Kompyuterning Dasturiy Ta’minoti



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə1/7
tarix07.04.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#104615
  1   2   3   4   5   6   7
Kompyuterning Dasturiy Ta’minoti




 §5. Kompyuterning Dasturiy Ta’minoti




Do`stiga yuborish Bosma uchun versiya

3-BOB. KOMPYUTERNING DASTURIY TA'MINOTI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
5.1. Dasturiy ta'minot vazifasi va turlari

Kompyuter ikkita ajralmas qismdan tashkil topgan bo'ladi: apparat ta'minoti (hardaware) va dasturiy ta'minot (software). Ular o'zaro bog'langan holda yagona uyg'unlikda ishlaydi va muayyan vazifalarni bajaradi.
Kompyuterning imkoniyatlarini kengaytiradigan va turli vazifalar bajarishini ta'minlaydigan vosita bu albatta dasturiy ta'minotdir. Dasturiy ta'minot odatda kompyuterning qattiq diskida saqlanadi va kompyuter yoqilishi bilan maxsus dastur - operasion sistema ishga tushadi.
Dasturiy ta'minot ikkita asosiy guruhga bo'linadi:
1. Sistema dasturiy ta'minoti
2. Amaliy dasturiy ta'minot
Sistema dasturiy ta'minotga odatda operasion sistema va qobiqlar, qo'shimcha dasturiy ta'minotga ega yordamchi vazifalarni bajaradigan har xil dastur va dasturiy majmualar kiradi (masalan, matn muharriri, elektron jadval, grafik dasturlar va hokazo).
Bundan tashqari, dasturiy ta'minot tarqatilishi va targ'ib qilinishi bo'yicha quyidagi 3 ta turga ajratiladi:
- Software - qiymati 100% to'langanidan keyin o'rnatilib, foydalaniladigan dasturiy ta'minot.
- Shareware - aprobasiya, ya'ni sinovdan o'tkazish muddatiga ega bo'lgan (odatda 7 kundan 40 kungacha, yoki bir necha bor kirib ishlashga) yoki imkoniyatlari cheklangan dasturiy ta'minot. Undan foydalanib, zarurligi aniqlanganidan keyin xarid qilish mumkin.
- Freeware - mutlaqo bepul dasturiy ta'minot. Aksariyat hollarda reklama sifatida yoki dasturchilarning ilk ishlanmalari tarqatiladi.
Kompyuterga dasturiy ta'minotni o'rnatish jarayoni installyasiya deyiladi, uni o'chirish esa deinstallyasiya deb ataladi. Biror bir dasturiy ta'minotni o'rnatishdan oldin sistema talablarini, ya'ni kompyuterga qo'yiladigan talablarni ko'rib chiqib, mosligini aniqlash lozim. Agarda kompyuterning konfigurasiyasi dasturning sistemaga bo'lgan talablariga javob bermasa, u holda mazkur dastur ishlamaydi yoki noto'g’ri ishlaydi.
Dasturiy ta'minotni o'rnatishga mo'ljallangan nusxasi odatda zich holatdagi majmua shakliga ega bo'lib distributiv deb nomlanadi. Distributiv aksariyat hollarda kompakt-diskda joylashgan bo'ladi, lekin zarurat tug'ilsa, uning nusxasini qattiq disk yoki boshqa ma'lumot saqlash vositasiga ko'chirish mumkin.
Har bitta distributiv lisenzion shartnoma (yoki kelishuv)ga ega bo'lib, o'rnatish uchun zarur bo'ladigan maxsus kalit yoki maxfiy parolga ega bo'ladi (cd-key). Mazkur parol yoki kalit kiritilmaguncha dasturiy ta'minotni o'rnatib bo'lmaydi.
IBM arxitekturasiga ega bo'lgan kompyuterlar uchun dasturiy ta'minotni butun dunyo bo'yicha ko'plab firma va kompaniyalar ishlab chiqaradi. Ularning ayrimlari yirik korporasiya bo'lib, butun dunyoga mashhur bo'lsa, boshqalari biror bir mintaqada keng tarqalgan bo'lishi mumkin. Misol tariqasida Microsoft, Adobe, Macromedia, Borland, Symantec, Corel kompaniyalarini keltirish mumkin.
Dasturiy ta'minot odatda kompakt disklarda tarqatiladi va uni o'rnatish uchun kompyuterda kompakt disklarni o'qish qurilmasi (masalan: CD ROM, CD-Writer, DVD ROM, DVD-Writer) o'rnatilgan bo'lishi kerak.
Dasturiy ta'minot bajaradigan vazifasi bo'yicha bir nechta guruhga bo'linadi va har bitta guruhga kiruvchi dasturlar o'zaro turlarga bo'linadi. Dasturiy ta'minotning asosiy guruhlari:
- Operasion sistemalar - kompyuter va foydalanuvchi o'rtasida muloqot o'rnatish, kompyuterni va dasturlarni ishini boshqarish uchun mo'ljallangan. Misollar: MS DOS, Windows XP, Vista, Linux, Unix, OS/2, Mac X va boshqalar.
- Matn muharriri - matn kiritish, tahrirlash, saqlash va ochish, chop etish, matnni formatlash kabi vazifalarni bajaradigan dastur. Misollar: MS Word, Lexicon, Wordpad, Notepad va boshqalar.
- Elektron jadvallar - jadvalga matn, raqam va formula kabi ma'lumotlar kiritib, ular ustida hisob-kitoblar bajarish, diagrammalar yaratish imkonini beradigan dastur. Misollar: Lotus, MS Excel va boshqalar.
- Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi - ma'lumotlarni maxsus jadvallarga kiritib, tartibga solish, kerakli ma'lumotni izlash, ma'lumotlar omborini yaratish kabi vazifalarni bajaradigan dastur. Misollar: MS Access, Foxpro, Clipper, Paradox, Oracle va boshqalar.
- Taqdimot yaratish - har xil mavzuda namoyish va taqdimot yaratish, ularga jadval, rasm, audio, video va multimedia ma'lumotlarni tadbiq etish imkoniyatlariga ega bo'lgan dastur. Misollar: MS PowerPoint, Macromedia Director va hokazo.
- Grafik muharir - rastrli, vektorli va boshqa grafikani yaratish, tahrirlash, ishlov berish kabi vazifalarni bajaradigan dastur. Misollar: Adobe Photoshop, Corel Draw, Macromedia Flash, Macromedia FreeHand, Adobe Illustrator, 3D Studio Max, Maya va hokazo.
- Multimedia dasturlari - mazkur dasturlar toifasi har xil turdagi multimedia axborot fayllarini (audio, video va hokazo) ochish va ijro etish va ular ustida boshqa har xil amallarni bajarish imkoniyatini yaratuvchi dasturlar. Misollar: Sound Forge, Cakewalk, WinAmp, Windows Media Player, DivX Player va boshqalar.
- Antivirus - kompyuterni viruslardan saqlash va himoyalash, qattiq disk, media vositalarni virusga tekshirish va davolash vazifalarini bajaradigan dastur. Misollar: Norton Antivirus, NOD32, MacAfee Antivirus, Panda Antivirus, DrWeb, Antivirus Kasperskogo va boshqalar.
- Arxivator - kompyuterdagi ma'lumotlarni ixcham shaklga keltirish, ya'ni arxivga joylashtirish, chiqarish, yangilash kabi vazifalarni bajaradigan dastur. Misollar: ARJ, RAR, ZIP, WinZip, WinAce, WinRAR va hokazo.
- Fayl menejerlari - fayl va kataloglar (katalog, direktoriy) ustida bir qator amallarni bajarish imkonini beradi - yaratish, o'chirish, nusxa ko'chirish, nomini o'zgartirish, ko'chirish, tahrirlash, ochib ko'rish va hokazo. Misollar: Norton Commander, Dos Navigator, Far Manager, Volkov Commander, Total
Commander va boshqalar.
Bundan tashqari o'yin, skanerdan ma'lumot kiritish, ma'lumotnoma va ensiklopediya, o'qitish, tarjimon va boshqa turdagi dasturlar toifalari ham mavjud.
Kompyuterga o'rnatilgan har bir dastur operasion sistemada maxsus fayl - reestr da ro'yxatdan o'tadi. Agarda biror dasturni o'chirish kerak bo'lsa u holda quyidagilardan birini bajarish kerak bo'ladi:
1. Boshla Pusk menyusidagi dasturlar guruhida o'chirilish kerak bo'lgan dastur katalogsini topib, u yerda Udalenie (o'chirish) bandini tanlash kerak. Natijada dasturni o'chirish ustasi ishga tushadi va ko'rsatmalar berilganidan keyin dasturni o'chiradi.

- Panel upravleniya (Boshqaruv paneli) da Ustanovka i udalenie programm (Dasturlarni o'rnatish va o'chirish) bandini tanlash kerak. Natijada kompyuterga o'rnatilgan dasturlar ro'yxatini o'ziga olgan oyna hosil bo'ladi.
Mazkur oynada o'chirilishi kerak bo'lgan dasturni tanlab, o'ng tomondagi Udalit (?chirish) tugmasini bosib, dastur to'laqonli o'chirilishini kutish kerak.

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə