Korxona iqtisodiyoti



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə20/20
tarix28.11.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#136243
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Korxona iqtisodiyoti

Xavfsizlik tamoyillari - xavfsizlikni ta'minlash taktika va strategiyasiga bo‘lgan asosiy talablar xavfsizlikning maqsad va vazifalarini hal qilishning to‘g‘ri yo‘llarin tanlashdir. Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • qonuniylik tamoyillari;

  • mustaqillik va mas'uliyat;

  • iqtisodiy maqsadga muvofiqlik va foydalilik;




  • maqsadli-dasturiy rejalashtirish;

  • o‘zaro aloqalar va muvofiqlashtirish;




  • mehnatni ilmiy tashkil qilish;

  • oshkoralik va zaruriy maxfiylikning uyg‘unligi;




  • Ixtisoslashuv va yuqori kasbiy malaka.

Korxonaning tijorat sirlari ishlab chiqarish, texnologik ma'lumotlar,

boshqaruv, moliya va shu kabilar bilan bog‘liq bo‘lib, ularni oshkor qilish korxona manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ma'lumotlardir.


Mavjud nuqtai nazarlarga ko‘ra, korxonaning tijorat sirlari umumiy holda o‘z ichiga quyidagi ma'lumotlarni qamrab oladi:





  • korxonaning savdo aloqalari haqida;

  • kapital hajmi va tuzilmasi, investitsiya rejalari haqida;

  • ta'minotchi va iste'molchilar, tuzilgan shartnomalar haqida;

  • ishlab chiqarish hajmi, aylanma mablag‘lar va foyda hajmi haqida;




  • bahoni shakllantirish siyosati va tovarlar bahosining shakllanishi haqida;

  • bank opretsiyalar haqida va hokazolar.

Korxonalarning maxfiylik shartlariga rioya qilmaslik natijasida yuzaga keluvchi yo‘qotishlari umumiy ko‘rinishda quyidagalarga olib keladi:





    • ilmiy tadqiqotlarga litsenziya sotish imkoniyatlari pasayadi, fan-texnika taraqqiyoti sohasida erishilgan ustunliklar yo‘qotiladi, ilmiy-tadqiqot bo‘linmalarining yo‘nalishni o‘zgartirishlari uchun xarajatlari o‘sadi;




    • ishlab chiqarish faoliyatida zarur bo‘lga xom ashyo, texnologiya va hokazolarni sotib olishda qiyinchiliklar yuzaga keladi (yoki raqobatchilar tomonidan sun'iy ravishda yaratiladi);




    • korxonaning tadbirkorlikdagi sheriklar bilan hamkorligi cheklanadi, foydali shartnomlarni imzolash imkoniyatlari kamayadi, shartnoma majburiyatlarini bajarishda muammolar vujudga keladi;




    • korxonaning yangi bozor strategiyasini yaratish, marketing tadqiqotlari tuzilmasini o‘zgartirish va hokazolarga sarflanuvchi xarajatlari o‘sadi.


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə