Koreya tarixi



Yüklə 3,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/34
tarix11.12.2023
ölçüsü3,33 Mb.
#145220
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34
Valeriy Xan. Koreya tarixi

konjon)
tashkil qilgan. Shu bilan bir qatorda yerga 
bo'lgan xususiy mulk shakli (
sajon
) ham am alda bo'lgan . M am la- 
katdagi asosiy katta yerlar buddaviylik ibodatxonalari tasarrufida 
bo'lgan. Yerga bo'lgan xususiy m ulkchilik shaklining kengayishi 
m arkazlashgan davlatchilikning susayishiga sabab bo'lgan.
Koryoning birlashishi va m arkazlashgan davlatning m ustah- 
kam lanishi m am lakatning nafaqat siyosiy, balki iqtisodiy jihatdan 
ham rivojlanishida m uhim omil bo'ldi. Koryo iqtisodiyotida, aso- 
san, dehqonchilikka e'tibor qaratilib, quyidagilar am alga oshiril- 
gan:
Birinchidan, bu soha m uhim ekanligi haqida tushuntirish ishla- 
ri olib borilgan. Yil davom ida van va saroy a'yonlari ekin m aydon- 
lariga kelib, dalada tantanali ravishda bir necha jo'yak olishgan.
Ikkinchidan, m a'm uriy va iqtisodiy ch ora-tad birlar orqali qish- 
loqqa aholi jalb etilgan. Yerga askarlarning bir qism i (arm iya qis- 
qargandan so'ng), davlat nobilari, qam alganlar, qo'lga olingan 
daydilar va boshqalar biriktirilgan. Shim oliy yerlarni o'zlashtirgan 
chxoninlarni ozod qilish va'da qilingan. Q ishloq xo'jaligiga ishti- 
yoqni kuchaytirish m aqsadida vaqtincha soliqlar kam aytirilgan, 
qo'riq yerlar bir necha yil davom ida soliqlardan ozod qilingan.
U chinchidan, m ahalliy hokim lar tom onidan qishloq xo'jalik 
ekinlarini ekishdan to yig'ib olingungacha barcha b o'sh yerlar 
hisobga olingan. Ularni o'zlashtirish uchun esa dehqon urug' va 
ho'kiz bilan qarzga ta'm inlanishi lozim b o ig a n .
To'rtinchidan, urush davrida y ig ilib qolgan qurollar (m etall) 
tinchlik vaqtida qayta eritilib, dehqonlarga qishloq xo'jaligi asbo- 
bi tarqatilgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


V B o b . K O R Y O D A V I ATI
51
Beshinchidan, qo'shim cha irrigatsiya va m elioratsiya ishlari olib 
borilgan.
O ltinchidan, tabiiy ofatlar vaqtida ko'rilgan zararga qarab so- 
Jiqlar kam aytirilgan. A lohida holatlarda, jum ladan, ko'rilgan zarar 
70 foiz va undan yuqori bo'lsa, soliqlardan butkul ozod qilingan.
Ichki savdo va n arx-nav on i d av latn azo rat qilgan. Poytaxtda va 
qator yirik shaharlarda bozorlar bo'lib, ular 5 kunda 1 m arta ish- 
lagan. Bundan tashqari, katta va kichik savdo shoxobchalari ham
bo'lgan. M am lakatning turli xududlalari orasida kom m unikatsiya 
tizimi rivojlanm aganligi uchun, asosan, m ahalliy m ahsulotlar bi- 
lan savdo qilingan.
Tashqi savdoda Xitoyning Sun im periyasi asosiy ham kor hisob- 
langan. Shim olda, chegara savdosida koryolar kidanlar va chjurc- 
hjenlar bilan sav d o-so tiq ishlarini olib borishgan. Yapon savdogar- 
lari bilan ham ham korlik qilingan. Tashqi savdoga qim m atbaho 
m etall, g'alla, ipak, m ovut, jan g qurollari, zeb -ziy n at buyum lari
farfor, qog'oz, siyoh, yelpig‘ich, teri, jenshen va kitob olib chiqil- 
gan. Q o'shni m am lakatlarda yashil rangdagi koreys kulolchilik 
m ahsulotlari m ashhur boTgan. 11124-1025 va 1040 yillarda Koryo- 
ga ko'plab arab savdogarlari tashrif buyurishgan. Ular m am lakat- 
ga sim ob, bo'yoq va d ori-d arm on olib kirishgan.
Pul birligi sifatida g 'alla va m atodan foydalanilgan. 996 yili me- 
talldan tanga ishlab chiqarilgan, lekin u uzoq m uddat m uom ala- 
da bo'lm agan. 1097 yilda pul m uom alasi to'g 'risid a buyruq e'Ion 
qilingan bo'lib, unga ko'ra am aldorlar va askarlarga oylik m aosh 
sifatida pul berila boshlagan. Poytaxtda to‘lov tarzida faqat pul qa- 
bul qiiadigan savdo m arkazlari paydo bo'lgan. Biroq, K oreyaning 
b a'zi boshqa hududlarida yashovchi aholi sav d o-sotiqd a don va 
m atodan foydalanishni davom ettirgan.

Yüklə 3,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə