Kon jihozlarining tarkibi va klassifikatsiyasi



Yüklə 44,79 Kb.
səhifə4/6
tarix23.12.2023
ölçüsü44,79 Kb.
#154731
1   2   3   4   5   6
KON JIHOZLARINING TARKIBI VA KLASSIFIKATSIYASI

Bekituvchi qurilmalar–neft, gaz va suv uzatmalarini bekitishda va germetiklashda keng qo’llaniladigan jihozlarning turiga kiradi. Bekitish qurilmalari favvora armaturasida suyuqlik yoki gazni oqimini boshqarish hamda gazlift va boshqa turdagi quduqlarni ishlatishda qo’llaniladi.

  • Nasos kompressor quvurlari neft va gaz qazib olish sanoatida keng qo’llaniladi. Quduqlarni favvora, gazlift va mexanik usullarda ishlatishda ko’targichlar sifatida foydalaniladi hamda har xil turdagi texnologik jarayonlarda, yuqori bosimli quvurlarda ko’pincha burg’ilash jarayonida ham qo’llaniladi.

  • Mexanik uzatmali shtangali nasoslar neft sanoatida keng qo’llanilmoqda, ular yordamida quduqlarning ikki qismi ishlatiladi. Jihoz shtangali nasos yordamida suyuqlikni ko’tarishga mo’ljallangan. Guruhga quduq nasosi mansub bo’lib, nasos kompressor quvurlar yordamida harakatga keltiriladi. Nasos shtangasi va yer usti uzatmalari kiradi, energetik qurilma va mexanik aylantirgich valning aylanma harakatini shtanga tizmasini ilgarilanma – harakatini uzatuvchi qurilmadir.

  • Gidravlik uzatmali shtangali qurilmada mexanik aylantirgichni o’rniga gidravlik qurilmaning qo’llanilishi bilan farq qiladi, metall sarfini, massasini keskin kamaytiradi, qurilmaning tagiga quvvatli poydevor qurish talab qilinmaydi. Mexanik uzatmali qurilmaning gidravlik uzatmalarining ko’p sonli turlari mavjud, o’lchamlari konstruktiv variantlari har xil parametrlarga va tasniflarga ega.

  • Shtangasiz qurilma markazdan qochma elektr nasoslar yordamida yuqori debitli quduqlarni ishlatishga mo’ljallangan. Ko’p sonli har xil o’lchamlarda tayyorlanadi va yetkazib beriladi, uning tarkibiga elektr dvegatelli markazdan qochma nasos quvurining birikmasi kiradi va ingichga mustaqil kabel yordamida quduqqa birgalikda tushiriladi va elektr uzatma bilan yer ustidan boshqariladi.

  • Shtangasiz elektr vintli quduq nasoslari debiti katta bo’lmagan quduqlarni ishlatishda qo’llaniladi va markazdan qochma vintli nasoslardan farq qiladi.

  • Shtangasiz gidravlik porshenli quduq nasoslar chuqur va qiya yo’naltirilgan quduqlarda qo’llaniladi. Qurilmaning tarkibiga nasos qurilmasining birikmasi orqali quduqqa tushiriladigan gidravlik uzatmali nasoslar, yer usti kuch beruvchi uzatmali nasoslar, gidravlik uzatma, quduq nasosiga ishchi suyuqlikni haydagich va ishchi suyuqliklar tayyorlanadigan tizimlar kiradi.

  • Bir quduq orqali bir nechta har xil tasniflarga ega bo’lgan

    1. qatlamlardan foydalanadigan jihozlar bir stvolga joylashtiriladi va tarkibiga har xil turdagi jihozlarning majmuasi kiradi (favvora va nasoslar), natijada bir quduq orqali ko’p qatlamli neft va gaz konlari birgalikda ishlatiladi va ishlatish quduqlarining soni qisqartiriladi. Bu guruhdagi jihozlarning tarkibiga quduq stvolini ajratuvchi quduqqa tushiriladigan pakerlar, ko’targichlar – u yoki bu usulda quduq ichidan suyuqlikni yer ustiga ko’tarib beradi, quduq ustida joylashtirilgan jihozlar har xil tasnifdagi qazib olingan neft yoki gazni yig’ish tizimlariga yo’naltiradi.

      1. guruh. Birinchi holatda yer osti ta’miri kapital ta’mirlash, ikkinchidan esa – quduqni joriy ta’mirlash deyiladi. Bundan tashqari shu guruhdagi jihozlar orqali quduq kapital ta’mirdan keyin ba’zida esa burg’ilangandan so’ng o’zlashtiriladi. Bu guruhdagi jihozlardan quduqlarni favvora, gazlift yoki nasos ko’targichlar yordamida jihozlashda ham foydaniladi.

    1. Guruhga quyidagi jihozlar kiradi:

      1. Ko’targichlar – tushirish-ko’tarish operatsiyalarida quduq ichidagi favvora va gazliftlarning hamma turdagi quduq nasoslarini, quvur tizmasini, shtangani, kabellarni ko’tarib olishda qo’llaniladi.

      2. Barqaror (ko’chmas) yuk ko’taruvchi inshootlar ko’targichlar bilan birgalikda qo’llaniladi. Ko’targichlar tarkibiga uzatmalar, chig’ir, transport bazasi, polispast tizimi kiradi va ulardan asosan joriy tamirlashda foydalaniladi.


      3. Yüklə 44,79 Kb.

        Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə