Korxona iqtisodiyoti fanidan 2-joriy nazorat uchun test



Yüklə 27,3 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü27,3 Kb.
#136115
Korxona iqtisodiyoti fanidan 2-JN




Korxona iqtisodiyoti fanidan 2-joriy nazorat uchun test
1.Xususiy korxona qancha muddatga tuziladi?
a. 5 yil muddatga
b. 10 yil muddatga
c.agar uning ustavida boshqacha qoida belgilangan bo’lmasa, nomuayyan muddatga
d. to’g’ri javob keltirilmagan.

2.Xo’jalik shirkati qanday faoliyatlarni amalga oshirishi mumkin?


a. faqat savdo-sotiq faoliyatini;
b. faqat xizmatlar ko’rsatish va qurilish faoliyatini amalga oshirishga ruxsat etilgan;
c. qonun hujjatlarida taqiqlanmagan har qanday turdagi faoliyatni amalga oshirishi mumkin;
d. to’g’ri javob yo’q

3.Aksiyadorlik jamiyatni tuzish quyidagi qaysi usullarni o’z ichiga oladi?


a. jamiyat yangidan ta’sis etish, qayta tuzish;
b. birlashtirish, bo’lish, ajratib chiqarish;
c. qo’shib yuborish, birlashtirish, bo’lish, ajratib chiqarish, qayta tuzish;
d. Barcha javoblar to’g’ri

4.Ta’sis shartnomasi qoidalari bilan jamiyat ustavi qoidalari mos kelmagan hollarda qaysi hujjat uchinchi shaxslar va jamiyat ishtirokchilari uchun ustuvor kuchga ega bo’ladi?


a. Jamiyat ustavi qoidalari
b. Ta’sis shartnomasi qoidalari
c. Nizom;
d. To’g’ri javob berilmagan

5.Mas’uliyati cheklangan hamda qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlarning ta’sis shartnomasida **** jamiyatni tuzish majburiyatini oladilar va uni tuzish yuzasidan birgalikdagi faoliyat tartibini belgilaydilar. Yulduzchalar o’rniga mos javobni belgilang.


a. Direktor va o’rinbosarlar;
b. Jamiyatning muassislari;
c. Ishchi hodimlar;
d. Ma’muriyat hodimlari.

6.Mas’uliyati cheklangan hamda qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlarning ustavida quyidagilardan qaysi biri ko’rsatilishi shart emas?


a. jamiyatning to’liq va qisqartirilgan firma nomi;
b. jamiyat faoliyatining predmeti;
c. jamiyatning pochta manzili to’g’risidagi ma’lumotlar
d. To’g’ri javob yo’q

7. Aksiyadorlik jamiyatining ta’sis hujjati sifatida qaysi hujjat qabul qilinadi?


a. ta’sis yig’ilishi (muassis) tasdiqlagan ustav;
b. qonunosti hujjatlari;
c. hokimning qarori;
d. direktorlar kengashining qarori.

8. Korxonani qayta tashkil qilish – bu


a. huquqiy xatti-harakat bo’lib, ishlab chiqarish va xo’jalik yuritish faoliyatining to’xtatilishini anglatadi
b. uning birlashib ketishi, qo’shilishi, bo’linishi, ajralib chiqish va shaklini o’zgartirishi degani
c. uning ta’sischilari tomonidan qabul qilinadigan qaror asosida ixtiyoriy tugatish shaklida yoki xo’jalik sudi qarori asosida amalga oshiriladigan xatti harakatdir;
d. to’g’ri javob yo’q

9. Kreditorlar bilan hisob-kitob qilish uchun pul mablag’lari etarli bo’lmagan taqdirda qanday ishlar amalga oshiriladi?


a. tugatuvchi tomonidan mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash uchun mustaqil baholovchi jalb etiladi
b. korxona mol-mulkini ochiq savdolarda sotish tashkil etiladi
c. sotilmagan mol-mulk kreditorlarga baholash summasida mulk etib qabul qilish taklif etiladi
d. Barcha javoblar to’g’i

10. Kreditorlarning talablarini to’liq hajmda qondirishning mumkin emasligi aniqlangan taqdirda qanday ishlar amalga oshiriladi?


a. tugatuvchi korxonani to’lovga qodir emas (bankrot) deb e’tirof etish to’g’risidagi ariza bilan xo’jalik sudiga murojaat qilishi shart
b. kreditorlardan qarzlarni so’ndirish uchun so’rov yuboriladi
c. qarz mablag’arini undirish uchun majburiy ijro byurosi ish olib boradi
d. to’g’ri javob berilmagan.

11. "Moliya-xo’jalik faoliyati" atamasi ostida qanday faoliyati tushuniladi?


a. mahsulot ishlab chiqarish faoliyati;
b. ishlarni bajarish hamda buxgalteriya-moliya faoliyati;
c. hisob-kitob va tovarga ilova hujjatlarini yuritish bilan bog’liq xizmatlar ko’rsatish faoliyati;
d. Barcha javoblar

12. Korxonani turli belgilariga ko’ra tavsiflash mumkin, jumladan ishlab-chiqarish va texnika munosabatlarida korxona – bu –


a. turli kategoriyadagi xodimlar o’rtasida ularning huquq va majburiyatlari asosida yuzaga keluvchi munosabatlar ;
b. ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi va turlari, ularni tayyorlash texnologiyasiga miqdor va sifat jihatidan mos keluvchi mashinalar tizimi;
c. huquqiy shaxs sifatida faoliyat yuritadigan yuridik shaxs;
d. tarmoqning mustaqil bo’g’ini bo’lib, o’z-o’zini moliya bilan ta’minlash, o’z-o’zini boshqarish, ya’ni bozor munosabatlari tamoyillarida faoliyat yuritadigan yuridik shaxs.

13. Korxonani turli belgilariga ko’ra tavsiflash mumkin, jumladan ijtimoiy munosabatlarda korxona bu –


a. turli kategoriyadagi xodimlar o’rtasida ularning huquq va majburiyatlari asosida yuzaga keluvchi munosabatlar;
b. ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi va turlari, ularni tayyorlash texnologiyasiga miqdor va sifat jihatidan mos keluvchi mashinalar tizimi;
c. huquqiy shaxs sifatida faoliyat yuritadigan yuridik shaxs;
d. tarmoqning mustaqil bo’g’ini bo’lib, o’z-o’zini moliya bilan ta’minlash, o’z-o’zini boshqarish, ya’ni bozor munosabatlari tamoyillarida faoliyat yuritadigan yuridik shaxs.

14.Korxonani turli belgilariga ko’ra tavsiflash mumkin, jumladan tashkiliy-huquqiy munosabatlarda korxona bu –


a. turli kategoriyadagi xodimlar o’rtasida ularning huquq va majburiyatlari asosida yuzaga keluvchi munosabatlar;
b. ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi va turlari, ularni tayyorlash texnologiyasiga miqdor va sifat jihatidan mos keluvchi mashinalar tizimi;
c. huquqiy shaxs sifatida faoliyat yuritadigan yuridik shaxs;
d. tarmoqning mustaqil bo’g’ini bo’lib, o’z-o’zini moliya bilan ta’minlash, o’z-o’zini boshqarish, ya’ni bozor munosabatlari tamoyillarida faoliyat yuritadigan yuridik shaxs.

15.Korxonani turli belgilariga ko’ra tavsiflash mumkin, jumladan moliyaviy-iqtisodiy munosabatlarda korxona bu –


a. turli kategoriyadagi xodimlar o’rtasida ularning huquq va majburiyatlari asosida yuzaga keluvchi munosabatlar;
b. ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi va turlari, ularni tayyorlash texnologiyasiga miqdor va sifat jihatidan mos keluvchi mashinalar tizimi;
c. huquqiy shaxs sifatida faoliyat yuritadigan yuridik shaxs;
d. tarmoqning mustaqil bo’g’ini bo’lib, o’z-o’zini moliya bilan ta’minlash, o’z-o’zini boshqarish, ya’ni bozor munosabatlari tamoyillarida faoliyat yuritadigan yuridik shaxs.

16. Korxonaga xos bo’lmagan xususiyatni belgilang:


a. korxona o’ziga tegishli va xo’jalik boshqaruvidagi xususiy mulkka ega bo’lib, ushbu mulk uning faoliyati moddiy-texnikaviy imkoniyatlarini, iqtisodiy mustaqilligi va ishonchliligini ta’minlaydi;
b. korxona kreditorlar, jumladan, davlat bilan o’zaro munosabatlardagi majburiyatlar yuzasidan o’z mulki bilan javob bermaydi;
c. korxona xo’jalik aylanmasida o’z nomidan harakat qilishi mumkin, ya’ni qonunga asosan xo’jalik faoliyati yurituvchi hamkorlar, mahsulot (ish, xizmat) iste’molchilari, xom ashyo va asbob-uskuna etkazib beruvchilar hamda boshqa huquqiy va jismoniy shaxslar bilan shartnoma tuzish huquqiga ega;
d. korxona qonunchilikka asosan sudda da’vogar va javobgar sifatida qatnashish huquqiga ega;

17.Korxonaga xos bo’lgan xususiyatni belgilang:


a. korxona o’ziga tegishli va xo’jalik boshqaruvidagi xususiy mulkka ega bo’lib, ushbu mulk uning faoliyati moddiy-texnikaviy imkoniyatlarini, iqtisodiy mustaqilligi va ishonchliligini ta’minlamaydi;
b. korxona kreditorlar, jumladan, davlat bilan o’zaro munosabatlardagi majburiyatlar yuzasidan o’z mulki bilan javob bermaydi;
c. korxona xo’jalik aylanmasida o’z nomidan harakat qilishi mumkin, ya’ni qonunga asosan xo’jalik faoliyati yurituvchi hamkorlar, mahsulot (ish, xizmat) iste’molchilari, xom ashyo va asbob-uskuna etkazib beruvchilar hamda boshqa huquqiy va jismoniy shaxslar bilan shartnoma tuzish huquqiga ega emas;
d. korxona qonunchilikka asosan sudda da’vogar va javobgar sifatida qatnashish huquqiga ega;

18.**** deb - mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tijoratchi tashkilot e’tirof etiladi. Yulduzchalari o’rniga to’g’ri javobni belgilang.


a. Oilaviy korxona;
b. MCHJ;
c. AJ;
d. Xususiy korxona

19. Qaysi tarmoqqa qarashliligiga ko’ra korxonalar qanday sohalarga ajratilishi mumkin?


a. ochiq aksiyadorlik va yopiq aksiyadorlik;
b. xizmatlar ko’rsatish va sanoat;
c. ishlab chiqarish va noishlab chiqarish;
d. xizmatlar ko’rsatish va savdo korxonalari.
20. Tayyor mahsulotning maqsadlariga ko’ra korxonalar qanday guruhlarga bo’linadi?
a. xizmatlar ko’rsatish va sanoat;
b. ishlab chiqarish va noishlab chiqarish;
c. ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchilar va iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar;
d. sanoat korxonalari qazib chiqaruvchi va qayta ishlovchi korxonalarga taqsimlanadi.

21. Foydalaniluvchi xom ashyo turiga ko’ra korxonalar qanday guruhlarga bo’linadi?


a. xizmatlar ko’rsatish va sanoat;
b. ishlab chiqarish va noishlab chiqarish;
c. ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchilar va iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar;
d. sanoat korxonalari qazib chiqaruvchi va qayta ishlovchi korxonalar.

22. Ishlovchilar soniga ko’ra korxonalar qanday guruhlarga bo’linadi?


a. ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchilar va iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar;
b. ko’p sonli ishchilarga ega korxonalar va kam sonli ishchilarga ega korxonalar;
c. yirik, mikrofirma va kichik korxonalar;
d. AJ, MCHJ va XK larga bo’linadi.

23. Ixtisoslashuv darajasiga ko’ra korxonalar qanday turlarga bo’linadi?


a. ixtisoslashgan, universal va aralash;
b. ixtisoslashgan va ixtisoslashmagan;
c. mukammal va nomukammal;
d. sanoatga ixtisoslashgan, xizmatlar ko’rsatishga va transportga ixtisoslashgan korxonalar.
24.Korxonada boshqaruvning ta’siri nimaga yo’naltirilgan bo’ladi?
a. daromadlarga
b. boshqaruv obyektiga
c. xarajatlarga
d. to’g’ri javob yo’q
25.Boshqaruv qarorlari mazmuni bo’yicha bo’yicha qanday turlarga tasniflanadi?
a. ilmiy-texnik, iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy boshqaruv qarorlari;
b. operativ-taqsimlovchi, xo’jalik-raxbarlik va me’yoriy boshqaruv qarorlari;
c. yakka tarzda yoki kollegial (jamoa) boshqaruv qarorlari;
d. bir va ko’p darajali boshqaruv qarorlari;
26.Tashkiliy tuzilma nima?
a. korxona boshqaruvi funksiyalarini bajaruvchi turli xil bo’lim, xizmat va bo’linmalar tarkibi, o’zaro munosabatlari va bir-biriga bo’ysinishini tushuniladi
b. ob’ektiv jihatdan zarur va albatta qaytariluvchi xatti-harakatlar majmuasi bo’lib, mazmuni va yo’nalish maqsadlarining bir xilligi tufayli birlashib turuvchi tizim
c. ishlab chiqarishni kengaytirish va korxonaning gullab-yashnashi uchun ishlab chiqarish maqsadlarini belgilash va uning natijalariga erishish
d. ishlab chiqarishni, jamoani boshqarishda belgilangan ko’rsatkichlardan chetga og’ishlarni to’g’rilab borish
27.*** - kuch-quvvat va vositalarni ishlab chiqarish dasturini minimal xarajatlar asosida va bu xarajatlarning yuqori samaradorligi orqali amalga oshirishga yo’naltirish, amaldagi tashkilotchilik tizimini yangi yutuqlarga erishish va yangi vazifalarni bajarishga yo’naltirish.
a. Rejalashtirish
b. Istiqbolni belgilash (prognozlashtirish)
c. Tartibga solish
d. Tashkillashtirish

28. *** - ishlab chiqarishni kengaytirish va korxonaning gullab-yashnashi uchun ishlab chiqarish maqsadlarini belgilash va uning natijalariga erishish..


a. Rejalashtirish
b. Istiqbolni belgilash (prognozlashtirish)
c. Tartibga solish
d. Tashkillashtirish

29. *** - joriy faoliyatni samarali tarzda olib borish hamda istiqbolni ko’ra olish va boshqaruv tizimini istiqbolga moslashtirish.


a. Rejalashtirish
b. Istiqbolni belgilash (prognozlashtirish)
c. Tartibga solish
d. Tashkillashtirish

30. *** - ishlab chiqarishni, jamoani boshqarishda belgilangan ko’rsatkichlardan chetga og’ishlarni to’g’rilab borish.


a. Rejalashtirish
b. Istiqbolni belgilash (prognozlashtirish)
c. Tartibga solish
d. Tashkillashtirish

31. *** - joriy ko’rsatkichlarning belgilangan (dasturiy) vazifa(norma)larga mos kelish darajasini aniqlash.


a. Rejalashtirish
b. Istiqbolni belgilash (prognozlashtirish)
c. Tartibga solish
d. Nazorat

32. *** - korxonaning ma’lum bir vaqt davomida bajargan ishlariga yakun yasash..


a. Rejalashtirish
b. Istiqbolni belgilash (prognozlashtirish)
c.Tartibga solish
d. Hisobga olish
Yüklə 27,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə