Korxona foydasining taqsimlanishi va ishlatilishi


- chizma Ushbu chizmada xarajatlarning namoyon bo’lishi ko’rsatilgan muomala xarajatlari



Yüklə 373 Kb.
səhifə14/19
tarix01.10.2023
ölçüsü373 Kb.
#125171
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
244 KORXONA FOYDASINING TAQSIMLANISHI VA ISHLATILISHI.

1- chizma
Ushbu chizmada xarajatlarning namoyon bo’lishi ko’rsatilgan muomala xarajatlari tushunchasi tovarlarni sotish jarayoni bilan bog’liq bo’lib, shu tovarlarni ishlab chiqaruvchidan olib, iste‘molchiga yetkazilguncha ketadigan sarflarga aytiladi.
Tovarlarni o’rash, qadoqlash, saralash, transportga ortish, tashish va saqlash xarajatlari qo’shimcha muomala xarajatlari hisoblanadi.
Bu xarajatlar ishlab chiqarish xarajatlarining davomi hisoblanib, tovar qiymatiga kiradi va uning qiymatini oshiradi. Xarajatlar tovarlar sotilgandan keyin olingan pul tushumi summasidan qoplanadi.
Sof muomala xarajatlari sotuvchi maoshi, marketing (iste‘molchilar talabini o’rganish), reklama va shu kabi xarajatlardan iborat bo’ladi. Sof muomala xarajatlari tovar qiymatini oshirmaydi va ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan tovarni sotgandan keyin olingan foyda hisobidan qoplanadi.
Korxona ishlab chiqarish jarayonida foydalanadigan resurslar o’z resurslari yoki jalb qilingan resurslar bo’lishi mumkin. Shunga ko’ra xarajatlar ichki yoki tashqi xarajatlarga bo’linadi.
Xarajatlarning jalb etilish manbaiga ko’ra turkumlanishini chizmada tasvirlash mumkin:
Korxonaning o’ziga tegishli bo’lgan resurslardan foydalanishi bilan bog’liq xarajatlar ichki xarajatlar deyiladi.
Tashqi xarajatlar korxona tomonidan zarur resurs va xizmatlarni tashqaridan to’lov asosida jalb etishi natijasida vujudga keladigan xarajatlar summasidir.

Ichki xarajatlar

Bino-inshoot amortizatsiyasi



2- chizma
Shu bilan birga tadbirkorlik faoliyatini ushlab turish uchun zarur bo’lgan to’lov – normal (me‘yordagi) foyda ham renta va ish haqi bilan birga xarajatlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Normal foyda iqtisodiy foydadan farq qiladi. Normal foyda – bu iqtisodiy resurs sifatidagi tadbirkorlik qobiliyatini rag’batlantirib turish uchun to’lanadigan haq hisoblanadi. Sarf-xarajatlarni ichki va tashqi xarajatlarga ajratish, korxona iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirish yo’llarini qiyosiy tahlil qilish imkoniyatini beradi.

Yüklə 373 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə