Koreya tarixi



Yüklə 3,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/34
tarix11.12.2023
ölçüsü3,33 Mb.
#145220
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34
Valeriy Xan. Koreya tarixi

P ek ch e 
Dastlab Pekche Koreya yarim oroli janubidagi ma-
xan
yoki boshqacha aytganda chinxan-m axan jam o- 
asi (ilk davlatchilik shakli) tarkibiga kirgan. Xitoy va koreys yilno- 
malarida Pekchening kelib chiqishi borasida to'rt xil qarash m avjud. 
Jum ladan, "Sam guk sagi"da Pekchening tashkil topishiga oid ikki 
xil fikr bildirilgan. Birinchisiga ko'ra, Pekche Koguryoning asoschisi 
Jum ongning o'g'li Onjo tom onidan tashkil qilingan. Rivoyatga ko'ra, 
Jum ongning birinchi nikohidan tug'ilgan katta o'g'li va vorisi Yuri 
Shimoliy Puyeda, ikkinchi xotinidan tug'ilgan Piryu va Onjo ismli 
o'g'illari Koguryoda yashagan. Yuri Koguryoga kelgan vaqtda Piryu 
va Onjo janubga jo'nab ketgan. Aynan bu yerda Ondjo yangi davlat- 
ga asos solgan. Ikkinchi taxminga ko'ra, Piryu va Onjo Jum ongning 
o'gay o'g'illari boTishgan. Ba'zi olim lar fikricha, Piryu va Onjo tari- 
xiy shaxslar emas, balki Pekche aholisi shakllanishiga asos boTgan
www.ziyouz.com kutubxonasi


28
l llB o b . UCH P O D SH O LIK D A V Rl
koreysjam oasini gavdalantiruvchi obrazlardir. Piryu Koguryo bosib 
olgan piryu urug'i, Onjo esa okcho qabilasining nomidan kelib chiq- 
qan. Aynan bu qarashga asoslanib, koreys tarixchilari Pekchening 
p ayd obo'lish davrini eram izgacha bo'lgan I asr deb hisoblaydilar.
Yapon tarixiy hujjatlariga ko'ra, Pekchening asoschisi Tonm - 
yondir.
"C hjou sh u " ("C h jou tarixi") nom li Xitoy yilnom asiga ko'ra, 
Pekche davlatiga Kutxe degan kishi asos solgan. Bu o'rinda, gap 
Puye vani - Vi K utxe to'g 'risid a ketayotgan bo'lsa kerak. Pekcheda 
Kutxe nom li ibodatxona bo'lib, u yerda Pekche davlatining asosc- 
hisiga bag'ishlab qurbonlik qilinar ekan. Yilnom ada yozilishicha, 
Pekchening paydo bo'lish tarixi eram izgacha bo'lgan III asrga 
to 'g 'ri keladi. H ukm dor sulola vakillari Puye nasabiga ega boMishi 
bilan birga, Xe, Sa, Yon, Xyon, Chin, Kol, Pek va M ok nom li 8 ta 
zodagonlar u rug'idan ham boMgan.
Tashkil topgandan to eram izning 60-yillarigacha Pekche dastlab 
moxe
urugM, 60-yillard an to III asm ing oxirigacha Silla davlati bilan 
to'qnashuvda boMgan. III—IV asrlarda Pekchening asosiy raqibi Ko- 
guryo boMgan Ular orasidagi dastlabki jang 369 yilda boMib, unda 
Pekche Koguryoning 20 m inglik qo'shinini tor-m or etib, ko'plarini 
asirga olgan. 371 va 377 yillarda Pekche Koguryo poytaxti Pxen- 
yanni qamal qilgan boMsa-da, uni butkul bosib ola bilm agan. Na- 
tijada, 392 va 395 yillarda Pekche Koguryodan bir necha janglar- 
da magMub boMgan. Biroq, Koguryo bilan jang qilish barobarida 
Pekche tashqi janglarni ham am alga oshirgan IV asm ing ikkinchi 
yarmida Pekche nafaqat Koreya yarim oroli hududini, balki Lyaosi, 
Shandun kabi Xitoy viloyatlarini va Kyusyu nom li yapon orolini 
bosib olib, yarim oroldagi eng katta, kuchli davlatga aylangan
475 yildagi navbatdagi hujum dan so'ng koguryoliklar Pekche 
ning poytaxti Xansonni bosib oldi va hukm dor van K ero oMdirildi. 
Pekchening asosiy yeri boMgan Xangan daryosi bo'ylarid agi yerlar 
Koguryoga o'tib ketish ibo is, poytaxt K im gan daryosi q irg'og‘idagi 
Unjin shahriga ko'chirilgan. O 'zaro urushlardagi magMubiyat dav 
latning ichki ahvoli yom onlashuviga sabab boMdi. Qiyin ahvolga 
tushib qolgan dehqonlar Koguryo va Sillaga qochib o'tishdi. Q o- 
laversa, hokim iyat va toj uchun boMgan kurashlar natijasida bir 
necha vanlar oMdiriladi (477 va 501 yillar). K oguryoga qarshi ku-
www.ziyouz.com kutubxonasi


III Bob. UCH PO D SH O LIK DAVRI
29
rash yo'lida Pekche Xitoyning jan u biy suloiaiari va Silla bilan itti- 
foq tuzgan. 493-yili ikki davlat podsholari o'rtasida bitim tuziladi 
ham da keigusi yil Pekche Sillaning Koguryoga qarshi kurashishi 
uchun harbiy qo'shin yuboradi.
Pekche hukm dori van Son {523-554 yy.) bilan bog'liq avvalgi 
qudratini tiklash va islohotlar o'tkazish m aqsadida yangi hukm - 
dor m am lakat poytaxtini Sabi shahriga ko'chiradi. M arkazlashgan 
boshqaruvni am alga oshirish m aqsadida 22 okrug rahbarlarini 
van urug'idan tayinlaydi. Shuningdek, 5 viloyatga qo'shin kiritib, 
m a'm uriy islohotlar o ‘tkazadi. 
......
Bu davrda K oguryo bilan to'qnashuv davom etadi. 551 yilda 
Pekche Silla bilan birga Koguryoni Xangan daryosi bo'ylaridagi 
avval bosib olgan hududlaridan siqib chiqargan. Biroq, 553 yili Sil- 
la yangi yerlarni bosib oladi. 554 yili van Son Sillaga qarshi yubor- 
gan qo'shini jangda m ag'lub bo'lad i ham da van o'zini o'ldiradi.
Pekche Sillaga qarshi Koguryoning Tan imperiyasiga qarshi 
b o‘Igan hukm dori Yon Gesom un davrida Koguryo bilan birlashadi.
Koguryo va Silla bilan urush holatida bo'lgan Pekche boshqa 
mamlakatlar bilan ko'p tomonlama diplomatik m unosabatlar o'r- 
natib, ularning zarur vaqtda yordam berishi haqida va'dasini olishga 
harakat qiladi. Pekche davlati Xitoyning janubiy sulolalari, Szin va 
Sun imperiyalari, Janubiy Si bilan do'stona aloqa o'm atadi va V I-V II 
asrlarda Suy ham da Tan imperiyalariga biT necha marta elchilarini 
yuboradi. VII asrda Pekche Yaponiya bilan do'stona aloqa o'm atadi.
VII asrda Koguryo yordam ida Pekche Sillaga hujum qiladi. 642 
yil u Sillaning 40 ta qal'alarini, 655 yilda esa K oguryo Pekchening 
harbiy ko'm agida 33 ta Silla qal'alarini bosib oladi. 0 'z navbatida, 
Silla Xitoyning Tan im periyasiga yordam so'rab m urojaat qiladi.
Koguryo hukm dori Yon Gesom un oTim i tufayli K oguryo dav- 
lati qulashidan avval Tan im periyasi va Silla birm uncha kuchsiz 
boTgan Pekche bilan h iso b-kito b qiladi. 660 yilda Pekchening xar 
tom onidan Tan im periyasining 135 m inglik qo'shini va 50 m ing- 
lik sillaliklar bostirib kiradi. Tez orada m am lakat poytaxti qamal 
qilinadi va Pekche vani qochib ketadi. Lekin, maTum m uddat 
o'tgand an keyin u asirga tushadi. Shundan so'ng, Pekche davlat 
tarzida barham topadi va uning avvalgi yerlarida beshta Xitoy har- 
biy okruglari tashkil qihnadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


30
Jl l Bob . 
U CH P O D SH O LIK
D A V R I
S illa
Silla davlati K oguryo va Pekchega nisbatan keyin-
roq, chinxan qabilalari - yansan, koxo, chinji, kari va 
koyalarning birlashuvi natijasida vujudga kelgan. Dastlab qabila- 
lar ittifoqi Saro ("S a n -g o chji" nom li m anbaga ko'ra) deb atalgan 
Undan tashqari, Xitoy m anbalarida Sillo, Sara, koreys m anbalarida 
esa Sonabol, Soyabol va Sorabol kabi nom lar bilan atalgan.
"Sam gu k sagi" m adum otlariga ko'ra, bu olti qabila Q adim gi 
Choson bilan bevosita bog'liq: "D astlab Chosondan ko'chib kel- 
ganlar tog' va d aralam ing o'rta qism iga joylashganlar va bu yerda 
oltita qishloqcha barpo etganlar. U lar C hinxan qabilasining oltita 
jam oasi (bu) ed i". Afsonaga ko'ra, Koxo qishIog'i oqsoqoli bolani 
quvontirgan qovoqqa o'xshagan tuxum ni tashlab nola qilayotgan 
va keyin ko'zdan g'oyib bo'lgan otni ko'rgan. Bu bola juda aql- 
li bo'lgan!igi bois, uni hukm dor qilib tayinlashgan va unga Pak 
("p a k " chinxan tilida "q o v o q " degani) deb ism berishgan. U Silla- 
ning birinchi hukm dori Pak Xyokkose va Paklar sulolaning dast- 
labki vakili bo'lgan.
Olti qabila (32 yil, "Sam gu k sagi" m anbasiga ko'ra) qayta nom - 
lanib, yangi - Li, Chxoe, Son, Chon, Pe va Sol kabi nasablarga ega 
bodishgan. Koguryo va Pekchedan farqli ravishda, bu yerda bit- 
ta van sulolasiga m ansub bo'lganlar hukm ronlik qilm asdan, balki 
Pak sulolasidan tashqari Sok va Kim u rug'idan b o'lgan lar hukm - 
dor sifatida m am lakatni boshqargan.

Yüklə 3,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə