Xulosa qilib aytganda,
korxonalarda moliyaviy ta’minot uzluksizligini
ta’minlash takror ishlab chiqarish jarayonining davomiyligiga xizmat qiladi.
Faoliyatni moliyaviy ta’minlash oʻz va qarz mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi
mumkin. Oʻz navbatida moliyaviy ta’minotning oʻz va qarz manbalari ham qator
xususiyatlariga koʻra tasniflanadi.
Har qanday tijorat korxonasida moliyalashtirishning
asosiy ichki manbalari
sifatida sof foyda, amortizatsiya ajratmalari, foydalanilmayotgan
aktivlarni sotish
yoki ijaraga berish va boshqalarni keltirish mumkin.
Korxonalarda oʻz mablagʻlarini shakllantirishning tashqi manbalari ham keng
doirada qoʻllaniladi. Bunda korxona ta’sischilarning qoʻshimcha badallari va
qoʻshimcha aksiyalar chiqarish hisobiga ustav kapitalini oshirish yoʻli bilan oʻz
mablagʻlarini shakllantirish mumkin. Qoʻshimcha xususiy kapital jalb qilish
imkoniyatlari va usullari biznesni tashkil etishning huquqiy shakliga bevosita bogʻliq.
Aksiyalarni ochiq obuna tartibida joylashtirish amaliyoti (IPO – Initial Public
Offering) emitent tomonidan aksiyalarni bozorda birlamchi
ochiq obuna usulida
joylashtirish boʻlib, bu jarayon davomida ular investorlarning keng doirasiga kirib
boradilar va fond birjasida erkin savdoni amalga oshiradilar.
Korxonaning oʻz moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini qarz mablagʻlarini jalb
qilmagan holda samarali davom ettirishi bozor iqtisodiyoti sharoitida murakkab
masala hisoblanadi. Qarz mablagʻlaridan foydalanish moliyaviy-xoʻjalik
faoliyatini
mos ravishda kengaytirish, xususiy kapitaldan yanada samarali foydalanishni
ta’minlash, turli xil maqsadli moliyaviy fondlarni
shakllantirish jarayonini
tezlashtirish, nihoyat korxonaning bozor qiymatini oshirish imkonini beradi.
Qarz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirishning asosiy shakllari bank
kreditlarijalb qilish, korporativ obligatsiyalar muomalaga chiqarish,
lizing
operatsiyalaridan foydalanish va boshqalar hisoblanadi.
Korxonalar faoliyatida xorijiy kapitalni jalb qilish shakllari xilma-xillikka ega.
Bugungi kun amaliyotida keng miqyosda qoʻllanilayotgan shakllar sifatida xorijiy
bank kreditlarini jalb qilish, qarz munosabatini anglatuvchi qimmatli qogʻozlarni
xorijda joylashtirish, aksiyalarni xalqaro fond birjalarida joylashtirish va boshqalarni
keltirish mumkin.