21
20) parlament tekshiruvini oʻtkazish;
21) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda
nazarda tutilgan boshqa
vakolatlarni amalga oshirish.
Palatalarning birgalikdagi vakolatlariga kiradigan masalalar, qoida
tariqasida, avval Oʻzbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Qonunchilik
palatasida, soʻngra Senatida koʻrib chiqiladi.
94-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi mutlaq
vakolatlari quyidagilardan iborat:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining ijro etilishi ustidan
nazoratni amalga
oshirish;
2) Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini koʻrib chiqish;
3) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston
Respublikasi Bosh vaziri nomzodini koʻrib chiqish va maʼqullash;
4) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakatni ijtimoiy-
iqtisodiy jihatdan rivojlantirishning dolzarb masalalari yuzasidan,
shuningdek
Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining oʻz faoliyati masalalari yuzasidan hisobotlarini
eshitish;
5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzoligiga nomzodlarni koʻrib chiqish
va maʼqullash;
6) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mamlakat ijtimoiy-
iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari boʻyicha har yilgi maʼruzasini
eshitish;
7) davlat organlarining mansabdor shaxslariga parlament soʻrovini
yuborish va parlament nazoratining boshqa shakllarini amalga oshirish;
8) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
Spikeri va uning oʻrinbosarlarini, qoʻmitalarning
raislari va ularning
oʻrinbosarlarini saylash;
9) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini
daxlsizlik huquqidan mahrum etish toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish;
10) oʻz faoliyatini tashkil etish va palataning ichki
tartib qoidalari bilan
bogʻliq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish;
11) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar
yuzasidan, shuningdek davlatning ichki va tashqi siyosati
masalalari yuzasidan
qarorlar qabul qilish;
12) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa
vakolatlarni amalga oshirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi oʻzini
oʻzi tarqatib yuborish toʻgʻrisida deputatlar umumiy
sonining kamida uchdan
ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi bilan qaror qabul qilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: