Korporativ moliyani samarali tashkil etish: amaldagi holati va uni takomillashtirish



Yüklə 322,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix13.12.2023
ölçüsü322,99 Kb.
#149563
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Korporativ moliyani samarali tashkil etish amaldagi holati va uni takomillashtirish

www.sharqjurnali.uz

korxonalarning aksiyalarini (IPO) nufuzli xorijiy fond birjalariga dastlabki tarzda 
joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlarini ham o‘z ichiga oladi.
 
2017-2021-yillarda umumiy qiymati 40 milliard AQSh dollari miqdoridagi 649 
ta investitsiya loyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlarini ro‘yobga chiqarish 
rejalashtirilmoqda. Natijada keyingi 5 yilda sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 1,5 
baravar, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36 foizgacha, qayta 
ishlash tarmog‘i ulushi 80 foizdan 85 foizgacha oshishi mazkur “Harakatlar 
strategiyasi”ga berilgan sharhda ta’kidlangan.[2] Mamlakatimizda so‘nggi yillarda 
olib borilayotgan islohotlardan ham ko‘rinib turibdiki korporativ moliyani samarali 
tashkil etish mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotini oshishiga va jahon hamjamiyatida 
o‘z o‘rnimizni mustahkamlab olishimizga zamin yaratadi. Yo‘qorida ta’kidlangan 
jihatlar ushbu mavzuni dolzarbligini ifodalaydi. 
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili 
Korporativ moliyani mamlakat moliya tizimidagi o‘rni va ahamiyatini bir qator 
xorijiy olimlar va mahalliy olimlar o‘zlarining ilmiy ishlarida, darsliklarida va o‘quv 
adabiyotlarida atroflicha o’rganishgan.
Ingliz iqtisodchi olimlaridan Richard A.Brealey, Stewart C.Myers, Franklin 
Allenlar “Korporativ moliya bu barchasi bozor qiymatini maksimallashtirish 
haqidadir”[3], deb ta’kidlashsa, fransuz iqtisodchi olimlaridan Pierre Vernimmen, 
Pascal Quiry, Maurizio Dallocchio, Yann Le Fur, Antonio Salvilar “Korporativ 
moliya nafaqat nazariy darslik, balki amaliy qo‘llanma hamdir”[4], deya fikr 
bildirishadi. Shuningdek, Stephen A.Ross, Randolph W.Westerfield, Bradford 
D.Jordanlar korporativ moliyaga quyidagicha yondashadilar: “Korporativ moliya 
umumiy holda “Uzoq muddatli investitsiyalarni qanday jalb qilish kerak?”, “Uzoq 
muddatli moliyalashtirishni qayerdan olmoqchisiz: qo‘shimcha ta’sischi jalb 
qilasizmi yoki qarz olasizmi?”, “Kundalik moliyaviy faoliyat bo‘yicha xaridorlardan 
tushumlar va mol yetkazib beruvchilarga xarajatlarni qanday tartibda boshqarasiz?” 
kabi uchta savolga javob topish yo‘llarini o‘rganishdir”[5]. 
Mahalliy olimlarimizdan iqtisod fanlari doktori S.E.Elmirzayev o‘zining 
“Korporativ moliya” o‘quv qo‘llanmasida korporativ moliyaga quyidagicha ta’rif 
bergan. Korporativ moliya – yuridik va jismoniy shaxslarning o‘z mulklarini ixtiyoriy 
ravishda birlashtirish orqali tijorat tashkilotini tashkil etish va tashkil etilgan tijorat 
tashkilotining faoliyati bilan bog‘liq pulli munosabatlarni anglatadi va moliya 
tizimining mustaqil sohasi hisoblanadi[6]. 

Yüklə 322,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə