Ko’rgazmali quroldan to’g’ri foydalanish qoidasi


Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi fanining predmeti



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix04.06.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#115369
1   2   3
fotima1

Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi fanining predmeti
o’quvchilarga o’zbek tilini o’rgatish yo’llari va vositalari, ona tilini egallash, ya’ni 
nutqni, o’qish va yozishni, grammatika va imloni o’zlashtirib olish to’g’risidagi 
ilmdir.
Metodika maktab oldiga qo’yilgan ta’lim va tarbiyaviy vazifalardan kelib 
chiqib, ona tilini o’rgatishning vazifalarini va mazmunini belgilaydi, ta’lim-tarbiya 
berish jarayonini tekshiradi, shu jarayonning qonuniyatlarini va ta’lim berish 
usullarining ilmiy asoslangan tizimini belgilaydi.
Metodika fani quyidagi masalalarni o’rganadi: 
1. O’qitishning vazifalari va mazmunini aniqlaydi. 
Nimani o’qitish kerak?
savoliga javob beradi, ya’ni boshlang’ich sinflar ona tili kursining dasturlarini
ta’lim mazmunini belgilab beradi, o’quvchilar uchun darsliklar va qo’llanmalar 
yaratib, ularni takomillashtirib, samaradorligi va muvofiqligini doimiy nazorat qilib
boradi. 
2. O’qitish metodlari, tamoyillari, usullari, dars va uning turlarini, o’quvchilar 
amaliy ishlari 
mashqlar va yozma ishlarning izchil tizimini ishlab chiqadi, ya’ni 
“Qanday o’qitish kerak?”
savoliga javob tayyorlab beradi.
3. O’quvchilarga ona tilidan bilim berish va ko’nikma hosil qilishda ilmiy 
nuqtai nazardan eng foydali shart-sharoitlar haqidagi masalalarni hal qiladi, ya’ni 
“Nega xuddi mana shunday o’qitish kerak?”
savoliga javob tayyorlaydi. Eng 
foydali materiallarni o’rganadi, tanlangan metodlarni asoslaydi, tavsiyalarni 
eksperimental tekshiradi.
Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi yuqori sinflarda ona tili 
o’qitish metodikasining dastlabki bosqichi bo’lib, u tekshiradigan masalalarni 
boshlang’ich sinf o’quvchilariga tadbiqan (muvofiq ravishda) o’rgatadi. SHu bilan 
birga, boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasining o’ziga xos 
xususiyatlari mavjud. Boshlang’ich sinflarda ona tilini o’qitish grammatika, imlo va 
unga bog’liq holda nutq o’stirish metodikasinigina emas, balki xat-savod o’rgatish, 
sinfda va sinfdan tashqari o’qish metodikalarini ham o’z ichiga oladi. 


SHulardan kelib chiqib, boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi fani 
quyidagi 
vazifalar
ni bajaradi: 
a) boshlang’ich sinflarda ona tili kursining mazmuni, hajmi va mavjud tizimini, 
ya’ni kursning (xat-savod o’rgatish, o’qish, grammatika, imlo, nutq o’stirish va hok.) 
dasturini belgilash va asoslash; 
b) o’qish va yozuvdan bilim va ko’nikmalarning shakllanishi jarayonini hamda 
bu jarayonda o’quvchilar duch keladigan qiyinchiliklarni o’rganish, xatolarning 
sababini tahlil qilish, ularning oldini olish va to’g’rilashga yordam beradigan ish 
turlarini ishlab chiqish; 
v) ona tilidan beriladigan o’quv materialini o’quvchilar aniq tushunishi va puxta 
o’zlashtirishiga, ularda olgan bilimlarini amaliyotda tatbiq eta olishga va 
o’quvchilarning umumiy taraqqiyotiga, ya’ni ularning zehnini, xotirasini, 
kuzatuvchanligini, yodda saqlashini, mantiqiy tafakkurini, ijodiy o’ylashini, nutqini 
o’stirishga yordam beradigan metod va vositalarni ishlab chiqish; 
g) ona tilini o’rgatish bilan bog’liq holda maktablar oldiga qo’yilgan tarbiyaviy 
vazifalarni amalga oshirish, o’quvchilarda axloqiy va estetik sifatlarni shakllantirish. 
Ona tili o’qitish metodikasi ta’limning turli bosqichlarida o’quvchilarning 
bilim, ko’nikma va malakalarini aniqlaydi, o’qishning muvaffaqiyati va 
kamchiliklarini belgilaydi, sababini izlaydi, xato va kamchiliklarni bartaraf etish 
usullarini topadi. 
Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi fani quyidagi 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə