturlar o'rnatmagan ma'qul, chunki ularning virusni topish usullari (algoritmlari) har xil hamda ular ham ?zlarini viruslar kabi tutadilar va bu holda ular o'zaro "kelisha olmay qolishlari" mumkin.
AVP antivirus dasturlar majmuasi (kompleksi)
Antiviruslar ham dastur bo'lib, virus tomonidan shikastlanishi mumkin. Buning oldini olish uchun antivirus dasturi himoyaga ega bo'ladi, ya'ni unda maxsus alohida modul bo'lib, u antivirusni viruslardan himoyalashga qaratilgan bo'ladi.

Amerika Qo'shma Shtatlarida antivirus dasturlaridan Symentec kompaniyasining Norton Antivirus va Network Associates kompaniyasinig McAfee dasturlari keng tarqalgan.
Rossiya, O'zbekistonda yuqorida ko'rsatilgan antivirus dasturlar bilan birgalikda Rossiya Federasiyasida ishlab chiqarilgan Doctor Web va AVP antivirus dasturlar kompleksi qo'llaniladi.
2005 yilning yakuni bo'yicha Kasperskiy laboratoriyasining AVP antivirus kompleksi eng yaxshi dastur sifatida tan olingan. U modullardan iborat bo'lib, har bir modulni yangilash imkoni mavjud, ya'ni dasturni butunlay o'zgartirmasdan yangi versiyasiga almashtirish mumkin.
AVP kompleksi quyidagi modullardan tashkil topgan:
- AVP Control Center - AVP ning boshqarish markazi.
- AVP Scanner (AVP Skaner) - tashqi xotirani viruslardan tozalash uchun xizmat qiladi.
- AVP Monitor (AVP Monitor) - kompyuterga tarmoq orqali yoki boshqa usullar bilan kirib kelayotgan ma'lumotlardagi va birinchi navbatda kompyuterning tezkor xotirasidagi viruslarni topish uchun xizmat qiladi.
- AVP Updates (AVP yangilash) - dasturni yangi viruslarning namunalari bilan to'ldirish uchun xizmat qiladi.
AVP Control Center
AVP Control Center - boshqaruv moduli bo'lib antivirus kompleksining ishlash rejimlari, tekshiruv parametrlari, usullari, tekshiruvni boshlash vaqti, yangilash vaqtini belgilab beradi. Odatda, AVP kompleksi o'rnatilganidan keyin AVP boshqaruv paneli Windows bilan birgalikda ishga tushadi. Bu holda masalalar satrining o'ng burchagida uning belgisi paydo bo'ladi.
Uni ishga tushirish uchun Pusk/Programmi/AntiViral Toolkit Pro/AVP Control Center ni tanlash kerak. Natijada ekranda uning oynasi hosil bo'ladi.
AVP Control Center oynasi quyidagi bo'limlardan iborat:
- Components - antivirus kompleksiga kiruvchi modullar ro'yxati, versiyalari va oxirgi yangilanish sanasi
- Tasks - bajariladigan vazifalar ro'yxati;
- Report - hisobotlar bo'limi;
- Password - AVP Control Center dasturini yuklashga va chiqib ketishga parol o'rnatish. Kerakli o'zgartirishlar kiritilganidan keyin OK tugmasi chertiladi. O'zgartirishlarni bekor qilib chiqish uchun "Cancel" tugmasi bosiladi.
AVP Scanner moduli
Bu modul foydalanuvchi ko'rsatgan joylarni va ko'rsatilgan vaqtda tekshirish va zarurat tug'ilsa, davolash uchun mo'ljallangan, u avtomatik tarzda AVP Control Center tomonidan yoki foydalanuvchi tomonidan ishga tushishi mumkin.
AVP Scanner modulini ishga tushirish uchun quyidagilarni bajarish kerak bo'ladi:
"Pusk" / "Programmi"/ "AntiViral Toolkit Pro"/ AVP Scanner tanlanadi. Natijada ekranda quyidagi oyna hosil bo'ladi:

U yuklanish jarayonida operativ xotirani virusga tekshiradi va lozim b?lsa yangilanish kerakligini ta'kidlaydi.
Uning oynasi quyidagi kismlardan iborat:
- Location - tekshiriladigan disk va katolog ko'rsatish;
- Objects - tekshiriladigan ob'ektlarni - fayllar turini ko'rsatish;
- Actions - virus topilganida bajariladigan amalni ko'rsatish;
- Options - tekshiruvni olib borish tartibi va parametrlarini ko'rsatish;
- Statstics - hisobot va statistika oynasi.
Location bo'limi

Local Hard Drives - kompyuterning qattiq disklari tekshirilishi kerakligini ko'rsatish;
Network Drives - tarmoq qattiq disklari tekshirilishi kerakligini ko'rsatish;
Floppy Drives - disketa tekshirilishi kerakligini ko'rsatish;
Add Folder - joriy katlogni tekshirish lozim bo'lgan kataloglarga qo'shish;
Scan Now - tekshiruvni boshlash;
Object - topilgan xato va virusli fayllarni ko'rsatish bo'limi.
Objects bo'limi

Memory - xotirani tekshirish;
Sectors - qattiq disk yoki disketaning yuklanish sektorini tekshirish;
Files - fayllarni tekshirish;
Packed Files - siqilgan fayllarni tekshirish;
Archives - arxiv fayllarini tekshirish;
Mail databases - elektron pochta fayllarini tekshirish;
Smart - tekshiruvni yuzaki o'tkazish;
Programs - faqat dastur fayllarini tekshirish;
All files - barcha fayllarni tekshirish;
User defined - foydalanuvchi ko'rsatgan turdagi fayllarni tekshirish.
Actions bo'limi

Report Only - topilgan virus to'g'risida faqat hisobot berish.
Display Disinfect dialog - aniqlangan virus faylini davolash to'g'risida so'rov oynasini chiqarish;
Disinfect automatically - avtomatik tarzda davolash;
Delete object automatically - aniqlangan virusli fayllarni avtomatik tarzda o'chirish;
Copy to Infected Folder - topilgan virusli fayllarni ko'rsatilgan katalogga ko'chirish.

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə