Ko’payish



Yüklə 3,37 Mb.
səhifə8/18
tarix17.12.2023
ölçüsü3,37 Mb.
#149893
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
1460191558 62083

Jinssiz ko’payish

  • Zoosporalar
  • Spora orqali
  • www.arxiv.uz

Zoosporalar- jinssiz ko‘payishning eng keng tarqalgan usuli hujayra kobig‘i yupqa bo‘lgan monand strukturali zoosporalar hosil bo’lishi bilan amalga oshadi. Zoosporalar tashqi tuzilishi, xivchinlarining soni va bitta zosporangiyda hosil bo‘ladigan miqdori jihatidan har xil bo‘ladi. Ayrim suvo‘tlarining tallomi to‘liq zoosporaga aylanib, zoosporalaridan yangi tallomlar o‘sib chiqadi (xlamidomonada, xlorokokkum va bosh.).

  • Zoosporalar- jinssiz ko‘payishning eng keng tarqalgan usuli hujayra kobig‘i yupqa bo‘lgan monand strukturali zoosporalar hosil bo’lishi bilan amalga oshadi. Zoosporalar tashqi tuzilishi, xivchinlarining soni va bitta zosporangiyda hosil bo‘ladigan miqdori jihatidan har xil bo‘ladi. Ayrim suvo‘tlarining tallomi to‘liq zoosporaga aylanib, zoosporalaridan yangi tallomlar o‘sib chiqadi (xlamidomonada, xlorokokkum va bosh.).
  • Bir hujayralilarda
  • www.arxiv.uz

Ko‘p hujayralilarda

  • Ko‘p hujayrali suvo‘tlarining zoosporalari ayrim vegetativ hujayralarda (ulotriks, kladofora, edogonium va bosh.) yoki vegitativ hujayradan farq qiluvchi maxsus hujayralarda (kodium, kaulerpa, laminariya va bosh.) hosil bo‘lishi mumkin. Zoosporalar bir xivchinli (xrizosfayera, evglena va bosh.), bir—biriga teng bo‘lgan ikki xivchinli (xlorokokkum, xlamidomonada va bosh.), teng bo‘lgan 4 va undan ortiq xivchinli (ulotriks, ulva va bosh.), bir xil tuzilgan teng bo’lmagan xivchinli, ya’ni biri uzun ikkinchisi qisqa (dinobrion, peridinium va bosh) va nihoyat har xil teng bo’lmagan - biri kalta qamchinsimon, ikkinchisi esa uzun patsimon (qo‘ng‘ir, ayrim tillorang va sariq-yashil suvo‘tlarida) bo‘lishi mo‘mkin.
  • www.arxiv.uz

Spora orqali

  • Jinssiz ko‘payishning yana bir keng tarqalgan shakli spora hosil bo‘lib ko‘payishdir. Sporalar nisbatan qalin qobiqqa o‘ralgan bo‘lib, harakatsiz, noqulay sharoitga anchagina chidamli hisoblanadi. Hosil bo‘lishi va shakllarining xilma - xilligi jihatidan ular zoosporalarga o‘xshash bo’ladi. Sporalar sporangiyda bir donagina hosil bo‘lsa monospora (bangiyalar sinfining vakillari va ayrim yashil suvo‘tlarida), 4 tadan hosil bo‘lsa tetrosporalar (floridiyalar sinfi va ayrim qung‘ir suvo‘tlarida) deb ataladi. Sporalar qalin qobiqqa o‘ralib, ona hujayraga aynan o‘xshash bo‘lsa avtospora deb ataladi.
  • www.arxiv.uz

Yüklə 3,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə