Konferensiyasi


TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 19-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE



Yüklə 1,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/38
tarix23.07.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#119845
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   38
63ed0704130b8 19 respublika ilmiy onlayn 10-TA

TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 19-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE 
KONFERENSIYASI 
www
.
bestpublishing.
org
176 
ROST VA YOLG„ON MULOHAZALAR, KVANTORLAR. 
 
Usmonov Maxsud Tulqin o„g‟li 
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
 Qarshi filiali 3-kurs talabasi
Annotatsiya:
Rost yoki yolg‗on mazmundagi gaplar mulohazalar deyiladi. Masalan, 
«0‗zbekistonning poytaxti Toshkent», «4 soni juft» mazmundagi gaplar rost mulohazalarga, 
«Pedagogika kollejini tugatgan talabalarga hamshira mutaxassisligi beriladi», — degan 
gap esa yolg‗on mulohazaga misol bo‗la oladi. Umuman har bir mulohaza ikkita qiymatga 
ega bo‗lishi mumkin: rost (1) va yolg‗on (0). 
Kalit so‟zlar: 
ixtiyoriy, harqanday, harbir, barcha (hamma)umumiylik kvantorlari 
va mavjud, ba‘zi, topiladi, aqalli bitta kvantorlari. 
Agar A va B mulohazalaming ikkalasi ham rost bo‗lsa, u holda «A va B» 
ko'rinishidagi mulohazalar rost bo‗ladi. Agar ulardan birortasi yolg'on bo‗lsa, unda «A va 
B» mulohaza yolg‗on bo'ladi. 
1- misol. 12 soni juft va 5 ga bo‗linadi. Mulohazaning rost yoki yolg'onligini aniqlang. 
Yechish. Mulohaza «A va B» ko'rinishdagi mulohaza bo‗lib, A — «12 soni juft», B — 
esa «12 soni 5 ga bo‗linadi». Ko'rinib turibdiki, A mulohaza rost, B mulohaza esa yolg‗on 
(chunki 12 soni 5 ga bo'linmaydi). Bundan berilgan mulohazani yolg'onligi kelib chiqadi.
2- misol. 6 kichik yoki teng 11 mulohazasi rost bo‗lishi mumkinmi? 
Y e c h i s h. Bu murakkab mulohaza «A yoki B» ko‗rinishga ega bo'lib, A — «6 
kichik 11», B — «6 teng 11». Ko'rinib turibdiki, A — mulohaza rost, B — mulohaza esa 
yolg'on. Bundan berilgan mulohazaning rostligi kelib chiqadi. Demak, A va B 
mulohazalardan birortasi rost bo'lsa, «A yoki B» mulohaza rost bo‗ladi. 
3- misol. 7 kichikyokiteng 5 mulohaza rostbo‗Iishi mumkinmi? 
Y e c h i s h. Bu «A yoki B» mulohaza bo‗lib, A — «7 kichik 5», B — esa «7 teng 5». 
Ko‗rinib turibdiki, A mulohaza yolg‗on, B mulohaza ham yolg‗on. Unda berilgan 
mulohazaning yolg‗onligi kelib chiqadi. Demak, agar AvzB mulohazalarning har ikkalasi 
yolg'on bo‗lsa, «A yoki B» mulohaza yolg‗on bo‗ladi. 
4- misol. «14 tub son». Gapni izohlang. 
Y e c h i s h. Bu yolg'on mulohaza, chunki 14 soni faqatgina 1 soniga bo‗linmasdan, 
balki 2, 7 yoki 14 sonlariga ham bo‗linadi. Bu mulohazaning inkorini «14 ni tub son, deyish 
noto‗g‗ri». Rost mulohaza hosil bo‗ldi. Shunday qilib, «14 tub son» mulohazasining 
inkorini «14 tub son emas» deb yozish mumkin. Bu ham rost mulohaza bo‗ladi. 
Odatda, A mulohazaning inkorini A deb belgilash qabul qilingan va «A emas» deb 
o‗qiladi. 
Umuman, agar A rost bo‗lsa, yolg'on va A yolg‗on bo‗lsa, rost bo‗ladigan mulohaza A 
mulohazaning inkori deyiladi. 



Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə