Korrektsion (maxsus) pedagogikaning asosiy vazifalari, tamoyillari va metodlari


Iklyuziv ta’lim va uning o‘ziga xosliklari



Yüklə 25,87 Kb.
səhifə2/2
tarix20.06.2022
ölçüsü25,87 Kb.
#89783
1   2
Mavzu. Korreksion pedagogika asoslari. Inklyuziv ta’lim

Iklyuziv ta’lim va uning o‘ziga xosliklari.
Bola rivojlanishidagi nuqsonlarni diagnostika qilishda korrektsion ishlar tamoyillari va metodlari. Rivojlanishida kamchiliklar bo’lgan bolalar maxsus, korrektsion-rivojlantiruvchi ta’lim va tarbiyaga muhtoj bo’ladilar. Anomal bolalarga yondashishda u yoki bu nuqsonni aniqlash emas, balki uning xususiyati, tuzilishi, bolani tcgishli muassasaga joylashtirish, korrektsion ishlarni amalga oshirishda alohida ahamiyatga ega bo’lgan sonli va sifatli ko’rsatkichlarini aniqlash muhimdir.
Anomal bolalarni maxsus muassasalarda o’qitish va tarbiyalash, shuningdek, umumiy o’rta ta’lim maktablarida korrektsion- rivojlantiruvchi sinflami tashkil etish masalasi bilan psixologik-tibbiy- pedagogik komissiyalar (PMPK) shug’ullanadilar. Bu borada mutaxassislaming quyidagi tamovillarga amal qilishlari maqsadga muvofiqdir:
Insonparvarlik tamovili har bir bola uchun o’z qobiliyatlarini maksimal darajada rivojlantira oladigan zarur sharoitlarni o’z vaqtida yaratib berishdan iborat bo’lib, u bolani izchil va batafsil o’rganish, uning yo’lida uchraydigan qiyinchiliklarni yo’qotish yo’llari va vositalarini izlashni talab etadi.
Bolalarni kompleks o’rganish tamovili bolaga tashhis qo’yishda zarur mutaxassisliklar (tibbiy, defektologik, psixologik va pedagogik) bo’yicha olingan ma’lumotlarga tan ish ni nazarda tutadi. Agar shifokor, defektolog, psixolog va pedagoglarning fikrlari turlicha bo’lsa, bola qayta tekshiruvdan o’tkaziladi.
Bolani har tomonlama va yaxlit o’rganish tamovili bolaning idrok etish, emotsional-irodaviy sifatlari va xulqini tekshirishni ko’zda tutadi. Unga ko’ra bolaning rivojlanishiga jiddiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan jismoniy holati ham hisobga olinadi. Bolani har tomonlama va yaxlit o’rganish uning o’quv, mehnat va o’yin kabi faoliyati jarayonidagi harakatlarini kuzatishga asoslanadi.
Bolani dinamik o’rganish tamoyiliga binoan tekshirish davomida ular biladigan va bajara oladigan ishlarni emas, balki ularning o’qitishdagi imkoniyatlarini ham hisobga olish muhim ekanligini nazarda tutadi. L.S.Vigotskiyning «yaqin rivojlanish zonasi» - bolalarning o’qishdagi mavjud imkoniyatlari haqidagi ta’limoti mazkur tamoyilning asosini tashkil qiladi.
Sifatiy-miqdoriy yondashuv tamovili bola bajargan topshiriqni baholashda yakuniy natijanigina emas, balki usuli, masalani echish uchun tanlangan yo’lning ratsionalligi, harakatlarning mantiqiy ketma- ketligi, maqsadga erishishdagi qat’iylik va tirishqoqlikni ham hisobga olish zarurligini asoslaydi.
Ma’lum turdagi patologivali bolalarni boshqa bolalar guruhlaridan airatish tamovili har bir maxsus ta’lim muassasasi o’zi qoidalariga egaligini tavsiflaydi.
Rivojlanishida maviud bo’lgan chetlanishlar daraiasiaa ko’ra differensatsiyalashtirilgan ta’limni tashkil etish tamoyili rivojlanishida bir xil, lekin darajasiga ko’ra turli chetlanishga ega bolalarni ajratgan holda o’qishlarini nazarda tutadi, binobarin, ulami o’qitish metodikasida sezilarli farqlar mavjud (masalan, ko’zi ojiz bolalar taktil asosda (Brayn tizimi bo’yicha), yomon ko’ruvchilar esa ko’rish asosida o’qitiladi).
Yoshi tamoyili har bir guruh yoki sinfga ma’lum yoshdagi bolalarning qabul qilinishini ifodalaydi. Turli yoshdagi rivojlanishida nuqsonlar bo’lgan bolalarni tekshirish va ularga korrektsion yordam ko’rsatish malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.
PMPKning tarkibida quyidagi mutaxassislar faoliyat ko’rsatadilar: pcdagog, psixolog, shifokor, psixiatr, nevropatolog, otolaringolog, ortoped, oftalmologlar, oligofrenopedagog, surdopedagog, tiflopedagog hamda logoped. PMPK ishlariga defektologik ta’lim va anomal bolalar bilan ishlashda amaliy tajribaga ega mutaxassis rahbarlik qiladi.
Psixologik-pedagogik tekshirishlar quyidagi metodlari yordamida tashkil etiladi:
Suhbat metodi. Suhbat bola bilan aloqa o’rnatish vositasi bo’lib, anomal bolaning shaxsi, emotsional-irodaviy sifatlari, xulqi, shuningdek, rivojlanishidagi chetlanishlarning sabablari haqidagi ma’lumotni to’plashga inikon beradi. Agarda bolaning nutqida, eshitish qobiliyatida nuqsonlari bo’lsa, yoki munosabatga qiyin kirishsa suhbatni tashkil qilish tavsiya etilmaydi. Bunday hollarda bolani qiziqtiradigan ko’rgazmali materialdan foydalanish mumkin.
Kuzatish metodi. Kuzatish bolaning konsultatsiyaga kelishidan avval boshlanadi va yaxlit tekshirishlarni o’tkazish jarayonida davom ettiriladi. Kuzatish har doim aniq maqsad asosida o’tkaziladi. Bolani o’yin faoliyatini tashkil etish jarayonida kuzatish alohida ahamiyatga ega, ular bola bilan aloqa o’matishga imkon beradi. Ayrim hollarda o’yinchoqlar yordamida maxsus tekshirishlar o’tkaziladi.
Yüklə 25,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə