Korporativ moliyani samarali tashkil etish: amaldagi holati va uni takomillashtirish



Yüklə 322,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix13.12.2023
ölçüsü322,99 Kb.
#149563
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Korporativ moliyani samarali tashkil etish amaldagi holati va uni takomillashtirish

www.sharqjurnali.uz

strategiyasini ishlab chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Xarajatlarni 
minimallashtirish strategiyasini qo‘llaganda korxonalar mahsulot narxini kamaytirish 
evaziga ushbu turdagi mahsulot bozorining katta ulushini egallashi mumkin. Ushbu 
strategiyani amalga oshiruvchi firma yaxshi tashkil qilingan ishlab chiqarish tizimiga, 
yaxshi ta’minot tizimiga, zamonaviy texnologiyaga va muhandislik-konstruktorlik 
bazasiga hamda mahsulot taqsimlashning yaxshi tizimiga ega bo‘lishi kerak. 
Qo‘shimcha qilib aytish mumkinki, minimal xarajatlarga erishish uchun mahsulot 
tannarxi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha sohalar chuqur tahlil qilinishi kerak bo‘ladi. 
Bundan tashqari, ma’muriy va sotish xarajatlarini ham o‘rganib chiqishi va ularni 
kamaytirish yo‘llarini qidirishi muhimdir. Shuni alohida ta’kidlash joizki, 
korxonalarda moliyaviy menejmentni tashkil etish bizning korxonalarimiz uchun 
yangi jabha bo‘lib hisoblanadi shuning uchun moliyaviy menejmentni tashkil 
etishning jahon amaliyotini tahlil etish hamda ularni O‘zbekiston korxonalarida 
qo‘llash imkoniyatlarini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. 
Xulosa va takliflar 
Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlanishida korporativ moliyani samarali 
tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bugungi kunga kelib rivojlangan 
mamlakatlarning iqtisodiy salohiyati ularda faoliyat ko’rsatayotgan va dunyoga 
mashhur bo’lib ulgurgan kompaniyalar bilan o’zaro bog’liqligini alohida 
ta’kidlashimiz mumkin. Ya’ni davlat moliyaviy salohiyati shu mamlakatda faoliyat 
ko’rsatayotgan korxonalar moliyaviy salohiyati bilan bevosita bog’liqdir.
Umuman olganda korxonalarda pul fondlarini shakllantirishdan maqsad, 
korxonalarda pul mablag‘larini bir joyga yig‘ib qo‘yish va pul fondlari sonini bittaga 
oshirish emas, balki korxona pul mablag‘laridan aniq maqsadlarda va aniq vaqtlarda 
samarali foydalanish natijasida o’z daromadlarini va davlat byudjeti daromadlarini 
oshirish hisoblanadi.
Korporativ moliyada pul mablag‘larining miqdori qancha bo‘lishi, yoki 
debitorlik qarzlari miqdori qancha miqdorga oshib ketishi emas balki, pul mablag‘lari 
va debitorlik qarzlarining aylanuvchanligi qancha katta bo‘lishi muhimroqdir. Buni 
biz “O’zdonmahsulot” AK misolida ko‘rib chiqdik. Pul mablag‘lari qancha tez 
aylansa, oz mablag‘lar bilan ham ma’lum bir davrda katta ishlab chiqarishni amalga 
oshirish va barcha xarajatlarni qoplash mumkin. Pul mablag‘lari juda sekin aylansa 
ko‘p pul mablag‘lari bilan ham bir ishlab chiqarishni moliyalashtirish mushkul bo‘lib, 
hattoki ishlab chiqarish ma’lum bir muddatga to‘xtab qolishi ham mumkin. Bundan 
tashqari debitorlik qarzlari oshib ketib, soliqlarni ham o‘z vaqtida to‘lolmaganlik 
uchun yana turli penya va jarimalar kelib chiqadi. Bu esa korxona moliyaviy holatiga 
shuningdek davlatimiz byudjetiga ham juda katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Yuqoridagi jihatlarni inobatga olgan holda korporativ moliyani samarali tashkil 
etishni takomillashtirish maqsadida quyidagi takliflarni ishlab chiqdik.
1.
Mamlakatimiz 
iqtisodiyotini 
yanada 
yaxshilash 
uchun 
korporativ 
tuzilmalarda aniq maqsadlarga mo‘ljallangan pul fondlaridan samarali foydalanish 
lozim, pul fondlari korporativ tuzilmalarda pul mablag‘laridan foydalanish 
yo‘nalishlarini va uning uzluksizligini ta’minlab beradi.


“XXI аср: фан ва таълим масалалари” илмий электрон журнали. №2, 2019 йил 

Yüklə 322,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə